Maxsus ko'rsatmalar
Kontakt linzalar ishlatadigan bemorlar preparatni tomizishdan oldin ularni yechib, preparat qo‘llangandan 15 daqiqa o‘tgach yana taqishlari kerak. Har bir qo‘llashdan so‘ng preparat flakonini yopish zarur. Tomizgich uchini qovoq yoki ko‘zga tekkizmaslik kerak.
Klodifen preparatini diqqat va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiladigan potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki vaqtincha ko‘rish ravshanligining yo‘qolishi mumkin.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash
Homiladorlik
Homilador ayollar ishtirokida klinik nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Hayvonlarda ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlar, diklofenakning og‘iz orqali qo‘llanilishida I va II trimestrda teratogenlik yoki embrional rivojlanishga ta’sir qilish xavfi aniqlanmagan.
Dori vositasini homiladorlikning III trimestrida, zaruriyat bo‘lmagan hollardan tashqari, qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki prostaglandinlar biosintezini bostirish natijasida homila yurak-qon tomir tizimiga ta’sir qilish, bachadon qisqaruvchanligini susaytirish va homilada arterial kanalning erta yopilishi mumkin.
Emizish davri
Mahalliy oftalmologik qo‘llashdan so‘ng diklofenak ona sutiga o‘tadimi, noma’lum. Dori vositasini emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Fertillik
Diklofenakning mahalliy oftalmologik qo‘llanishi reproduktiv funksiyaga ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar prostaglandinlar urug‘langan tuxum hujayrasining implantatsiyasi uchun zarur ekanini ko‘rsatadi. NSYAV uzoq muddat qo‘llanganda implantatsiya bosqichida salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.