Dorilarning o'zaro ta'siri
Ketorolakni atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, kalsiy preparatlari, glyukokortikosteroidlar, etanol, kortikotropin bilan bir vaqtda qo‘llash me’da-ichak trakti yaralari va me’da-ichak qon ketishlarining rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Paratsetamol bilan birga buyurilganda nefrotoksiklik oshadi, metotreksat bilan birga buyurilganda gepato- va nefrotoksiklik oshadi. Ketorolak va metotreksatni birga buyurish faqat oxirgisining past dozalari qo‘llanganda mumkin (metotreksatning qon plazmasidagi konsentratsiyasini nazorat qilish zarur).
Ketorolak qo‘llanilganda metotreksat va litiy klirensi kamayishi va ushbu moddalar toksikligi kuchayishi mumkin. Bilvosita antikoagulyantlar, geparin, trombolitiklar, antiagregantlar, tsefoperazon, tsefotetan va pentoksifillin bilan birga buyurilganda qon ketish xavfi oshadi. Gipotenziv va diuretik preparatlarning ta’siri kamayadi (buyraklarda prostaglandinlar sintezi pasayadi). Opioid analgetiklar bilan birga qo‘llanganda ularning dozalari sezilarli darajada kamaytirilishi mumkin, chunki ularning ta’siri kuchayadi.
Insulin va og‘iz orqali qabul qilinadigan gipoglikemik preparatlarning gipoglikemik ta’siri kuchayadi (dozani qayta hisoblash zarur). Valproevaya kislota bilan birga buyurilganda trombotsitlar agregatsiyasi buziladi. Verapamil va nifedipinning qon plazmasidagi konsentratsiyasini oshiradi.
Boshqa nefrotoksik dori vositalari (shu jumladan oltin preparatlari) bilan birga buyurilganda nefrotoksiklik rivojlanish xavfi oshadi.
Probenetsid va kanalikulyar sekretsiyani bloklovchi dori vositalari ketorolak klirensini kamaytiradi va uning qon plazmasidagi konsentratsiyasini oshiradi.
Inyeksiya uchun eritmani morfin sulfat, prometazin va gidroksizin bilan bir shpritsda aralashtirish mumkin emas, chunki cho‘kma hosil bo‘ladi. Farmatsevtik jihatdan tramadol eritmasi, litiy preparatlari bilan mos kelmaydi.
Inyeksiya uchun eritma 0,9% natriy xlorid eritmasi, 5% dekstroza eritmasi, Ringer va Ringer-laktat eritmasi, «Plazmalit» eritmasi, shuningdek, aminofillin, lidokain gidroxlorid, dopamin gidroxlorid, qisqa ta’sirli inson insulini va natriyli geparin tuzi saqlovchi infuzion eritmalar bilan mos keladi.