Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
2
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari kokarboksilaza, 50 mg, ampulalar no 5
1 ampula tarkibida Faol modda kokarboksilaza gidroxlorid – 50,0 mg; Yordamchi modda natriy uglekislotasi – 8,0 mg.
Qo'llanilishi
Kokarboksilaza jigar va buyrak yetishmovchiligi, diabetik prekom va koma, diabetik ketoatsidoz, surunkali yurak yetishmovchiligi va yurak ritmi buzilishlari, periferik nevritlarda kompleks terapiya tarkibida buyuriladi. Bolalarga preparat xuddi shu ko‘rsatmalar bo‘yicha buyuriladi. Yangi tug‘ilgan bolalarda preparat, shuningdek, gipoksiya va atsidoz bilan kechuvchi holatlarda, jumladan yangi tug‘ilganlar asfiksiyasi, perinatal gipoksik ensefalopatiya, qon aylanish yetishmovchiligi, pnevmoniya, sepsisda kompleks terapiya tarkibida qo‘llaniladi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatga yoki preparat tarkibiga kiruvchi boshqa komponentlarga yuqori sezuvchanlik.
Qo'llash usuli
Kokarboksilaza mushak ichiga yoki vena ichiga (struyno yoki kapelno) yuboriladi. Yurak kasalliklarida 100-200 mg/kun 15-30 kun davomida buyuriladi. Qandli diabetda (ketoatsidoz, koma) sutkalik doza 100 mg ni tashkil etadi. O‘tkir buyrak va jigar yetishmovchiligida vena ichiga struyno 100-150 mg 3 marta kuniga yoki kapelno (5 % dekstroza eritmasida) 100-150 mg/kun yuboriladi. Periferik nevritlarda mushak ichiga 50-100 mg/kun 1-1,5 oy davomida buyuriladi. Bolalarga mushak ichiga, vena ichiga (kapelno yoki struyno) yuboriladi. Og‘irligi va klinik simptomatikasiga qarab 25 dan 50 mg/gacha kuniga buyuriladi. Davolash kursi 3-7 kundan 15-30 kungacha. Yangi tug‘ilgan bolalarga vena ichiga (sekin) 10 mg/kg bir marta kuniga yuboriladi. Eritmalar tayyorlash Mushak ichiga yuborish uchun ampula (50 mg) tarkibi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborishdan oldin 2 ml in'ektsiya uchun suvda eritiladi. Vena ichiga struyno yuborish uchun eritma hajmi 10-20 ml gacha yetkaziladi, kapelno yuborish uchun esa 200-400 ml gacha, 0,9 % natriy xlorid eritmasi yoki dekstroza eritmasi qo‘shiladi.
Kokarboksilaza - organizmda tiamindan hosil bo‘ladigan tiaminpirofosfatdir. Organizmda faol tiaminpirofosfatga aylanadi va koferment sifatida piruvatdekarboksilaz, alfa-ketoglutaratdekarboksilaz komplekslari tarkibiga kiradi, ular piruvinograd va alfa-ketoglutar kislotalarining oksidlovchi dekarboksillanishida ishtirok etadi; transketolaza – pentozofosfat shunt fermenti.
Maxsus ko'rsatmalar
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak. Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash uchun qarshi ko‘rsatmalar aniqlanmagan.
Dorilarning o'zaro ta'siri
Yurak glikozidlarining kardiotonik ta’sirini kuchaytiradi va ularning o‘zlashtirilishini yaxshilaydi.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!