Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Claranta 500 mg № 14
Claranta 500 mg № 14
Ishlab chiqaruvchi: Ajanta Pharma Limited
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

Mavjud
55 638 so'm 56 200 so'm
Qonunchilikka muvofiq, gormonal preparatlar va antibiotiklarni elektron retseptsiz sotish mumkin emas.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari claranta 500 mg № 14
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    500 mg
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    14 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Qo'llanilishi
    Klaritromitsinga sezgir bo‘lgan yuqumli-yallig‘lanish kasalliklarini davolash, yuqori nafas yo‘llari va LOR-organlari infeksiyalari (tonzillofaringit, o‘rta otit, o‘tkir sinusit); pastki nafas yo‘llari infeksiyalari (o‘tkir bronxit, surunkali bronxitning zo‘rayishi, statsionardan tashqari bakterial va atipik pnevmoniya); odontogen infeksiyalar; teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari; mikobakterial infeksiyalar (M.avium complex, M.kansasii, M.marinum, M.leprae) va OITS bilan kasallanganlarda ularning profilaktikasi; o‘n ikki barmoqli ichak yoki me’da yara kasalligi bo‘lgan bemorlarda Helicobacter pylori ni eradikatsiya qilish (faqat kombinasiyalangan terapiya tarkibida).
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Anamnezda QT intervalining uzayishi, qorinchalar aritmiyasi yoki "piruet" tipidagi qorinchalar taxikardiyasi; gipokaliemiya (QT intervalining uzayishi xavfi); og‘ir jigar yetishmovchiligi, bir vaqtda buyrak yetishmovchiligi bilan; xolestatik sariqlik/gapatit anamnezda, klaritromitsin qo‘llanganda rivojlangan; porfiriya; homiladorlikning I trimestri; laktatsiya davri (emizish); klaritromitsin bilan bir vaqtda astemizol, tsizaprid, pimozid, terfenadin; ergot alkaloidlari, masalan, ergotamin, digidroergotamin; og'iz orqali qabul qilinadigan midazolam; HMG-KoA-reduktaza (statinlar) ingibitorlari, ular CYP3A4 izofermenti orqali sezilarli darajada metabolizatsiyalanadi (lovastatin, simvastatin), kolxisin; tikagrelor yoki ranolazin bilan birga; klaritromitsinga va boshqa makrolidlarga yuqori sezuvchanlik.
  • Qo'llash usuli
    Individual. Og'iz orqali qabul qilganda kattalar va 12 yoshdan katta bolalar uchun bir martalik doza 0,25-1 g, qabul qilish tezligi kuniga 2 marta. 12 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun sutkalik doza 7,5-15 mg/kg/kunda 2 marta qabul qilinadi. Bolalarda klaritromitsin mos dori shaklida, ushbu toifa bemorlar uchun mo'ljallangan shaklda qo'llanilishi kerak. Davolash davomiyligi ko'rsatmalarga bog'liq. Buyrak funksiyasi buzilgan (KK 30 ml/min dan kam yoki zardob kreatinini darajasi 3,3 mg/dl dan yuqori) bemorlarda doza 2 marta kamaytirilishi yoki qabul qilish oralig'i 2 marta oshirilishi kerak. Kattalar uchun maksimal sutkalik doza - 2 g, bolalar uchun - 1 g.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan tez-tez - diareya, qusish, dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qorin sohasida og‘riq; kamdan-kam hollarda - ezofagit, gastroezofageal reflyuks kasalligi, gastrit, proktalgiya, stomatit, glossit, qorin dam bo‘lishi, qabziyat, og‘iz qurishi, qayoq, meteorizm, qonda bilirubin konsentratsiyasining oshishi, ALT, AST, GGT, SHF, LDG faolligining oshishi, xolestaz, gepatit, shu jumladan xolestatik va gepatotsellyulyar; tez-tezligi noma’lum - o‘tkir pankreatit, til va tishlarning rangining o‘zgarishi, jigar yetishmovchiligi, xolestatik sariqlik. Allergik reaksiyalar tez-tez - toshma; kamdan-kam hollarda - anafilaktoid reaksiya, gipersensitivlik, bullyoz dermatit, qichishish, eshakemi, makulo-papulyoz toshma; tez-tezligi noma’lum - anafilaktik reaksiya, angionevrotik shish, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, dori toshmasi eozinofiliya va tizimli simptomatika bilan (DRESS-sindrom). Nerv tizimi tomonidan tez-tez - bosh og‘rig‘i, uyqusizlik; kamdan-kam hollarda - hushdan ketish, diskineziya, bosh aylanishi, uyquchanlik, tremor, bezovtalik, qo‘zg‘aluvchanlikning oshishi; tez-tezligi noma’lum - tutqanoq, psixotik buzilishlar, ongning chalkashishi, depersonalizatsiya, depressiya, dezorientatsiya, gallyutsinatsiyalar, dahshatli tushlar, paresteziya, maniya. Teri qoplamlari tomonidan tez-tez - kuchli terlash; tez-tezligi noma’lum - akne, gemorragiyalar. Sezgi organlari tomonidan tez-tez - disgevziya, ta’m buzilishi; kamdan-kam hollarda - vertigo, eshitish buzilishi, quloqda shovqin; tez-tezligi noma’lum - karsoqlik, agevziya, parosmiya, anosmiya. