Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
Yetkazib berish manzilini tekshiring
Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
Ko'cha va uyni tanlang
Mavjud
130 200 so'mdan 137 100 so'mdan
ico
1
ico
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari klimadinon 20 mg № 60
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    таблетки
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
    Tsimisifuga ildizpoyasining quruq ekstrakti
    (2,8 mg nativ tsimisifuga ildizpoyasining nativ ekstrakti (5-10:1, ekstragent etanol 58 % x/x) va 17,2 mg laktoza monogidrati saqlaydi) 20 mg
    yordamchi moddalar:
    Kartoshka kraxmali, magniy stearati, kaltsiy gidrofosfat digidrati, talk, titan dioksidi (E 171), temir (III) oksidi (E 172), temir (II) oksidi (E 172), makrogol 6000, Eudragit RL 30D.
  • Qo'llanilishi
    Qizish hissi va ko'p terlash kabi, menopauza simptomlarini engillashtirish uchun o'simlikdan olinadigan dori vositasi. Klimadinon tabletkalari 18 yoshdan oshgan kattalarga ko'rsatilgan.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.
  • Qo'llash usuli
    Buyrak/jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda dozalash yuzasidan aniq tavsiyalar uchun ma'lumotlar etarli emas.
    Bolalar
    Klimadinon tabletkalarining bolalar va 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlarda xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Ushbu Pediatrik populyasiyalarda klimadinon tabletkalarini qo'llash mumkin emas.
    Qo'llash usuli
    Kuniga ikki marta (ertalab va kechqurun) oz miqdordagi suyuqlik bilan ichga qabul qilinadi.
    Tabletkalarni chaynamasdan va shimmasdan butunligicha yutish kerak.
    Qo'llash davomiyligi
    Agar preparatni qabul qilish davrida simptomlar saqlansa, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashish kerak.
    Shifokor bilan maslahatlashmasdan klimadinon ® ni 6 oydan ortiq qabul qilish mumkin emas.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Teri reaktsiyalari (masalan toshma, qichishish), yuzni shishi, periferik shishlar va me'da-ichak buzilishlari (masalan dispepsiya, diareya) paydo bo'lishi mumkin. Tsimisifugani saqlovchi preparatlarni qabul qilishda jigarni shikastlanishi (shu jumladan gepatit, sariqlik, jigar tahlillari ko'rsatkichlarini o'zgarishi) mumkinligi haqida xabar berilgan. Iltimos shuningdek "maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga ham qarang.
    Nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lganida dori vositasini qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish zarur.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Ushbu o'simlikdan olinadigan dori preparatini qo'llash klimaks davridagi loxaslik simptomlarini engillashtirishga yordam beradi. Ta'sir mexanizmi va klimakterik simptomlarini yaxshilanishiga yordam beruvchi komponentlar ma'lum emas.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Aniqlanmagan.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Jigar kasalligi bo'lgan pasientlarga klimadinon ® ni shifokor maslahatisiz qo'llash mumkin emas
    Jigarni shikastlanishini ko'rsatuvchi simptomlar (charchash, ishtaxani yo'qolishi, teri va ko'zni sarg'ayishi, ko'ngil aynish va qusish bilan birga qorinning yuqori qismida kuchli og'riq bo'lishi yoki siydik rangini to'q bo'lishi) paydo bo'lganida preparatni qabul qilishni darhol to'xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim. Ayollar jinsiy gormonlarini (estrogenlar) qabul qilayotgan pasientlarga, shuningdek sut bezining raki yoki gormonga bog'liq o'smalar bo'yicha davolanayotgan pasientlar shifokor maslahatisiz preparatni qabul qilishi mumkin emas.
    Qindan qon ketishi yoki boshqa simptomlar paydo bo'lganida shifokor bilan maslahatlashish kerak.
    Dori preparatining tarkibiga laktoza kiradi. Agar sizda biron-bir qandlarni o'zlashtiraolmaslik bo'lsa, ushbu dori preparatini qabul qilishdan oldin shifokorga murojaat eting.
    Homiladorlik va emizish davrida qo'llashning xavfsizligi aniqlanmagan. Etarli ma'lumotlarni yo'qligi tufayli, homiladorlik va laktasiya davrida preparatni qo'llash tavsiya etilmaydi.
    Tug'ruq yoshidagi ayollar davolash vaqtida samarali kontratsepsiyadan foydalanish imkoniyatini ko'rib chiqishlari kerak.
    Preparat tavsiya etilgan dozalarda avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi.
    Qandli diabeti bo'lgan bemorlar uchun ma'lumot
    Bir tabletka o'rtacha 0,01 non birligi (NB) saqlaydi.
    Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Dozani oshirib yuborilishi xolatlari haqida ma'lumotlar yo'q. Davolash simptomatik.
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Gulnara
    ico ico ico ico ico
    Эффективное лекарство, помогло справиться с аллергией. Спасибо магазину Oxymed!
    05 August 2024
    0
    0
  • Nazira
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество и быстрая доставка. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все