Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Clomed - G 15 g
Clomed - G 15 g
Ishlab chiqaruvchi: Mediwin Pharmaceuticals
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari clomed - g 15 g
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 g krem tarkibida
    Faol moddalar: klobetazol propionat 0,5 mg, gentamitsin 1 mg;
    Yordamchi moddalar: tsetostearil spirti, qattiq parafin, yorug‘ suyuq parafin, tsetomakrogol 1000, glitserin, natriy metilparaben, natriy propilparaben, propilen glikol, tozalangan suv.
  • Qo'llanilishi
    Dermatozlar, allergik va yallig‘lanishli teri kasalliklari, ikkilamchi bakterial infeksiya qo‘shilishi yoki uning rivojlanish ehtimoli bilan ekzema, atopik dermatit, neyrodermit, kontakt dermatit (shu jumladan kasbiy), allergik dermatit, psoriaz, qizil yassi temiratki, flebotodermiya.
    Infeksiyalangan dermatitlar, hasharot chaqishi, qichima, qashish, tirnalish, termik teri shikastlanishlari va toshmalar natijasida rivojlangan.
    Turli lokalizatsiyadagi piodermiyalar (strepto-stafilodermiyalar, impetigo, sikoz, ektima). Klomed®-0 krem asosan teri yallig‘lanish kasalliklarining o‘tkir va subo‘tkir bosqichlarini, shu jumladan ekssudatsiya bilan kechadigan holatlarni davolash uchun qo‘llaniladi.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    preparatning har qanday yordamchi komponentiga yuqori sezuvchanlik; - terining virusli infeksiyalari, terining emlashdan keyingi reaksiyalari, ochiq yaralar, trofik yaralar, oddiy akne, rozatsea, suvchechak, terining sifilis belgilari, teri sil kasalligi.

    Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash
    Klomed®-g tashqi qo‘llash uchun kremni homilador ayollar va emizikli onalarda faqat davolovchi shifokor nazorati ostida qo‘llash mumkin. Bunday hollarda preparatni qisqa muddat davomida va imkon qadar kichik teri sohalariga surish tavsiya etiladi. Preparatni emizishdan oldin ko‘krak terisiga surish mumkin emas.
  • Qo'llash usuli
    Faqat tashqi qo‘llash uchun.
    Klomed®-g tashqi qo‘llash uchun krem zararlangan joyga yupqa qatlamda, kuniga ikki marta, yengil surib qo‘llanadi. Qalinroq terili joylarga (masalan, tirsak, kaft va tovonlar), shuningdek, preparat oson artib tashlanadigan joylarga preparatni tez-tez, lekin kuniga 4 martadan ko‘p bo‘lmagan holda surtish mumkin. Davolashning uzluksiz kursi odatda 4 haftadan oshmaydi. Surunkali kasalliklarni davolashda qaytalanishni oldini olish uchun barcha simptomlar yo‘qolgandan keyin ham terapiyani biroz davom ettirish kerak. Yil davomida terapiyani bir necha marta takrorlash mumkin.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Preparat terapevtik dozalarda qo‘llanganda odatda nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmaydi.
    Kamdan-kam
    - qichishish, kuydirish, qizarish, tirnash, terining qurishi, aknega o‘xshash o‘zgarishlar, gipopigmentatsiya, striyalar, teri atrofiyasi, follikulit, gipertixoz, teleangioektaziyalar.
    Uzoq muddatli nazoratsiz davolash va katta yuzaga surtilganda GKS uchun xos bo‘lgan tizimli nojo‘ya ta’sirlar rivojlanishi mumkin.
    Gipersezgirlik reaksiyasi yoki nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lsa, terapiyani to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Klobetazola propionat bu mahalliy qo‘llash uchun yuqori faollikka ega glyukokortikosteroid hisoblanadi. Huqayra membranasi orqali o‘tib, glyukokortikoid retseptorlari bilan bog‘lanadi. Limfoid va biriktiruvchi to‘qima, mushak, yog‘ to‘qimasi, terida katabolitik ta’sir ko‘rsatadi. Klobetazol yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi va immunosupressiv ta’sirga ega. Fosfolipaza A2 faolligi bostiriladi, prostaglandinlar va leyotrienlar hosil bo‘lishi kamayadi. Mahalliy qo‘llanganda shish, giperemiya, qichishish kamayadi.
    Gentamitsin - aminoglikozidlar guruhiga mansub keng ta’sir doirasiga ega antibiotik. Bakteritsid ta’sir ko‘rsatadi va terining birlamchi va ikkilamchi bakterial infeksiyalarini yuqori samarali mahalliy davolashni ta’minlaydi. Grammanfiy bakteriyalarga nisbatan faol: Pseudomonas aeruginosa, Aerobacter aerogenes, Escherichia coli, Proteus vulgaris, Klebsiella pneumonia; va grampozitiv bakteriyalarga: Streptococcus spp. (A guruhi V- va a- gemolitik streptokokklarning sezgir shtammlari), Staphylococcus aureus (koagulazapozitiv, koagulazaotritsatel shtammlar va ba’zi penitsillinaza ishlab chiqaruvchi shtammlar).
    Anaeroblar, zamburug‘lar va viruslarga nisbatan faol emas.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    KLOMED®-g preparatini yuz terisida uzoq muddat (4 haftadan ortiq) tashqi qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparat ko‘z sohasida qo‘llanmasligi kerak, chunki preparat shilliq qavatga tushishi ehtimoli mavjud. Ba’zi tana sohalari, masalan, qo‘ltiq osti chuqurlari, chov burmalari striylar paydo bo‘lishi xavfiga ko‘proq moyil bo‘ladi, shuning uchun kremni ushbu teri sohalarida tashqi qo‘llash uzluksiz davomiyligi qisqa bo‘lishi kerak (4 haftadan oshmasligi lozim).
    Agar terida zamburug‘li mikroflora rivojlansa, qo‘shimcha zamburug‘larga qarshi vosita qo‘llash zarur.
    Dori vositasi transport vositalarini boshqarish va stanoklar hamda mashinalarda ishlash qobiliyatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Klomed®-S preparatining boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri noma’lum.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Preparatni uzoq muddat davomida uzluksiz qo‘llashda, ayniqsa bolalarda, terining keng maydonlariga surtilganda, butunligi buzilgan teriga surtilganda yoki o‘tkazmaydigan bog‘lam ostida qo‘llanganda, klobetazol yoki gentamitsin so‘rilishining oshishi bilan bog‘liq nojo‘ya ta’sirlar rivojlanishi mumkin. GKSlarning tizimli nojo‘ya ta’sirlari simptomlari. Davolash: preparatni bekor qilish va zarur bo‘lsa simptomatik davolash o‘tkazish tavsiya etiladi.
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Elena
    ico ico ico ico ico
    Покупала Кломед-G 15 г и осталась очень довольна. Эффективный и надежный продукт отличного качества.
    05 August 2024
    0
    0
  • Diana
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество и быстрая доставка! Спасибо Оксимед за качественный продукт!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico