-
Tarkibi
Faol moddalari
• kaliy DL-asparaginat suvdan holi - 9,996 g
• magniy DL-asparaginat suvdan holi - 7,987 g
Retsept bo‘yicha olinganlar
• DL-asparagin kislotasi - 15,16 g
• kaliy gidroksid - 3,854 g
• magniy oksid - 1,116 g
Yordamchi moddalari
• ksilitol - 16,7 g,
• in'ektsiya uchun suv - 976,2 g.
-
Qo'llanilishi
Turli ko‘rinishdagi yurak ishemik kasalligi, shu jumladan o‘tkir miokard infarkti; surunkali qon aylanish yetishmovchiligi; yurak ritmi buzilishlari, taxiaritmiyalar, ekstrasistoliyalar, shu jumladan yurak glikozidlari bilan intoksikatsiya natijasida yuzaga kelgan aritmiyalarni davolashda kombinatsiyalangan terapiya tarkibida kaliy va magniy yetishmovchiligini bartaraf etish uchun.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
• preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik;
• buyrak funksiyasining og'ir buzilishlari;
• giperkaliemiya;
• gipermagniemiya;
• gemoliz;
• oliguriya, anuriya;
• arterial gipotenziya;
• buyrak usti bezi po'stlog'i yetishmovchiligi;
• Addison kasalligi;
• shok;
• o'tkir metabolik atsidoz;
• degidratatsiya;
• II va III darajali atrioventrikulyar blokada;
• og'ir miasteniya;
• 18 yoshgacha (18 yoshdan kichik bolalarda samaradorlik va xavfsizlik o'rganilmagan).
-
Qo'llash usuli
Vena ichiga qo‘llash uchun.
Preparat dozasini individual ravishda va ko‘rsatmalarga qarab tanlanadi. Agar boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmasa, kuniga 1-2 marta 500 ml Kaliy va magniy asparaginat Berlin-Xemi preparatini yuborish tavsiya etiladi. Preparatni maksimal yuborish tezligi 5 ml/kg/soatni tashkil etadi. Kardiojarrohlik aralashuvidan bir hafta oldin va undan keyin bir hafta davomida kuniga bir marta 500 ml Kaliy va magniy asparaginat Berlin-Xemi preparati yuboriladi. Davolash patologik simptomlar yo‘qolguncha yoki kamayguncha bir necha kun davom ettirilishi mumkin.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Tavsiya etilgan tomchilab yuborish tezligiga rioya qilinganda nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmagan.
Tez vena ichiga yuborilganda giperkaliemiya va gipermagniemiya simptomlari paydo bo‘lishi mumkin: ko‘ngil aynishi, qusish, mushak zaifligi. Markaziy asab tizimi tomonidan: paresteziya, parezlar,
giporefleksiya, koma; yurak-qon tomir tizimi tomonidan: bradikardiya, aritmiya, arterial bosimning sezilarli pasayishi, ekstrasistoliyalar sonining paradoksal oshishi, atrioventrikulyar blokada.
-
Farmakologik xususiyatlari
Kaliy va magniy asparaginat Berlin-Xemi preparati kaliy va magniy ionlari manbai hisoblanadi. Kaliy va magniy yetishmovchiligini bartaraf etadi, elektrolit muvozanatini normallashtiradi, miokardda moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Preparatning ta'sir mexanizmi asparaginatning magniy va kaliy ionlarini hujayra ichiga tashishda ishtirok etishi bilan bog'liq. Magniy natriy-kaliy-ATFazani faollashtiradi, hujayradan natriy ionlarini chiqarib, kaliy ionlarini qaytaradi; natriy miqdorini kamaytiradi va uni tomirlarning silliq mushaklarida kalsiyga almashinishiga to'sqinlik qiladi, ularning rezistentligini pasaytiradi. Kaliy ATF, glikogen, oqsillar, atsetilxolin sintezini rag'batlantiradi. Har ikki ion hujayra membranalarining polaryatsiyasini saqlab turadi. Preparat nerv tolalari bo'ylab impulslarni o'tkazishni, sinaptik uzatishni, mushak qisqarishini, yurak mushagi faoliyatini tartibga soladi. Magniy ionlari hisobiga energiya kirib kelishi va sarflanishi jarayonlarida ishtirok etadi, membranalar o'tkazuvchanligini, nerv-mushak o'tkazuvchanligini, kislorod o'zlashtirilishini va fosfatlar sintezini normallashtiradi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatni tavsiya etilgan dozadan ancha yuqori dozada yuborilganda dozani oshirib yuborish mumkin. Giperkaliemiya simptomlari: umumiy holsizlik, pastki ekstremitalarda paresteziya, sezuvchanlikning buzilishi, ongning chalkashishi, bradikardiya, aritmiyalar, arterial bosimning ancha pasayishi, tomir kollapsi, qorinchalarning fibrillyatsiyasigacha va yurakning diastolada to'xtab qolishigacha. Gipermagniemiya simptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, letargiya, pufak atoniyasi, qabziyat; atrioventrikulyar o'tkazuvchanlik va qorinchalarda qo'zg'alish tarqalishining yomonlashuvi; chuqur pay reflekslarining so'nishi, arterial bosimning haddan tashqari pasayishi, nafas olishning susayishi
Davolash
Preparatni darhol bekor qilish, 20 % natriy xlorid eritmasi yoki 10 % kalsiy glyukonat yuborish; yuzaga kelgan yurak-qon tomir buzilishlarini tuzatish uchun simptomatik terapiya ko'rsatiladi, zarur bo'lsa — gemodializ yoki peritoneal dializ
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Kaliy tejovchi diuretiklar va/yoki angiotenzin-aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari, beta-adrenoblokatorlar, siklosporin, geparin, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bir vaqtda qo‘llanilganda giperkaliemiya rivojlanishi mumkin (qon zardobida kaliy darajasini nazorat qilish zarur).
KMA-SEEM yurak glikozidlarining eritmalari bilan farmatsevtik jihatdan mos keladi (ularning o‘zlashtirilishini yaxshilaydi, nojo‘ya ta’sirlarni kamaytiradi), zarurat tug‘ilganda unga yurak glikozidlarining eritmalari qo‘shilishi mumkin.
KMA-SEEM antiaritmik preparatlarning salbiy dromo- va batmotrop ta’sirini kuchaytiradi.
Magnezium ionlari tarkibi hisobiga neomitsin, polimiksin V, tetratsiklin va streptomitsin ta’sirini kamaytiradi.
Kaltsitriol qonda magnezium konsentratsiyasini oshiradi, kaltsiy preparatlari magnezium ta’sirini kamaytiradi.
Umumiy anesteziklar markaziy asab tizimiga tormozlovchi ta’sirni kuchaytiradi.
Depolyarizatsiyalovchi miorelaksantlar (atrakuriya bezilati, dekametoniya bromidi, suksametoniya xloridi, bromid yodidi) bilan bir vaqtda qo‘llanilganda nerv-mushak blokadasi kuchayishi mumkin.
Agar preparat boshqa inyektsion eritmalar bilan aralashtirilganda xiralashish yoki opalesensiya yuzaga kelsa, bunday aralashmalar yuborilmasligi kerak.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Faqat shaffof eritmalar va shikastlanmagan flakonlardan foydalanish kerak. Flakon ochilgandan so‘ng KMA-SEEM darhol ishlatilishi lozim.