Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari tozalash klizmasi 135 ml klizma eritmasi
qabziyatni davolash, to‘g‘ri ichak tekshiruvi, qorin bo‘shlig‘i rentgenografiyasi oldidan ichakni tozalash, qorin bo‘shlig‘i va kichik tos a’zolarida jarrohlik amaliyotlariga tayyorlash uchun. Operatsiyadan oldin ichakni bo‘shatish, homiladorlik davrida, tug‘ruq oldi va tug‘ruqdan keyingi davrlarda, shuningdek, umumiy operatsiyadan keyingi terapiya o‘tkazishda.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Gipersensitivlik, rektal qon ketishlar (sababi gemorroy bo‘lmagan), kolo- yoki ileostoma, o‘tkir appenditsitga gumon.
Qo'llash usuli
Kattalarga bir flakon (taxminan 120 ml) yoki davolovchi shifokor ko‘rsatmasiga binoan. 2 yoshdan katta bolalarga kattalar uchun dozani yarmi (taxminan 60 ml) yoki davolovchi shifokor ko‘rsatmasiga binoan. Protsedurani o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan odam holati - chap yonboshda yotib, o‘ng oyog‘ini tizzadan bukib yoki tizza-tirsak holatida, bosh va qorni pastga egilgan holda. Har ikkala holat ham anal teshikka uchlikni kiritish uchun qulay kirish imkonini yaratadi. Klizma o‘tkazish Protsedurani o‘tkazishdan oldin, yog‘langan uchlikdan himoya qopqog‘ini olib tashlang. Uchlikni to‘g‘ri ichakka, kindik sohasiga yo‘nalgan holda ehtiyotkorlik va silliq harakat bilan kiriting. Ballonni butun suyuqlik chiqib ketguncha siqing. Keyin uchlikni to‘g‘ri ichakdan chiqarib oling. Ballonni siqqandan va protsedura tugagandan so‘ng, unda biroz suyuqlik qoladi, ballonni oxirigacha bo‘shatish shart emas, chunki unda zarur dozani ta’minlaydigan kichik qo‘shimcha suyuqlik hajmi mavjud. Kuchli ichakni bo‘shatish istagi paydo bo‘lguncha, ya’ni taxminan 2-5 daqiqa davomida shu holatda turing. KLIN ENEMA ni to‘g‘ri va xavfsiz qo‘llash uchun protsedura ko‘rsatmalarga muvofiq bajarilishi lozim. Tibbiyot xodimi protsedura o‘tkazishda uchlikni ehtiyotkorlik va silliq harakat bilan kindik tomonga kiritish zarurligini yodda tutishi kerak. Kiritishda ehtiyotkorlik to‘g‘ri ichakning sensor innervatsiyasi yetarli emasligi va ichakni teshish ehtimoli tufayli zarur.
Ichak peristaltikasini rag'batlantiruvchi, ich suruvchi. KLIN ENEMA qo'llangandan so'ng 5 daqiqa ichida ichakni tozalaydi. KLIN ENEMA ichakni xavfsiz tozalashni va pastga tushuvchi yo'g'on ichakni to'liq bo'shatishni og'riqsiz va spazmsiz ta'minlaydi.
Maxsus ko'rsatmalar
Agar ko'ngil aynishi, qusish va qorin og'rig'i kabi simptomlar kuzatilsa, eritmani shifokor tavsiyasisiz qo'llash mumkin emas. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak.
Saqlash shartlari
15º-30ºS haroratda saqlang.
Dozani oshirib yuborilishi
Simpomlari diareya, qorin sohasida og‘riq. Davolashni to‘xtatish, preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!