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan tez-tez - vazodilatatsiya; kamdan-kam hollarda - yurak to‘xtashi, bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi, EKGda QT intervalining uzayishi, ekstrasistoliya, bo‘lmachalar tebranishi; tez-tezligi noma’lum - qorinchalar taxikardiyasi, shu jumladan "piruet" turi. Siydik ajratish tizimi tomonidan kamdan-kam hollarda - kreatinin konsentratsiyasining oshishi, siydik rangining o‘zgarishi; tez-tezligi noma’lum - buyrak yetishmovchiligi, interstitsial nefrite. Modda almashinuvi va ovqatlanish tomonidan kamdan-kam hollarda - anoreksiya, ishtahaning pasayishi, siydikda mochevina konsentratsiyasining oshishi, albumin-globulin nisbatining o‘zgarishi. Suyak-mushak tizimi tomonidan kamdan-kam hollarda - mushak spazmi, suyak-mushak qotishi, mialgiya; tez-tezligi noma’lum - rabdomioliz, miopatiya. Nafas olish tizimi tomonidan kamdan-kam hollarda - astma, burundan qon ketishi, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi. Qon yaratilish tizimi tomonidan kamdan-kam hollarda - leyopeniya, neytropeniya, eozinofiliya, trombotsitemiya; tez-tezligi noma’lum - agranulotsitoz, trombotsitopeniya. Qon ivish tizimi tomonidan kamdan-kam hollarda - MHO qiymatining oshishi, protrombin vaqti uzayishi. Infeksion va parazitar kasalliklar kamdan-kam hollarda - sellulit, kandidoz, gastroenterit, ikkilamchi infeksiyalar (shu jumladan vaginal); tez-tezligi noma’lum - soxta membranoz kolit, ro‘ja. Mahalliy reaksiyalar juda tez-tez - in’ektsiya joyida flebit, tez-tez - in’ektsiya joyida og‘riq, in’ektsiya joyida yallig‘lanish. Umumiy organizm tomonidan kamdan-kam hollarda - holsizlik, gipertermiya, asteniya, ko‘krak qafasida og‘riq, sovuq urishi, charchoq.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Makrolidlar guruhiga mansub yarim-sintetik antibiotik. Mikrob hujayrasida oqsil sintezini bakteriyalarning 50S ribosomal subbirligi bilan o‘zaro ta’sirlashib, bostiradi. Asosan bakteriostatik, shuningdek, bakterisid ta’sir ko‘rsatadi. Quyidagi gram-musbat bakteriyalarga nisbatan faol: Streptococcus spp., Staphylococcus spp., Listeria monocytogenes, Corynebacterium spp.; gram-manfiy bakteriyalarga: Helicobacter pylori, Haemophilus influenzae, Haemophilus ducreyi, Moraxella catarrhalis, Bordetella pertussis, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Borrelia burgdorferi; anaerob bakteriyalarga: Eubacterium spp., Peptococcus spp., Propionibacterium spp., Clostridium perfringens, Bacteroides melaninogenicus; hujayra ichki mikroorganizmlarga: Legionella pneumohila, Chlamydia trachomatis, Chlamydophila pneumoniae, Ureaplasma urealyticum, Mycoplasma pneumoniae. Shuningdek, Toxoplasma gondii, Mycobacterium spp. (Mycobacterium tuberculosis dan tashqari) ga nisbatan ham faol.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Klaritromitsin ehtiyotkorlik bilan quyidagi holatlarda qo‘llanilishi kerak: o‘rta va og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi; o‘rta va og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi, IShB, og‘ir yurak yetishmovchiligi, gipomagniemiya, yaqqol bradikardiya (50 urish/min dan kam); bir vaqtda benzodiazepinlar, masalan, alprazolam, triazolam, v/i yuboriladigan midazolam bilan; bir vaqtda boshqa ototoksik preparatlar, ayniqsa aminoglikozidlar bilan; bir vaqtda CYP3A izofermentlari orqali metabolizatsiyalanadigan preparatlar bilan (shu jumladan, karbamazepin, tsilostazol, siklosporin, dizopiramid, metilprednizolon, omeprazol, bilvosita antikoagulyantlar, xinin, rifabutin, sildenafil, takrolimus, vinblastin); bir vaqtda CYP3A4 induktorlari bilan (shu jumladan, rifampitsin, fenitoin, karbamazepin, fenobarbital, zveroboy prodiryavlennyy); bir vaqtda CYP3A izofermentiga bog‘liq bo‘lmagan statinlar bilan (shu jumladan, fluvastatin); bir vaqtda CYP3A4 izofermentlari orqali metabolizatsiyalanadigan sekin kalsiy kanali blokatorlari bilan (shu jumladan, verapamil, amlodipin, diltiazem); bir vaqtda I A sinf (xinin, prokainamid) va III sinf (dofetilid, amiodaron, sotalol) antiaritmik vositalar bilan. Makrolidlar guruhi antibiotiklari o‘rtasida o‘zaro rezistentlik kuzatiladi. Antibiotiklar bilan davolash ichakning normal florasini o‘zgartiradi, shuning uchun rezistent mikroorganizmlar sababli superinfeksiya rivojlanishi mumkin. Og‘ir va uzoq davom etuvchi diareya rivojlanishi soxta membranoz kolit bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini inobatga olish kerak. Klaritromitsinni varfarin yoki boshqa peroral antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qabul qilayotgan bemorlarda protrombin vaqtini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Diyora
    ico ico ico ico ico
    Быстрая доставка и качественный продукт. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
  • Shahzod
    ico ico ico ico ico
    Отличные таблетки кларитина, помогли от аллергии. Спасибо!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все

Ushbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.

Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico