Maxsus ko'rsatmalar
Agar preparat terining katta yuzasiga uzoq muddat davomida qo'llansa, tizimli nojo'ya reaksiyalar rivojlanish xavfi istisno qilinmaydi (qarang, diklofenakning tibbiy qo'llanilishi bo'yicha tegishli yo'riqnoma, unda uning tizimli ta'sirlari haqida ma'lumot mavjud).
Klodifen gel faqat sog'lom teri sohalariga surtilishi kerak. Preparatni yaralarga yoki ochiq shikastlangan teri sohalariga surish mumkin emas.
Dori vositasidan foydalanishda gelning ko'zga yoki shilliq qavatlarga tushishining oldini olish uchun ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Agar preparatni surtgandan so'ng terida toshma paydo bo'lsa, uni qo'llashni to'xtatish zarur.
Klodifen gelni okklyuzion bo'lmagan bog'lamlar ostida ishlatish mumkin va havo o'tkazmaydigan okklyuzion bog'lamlar ostida ishlatish mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi
Homiladorlik
Mahalliy qo'llanganda diklofenakning qon plazmasidagi konsentratsiyasi tizimli qo'llangandagi konsentratsiyadan ancha past bo'ladi.
Prostaglandinlar sintezini inhibe qilish homiladorlik va/yoki embrion/bola rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Epidemiologik tadqiqotlar ma'lumotlariga ko'ra, homiladorlikning dastlabki bosqichlarida prostaglandinlar sintezi ingibitorlarini qo'llash spontann abort, yurak nuqsonlari va gastroshizis rivojlanish xavfi oshishi bilan bog'liq. Yurak-qon tomir tizimi tug'ma nuqsonlari rivojlanishining mutlaq xavfi 1% dan taxminan 1,5% gacha oshgan; xavf dozani va davolash davomiyligini oshishi bilan ortishi taxmin qilinadi.
Boshqa NPVSlar kabi, diklofenak ham oz miqdorda ona sutiga o'tadi. Mahalliy qo'llanganda terapevtik dozalarda dori vositasi emizikli bolaga ta'sir ko'rsatishi kutilmaydi.
Preparatni emizikli ayollarda qo'llash bo'yicha klinik tadqiqotlar o'tkazilmagan, shuning uchun bunday holatlarda Klodifen gelni faqat shifokor bilan maslahatlashgandan so'ng ishlatish kerak. Bunda preparatni ko'krak sohasiga yoki terining katta yuzasiga surish yoki uzoq muddat davomida ishlatish mumkin emas.