Farmakologik xususiyatlari
Melissa o‘ti efir moyi, dubil moddalar, B1, B2 vitaminlarini o‘z ichiga oladi.
Chabrets o‘tida efir moyi mavjud bo‘lib, uning asosiy komponentlari timol, korvakrol hisoblanadi.
Itburun mevalari S vitamini, flavonoidlar, karotinoidlarni o‘z ichiga oladi.
Solodka tarkibiga glitsirrizin kiradi.
Qanora barglari atsetilxolin, gistamin, K1, B1, B2, E vitaminlari, beta-karotinni o‘z ichiga oladi.
Zveroboy o‘tida flavonoidlar (shu jumladan rutiin), karotinoidlar, antrasen hosilalari mavjud.
Oblepixa yog‘i S, A, B1, B2, B4, K, R, RR, E vitaminlari, poliy to‘yinmagan yog‘ kislotalari, shakarlar, fitonsidlar, mikroelementlarni o‘z ichiga oladi. «Kyzyl may» preparati polifit yog‘i yallig‘lanishga qarshi, regeneratsiyalovchi, spazmolitik, antioksidant, yara bitiruvchi xususiyatlarga ega.