Extiyotkorlik bilan
Taqiqlangan
Taqiqlangan
2 yoshdan
Preparatni jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, me'da va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi, bronxial astma bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Ichkariga ovqat vaqtida, oz miqdorda suv bilan qabul qilinadi.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar uchun - kuniga 4 marta 10 ml dan.
2 yoshdan 6 yoshgacha bolalarga kuniga 3 marta 2,5 ml dan, 6 yoshdan 12 yoshgacha bolalarga kuniga 3 marta 5 ml dan buyuriladi.
Shifokor bilan maslahatlashmasdan davolashning maksimal davomiyligi - 5 kun.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kamdan-kam - diareya, og'iz qurishi, qabziyat; uzoq muddat yuqori dozalarda qabul qilinganda - gastralgiya, ko'ngil aynishi, qusish.
Nafas olish tizimi tomonidan: nafas yo'llari shilliq qavati qurishi, rinoreya.
Boshqalar: allergik reaksiyalar; kamdan-kam - holsizlik, bosh og'rig'i, dizuriya, ekzantema.
Kombinatsiyalangan balg'am ko'chiruvchi preparat. Mukolitik va balg'am ko'chiruvchi ta'sirga ega, shuningdek, yallig'lanishga qarshi faollikka ega. Kodelak® Bronxo eliksiri chabrets bilan ta'siri uning komponentlarining farmakologik xususiyatlari bilan bog'liq.
Ambroksol sekretomotor, sekretolitik va balg'am ko'chiruvchi ta'sirga ega, balg'amning seroz va shilliq komponentlari buzilgan nisbatini normallashtiradi, alveolalarda surfaktant sekretsiyasini oshiradi. Balg'amning quyuqligini kamaytiradi va uning ajralishini osonlashtiradi.
Natriy glitsirrizinat yallig'lanishga qarshi va virusga qarshi ta'sirga ega. Antioksidant va membranostabilizatsion faolligi tufayli sitoprotektor ta'sir ko'rsatadi. Endogen glyukokortikoidlarning ta'sirini kuchaytiradi, yallig'lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Yallig'lanishga qarshi aniq faolligi tufayli nafas yo'llaridagi yallig'lanish jarayonini kamaytirishga yordam beradi.
Chabrets o'ti ekstrakti balg'am ko'chiruvchi va yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega bo'lgan efir moylari aralashmasini o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, ushbu ekstrakt kuchsiz spazmolitik va reparativ xususiyatlarga ega.
Yo'talga qarshi vositalar bilan birga qo'llanilmasin.
Qandli diabetli bemorlarda preparatni 5 ml eliksirda 0,18 XE sorbit miqdorini hisobga olgan holda qo'llash mumkin.
Sintomlari: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya.
Davolash: sun'iy qusish chaqirish, preparat qabul qilingandan keyin dastlabki 1-2 soat ichida oshqozonni yuvish.
Yo'talga qarshi dori vositalari bilan birga qo'llanilganda balg'am ajralishi qiyinlashadi.