Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Klizma uchun toza eritma 135 ml*
Klizma uchun toza eritma 135 ml*
Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries Pvt. Ltd
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari klizma uchun toza eritma 135 ml*
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Har 120 ml tarkibida faol modda natriy bifosfat U.S.P.-9,20 g, natriy fosfat U.S.P.-7,2 g, yordamchi modda natriy benzoat U.S.P., distillangan suv V.R. q.s. 135 ml. Har 60 ml tarkibida faol modda natriy bifosfat U.S.P-9,60 g, natriy fosfat U.S.P.-3,6 g, yordamchi modda natriy benzoat U.S.P., distillangan suv V.R. q.s. 68 ml.
  • Qo'llanilishi
    qabziyatni davolash, to‘g‘ri ichak tekshiruvi, qorin bo‘shlig‘i rentgenografiyasi oldidan ichakni tozalash, qorin bo‘shlig‘i va kichik tos a’zolarida jarrohlik amaliyotlariga tayyorlash uchun. Operatsiyadan oldin ichakni bo‘shatish, homiladorlik davrida, tug‘ruq oldi va tug‘ruqdan keyingi davrlarda, shuningdek, umumiy operatsiyadan keyingi terapiya o‘tkazishda.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Gipersensitivlik, rektal qon ketishlar (sababi gemorroy bo‘lmagan), kolo- yoki ileostoma, o‘tkir appenditsitga gumon.
  • Qo'llash usuli
    Kattalarga bir flakon (taxminan 120 ml) yoki davolovchi shifokor ko‘rsatmasiga binoan. 2 yoshdan katta bolalarga kattalar uchun dozani yarmi (taxminan 60 ml) yoki davolovchi shifokor ko‘rsatmasiga binoan. Protsedurani o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan odam holati - chap yonboshda yotib, o‘ng oyog‘ini tizzadan bukib yoki tizza-tirsak holatida, bosh va qorni pastga egilgan holda. Har ikkala holat ham anal teshikka uchlikni kiritish uchun qulay kirish imkonini yaratadi. Klizma o‘tkazish Protsedurani o‘tkazishdan oldin, yog‘langan uchlikdan himoya qopqog‘ini olib tashlang. Uchlikni to‘g‘ri ichakka, kindik sohasiga yo‘nalgan holda ehtiyotkorlik va silliq harakat bilan kiriting. Ballonni butun suyuqlik chiqib ketguncha siqing. Keyin uchlikni to‘g‘ri ichakdan chiqarib oling. Ballonni siqqandan va protsedura tugagandan so‘ng, unda biroz suyuqlik qoladi, ballonni oxirigacha bo‘shatish shart emas, chunki unda zarur dozani ta’minlaydigan kichik qo‘shimcha suyuqlik hajmi mavjud. Kuchli ichakni bo‘shatish istagi paydo bo‘lguncha, ya’ni taxminan 2-5 daqiqa davomida shu holatda turing. KLIN ENEMA ni to‘g‘ri va xavfsiz qo‘llash uchun protsedura ko‘rsatmalarga muvofiq bajarilishi lozim. Tibbiyot xodimi protsedura o‘tkazishda uchlikni ehtiyotkorlik va silliq harakat bilan kindik tomonga kiritish zarurligini yodda tutishi kerak. Kiritishda ehtiyotkorlik to‘g‘ri ichakning sensor innervatsiyasi yetarli emasligi va ichakni teshish ehtimoli tufayli zarur.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Diarreya, qorin og'rig'i, elektrolitlarni yo'qotish.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Ichak peristaltikasini rag'batlantiruvchi, ich suruvchi. KLIN ENEMA qo'llangandan so'ng 5 daqiqa ichida ichakni tozalashni ta'minlaydi. KLIN ENEMA xavfsiz ichak tozalanishini va pastga tushuvchi yo'g'on ichakning to'liq bo'shashini og'riqsiz va spazmsiz ta'minlaydi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
     Ko‘ngil aynishi, qusish, qorin sohasida og‘riq paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling. 

    Homiladorlik va laktatsiya
    Klinik tadqiqotlar homilador ayollarda o‘tkazilmagan, shuning uchun preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi va faqat ko‘rsatmalar bo‘yicha, potentsial foyda qo‘llash xavfidan ustun bo‘lsa, mumkin.



  • Dozani oshirib yuborilishi
     
    Rektal yo'l bilan qo'llanganda dozani oshirib yuborish ehtimoli past. Diareya, suv-elektrolit muvozanatining buzilishi, suvsizlanish kuzatilishi mumkin.

    Dozani oshirib yuborishning birinchi belgilarida shifokorga murojaat qilish kerak. Davolash simptomatik: gidratatsion terapiya, antidiareya vositalari. 
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Алишер
    ico ico ico ico ico
    Этот раствор для клизмы отлично справился со своей задачей. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
  • Малика
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество продукта, удобная упаковка, быстрая доставка! Спасибо Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico