Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
2
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari klimadinon 50 ml og'iz orqali yuborish uchun eritma
Klimadinon ® 100 g eritmasi quyidagilarni saqlaydi: 50% (x/x) etil spirtida tayyorlangan 12 g tsimisifuga ildizpoyasining suyuq ekstrakti (Cimicifuga rhizome 1:5). Etanol miqdori: 35,0 - 40,0% (xajm nisbatida). yordamchi moddalar: saxarin natriy digidrati, yalpiz moyi, tozalangan suv.
Qo'llanilishi
Qizish hissi va ko'p terlash kabi, menopauza simptomlarini engillashtirish uchun o'simlikdan olinadigan dori vositasi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Alkogolizmi bo'lgan pasientlarda klimadinon ® eritmasini qo'llash mumkin emas (etil spirti saqlaydi).
Qo'llash usuli
Ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Suyuqlik suyultirilmagan xolatda yoki oz miqdordagi qand bilan (ertalab va kechqurun) qabul qilinadi. Davolash davomiyligi: Agar simptomlar davolash kursi davomida saqlansa, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Shifokor maslahatisiz klimadinon ® eritmasini 6 oydan ortiq qo'llash mumkin emas.
Nojo´ya ta´sirlar
Teri reaktsiyalari (masalan toshma, qichishish), yuzni shishi, periferik shishlar va me'da-ichak buzilishlari (masalan dispepsiya, diareya) paydo bo'lishi mumkin. Tsimisifugani saqlovchi preparatlarni qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan jigarni shikastlanishi (shu jumladan gepatit, sariqlik, jigar tahlillari ko'rsatkichlarini o'zgarishi) mumkinligi haqida xabar berilgan. Iltimos shuningdek "maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga ham qarang. Nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lganida dori vositasini qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat etish kerak.
Farmakologik xususiyatlari
Ushbu o'simlikdan olinadigan dori preparatini qo'llash klimaks davridagi loxaslik simptomlarini engillashtirishga yordam beradi. Ta'sir mexanizmi va klimakterik simptomlarini yaxshilanishiga yordam beruvchi komponentlar ma'lum emas.
Dorilarning o'zaro ta'siri
Aniqlanmagan.
Maxsus ko'rsatmalar
Shifokor bilan maslahatlashmasdan jigar kasalliklari bo'lgan pasientlar klimadinon ® ni qabul qilmasliklari kerak. Jigarni shikastlanishini ko'rsatuvchi simptomlar (toliqish, ishtahani yo'qolishi, teri va ko'zlarni sarg'ayishi, ko'ngil aynishi va qusish yoki siydikni to'qlashishi bilan kechuvchi qorinning yuqori qismida kuchli og'riqlar) paydo bo'lganida darhol preparatni qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat etish kerak. Agar qindan qon ketishi yuzaga kelsa yoki boshqa simptomlar paydo bo'lsa, shifokor bilan maslahatlashing. Shifokor maslahatisiz ayollar jinsiy gormonlari (estrogenlar) ni qabul qilayotgan pasientlar, shuningdek sut bezi raki yoki boshqa gormonga bog'liq o'smalar yuzasidan davolangan yoki davolanayotgan pasientlarda preparatni qo'llash mumkin emas. Ushbu dori vositasi 38% alkogol saqlaydi (xajm jihatdan). Jigar kasalliklari, tutqanog'i bo'lgan pasientlar preparatni faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin qabul qilishlari mumkin. Homiladorlik va emizish davrida qo'llashning xavfsizligi aniqlanmagan. Etarli ma'lumotlarni yo'qligi tufayli, preparatni homiladorlik va laktasiya davrida qo'llash tavsiya etilmaydi. Tug'ruq yoshidagi ayollar davolash vaqtida samarali kontratsepsiyadan foydalanish imkoniyatini ko'rib chiqishlari kerak. Preparat tavsiya etilgan dozalarda avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi. Ishlatilganda flakonni vertikal holatda tuting. Eritmani saqlash jarayonida xiralashishi yoki biroz cho'kma tushishi mumkin. Bu preparatning samaradorligiga ta'sir ko'rsatmaydi. Qo'llashdan oldin chayqatilsin!
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi xolatlari haqida ma'lumotlar yo'q. Davolash simptomatik.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!