Nojo´ya ta´sirlar
Nojo'ya ta'sirlar tez-tezligini aniqlash: tez-tez (1-10%), kamdan-kam (0.1-1%), juda kam (0.01-0.1%), juda noyob (< 0.01%) va tez-tezligi noma'lum, alohida xabarlarni o'z ichiga oladi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez (ayniqsa, 65 yoshdan katta, anamnezida eroziya-yarali OVHT shikastlanishlari bo'lgan keksa bemorlarda) – gastralgiya, diareya, kamdan-kam – stomatit, meteorizm, qabziyat, qusish, oshqozon to'liq to'lgandek his qilish, juda kam – ko'ngil aynishi, eroziya-yarali OVHT shikastlanishlari (shu jumladan perforatsiya va/yoki qon ketish bilan – qorin og'rig'i, spazm yoki epigastral sohada kuydiruvchi og'riq, melena, "qahva qoldig'i" ko'rinishidagi qusish, ko'ngil aynishi, qizish), xolestatik sariqlik, gepatit, gepatomegaliya, o'tkir pankreatit.
Siydik ajratish tizimi tomonidan: juda kam – o'tkir buyrak yetishmovchiligi, bel sohasida og'riq, gematuriya, azotemiya, gemolitiko-uremik sindrom (gemolitik anemiya, buyrak yetishmovchiligi, trombotsitopeniya, purpura), tez-tez siyish, oliguriya, poliuriya, interstitsial nefrid, buyrak genezli shishlar, tez-tezligi noma'lum – siyishning ushlanishi.
Sezgi organlari tomonidan: juda kam – eshitishning pasayishi, quloqda shovqin, ko'rishning buzilishi (shu jumladan ko'rishning noaniqligi), tez-tezligi noma'lum – ta'm sezishning buzilishi.
Nafas olish tizimi tomonidan: juda kam – bronxospazm yoki dispnoe, rinit, hiqildoq shishi (nafas qisilishi, nafas olishda qiyinchilik).
Markaziy asab tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyquchanlik, juda kam – aseptik meningit (isitma, kuchli bosh og'rig'i, tutqanoq, bo'yin va/yoki orqa mushaklarining qattiqligi), giperaktivlik (kayfiyat o'zgarishi, bezovtalik), gallyutsinatsiyalar, depressiya, psixoz.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kamdan-kam – arterial bosimning oshishi, juda kam – o'pka shishi, hushdan ketish holatlari.
Qon hosil qilish organlari tomonidan: juda kam – anemiya, eozinofiliya, leyopeniya.
Gemostaz tizimi tomonidan: juda kam – operatsiyadan keyingi yara qonashi, burundan qon ketishi, to'g'ri ichakdan qon ketishi.
Teri qoplamlari tomonidan: kamdan-kam – teri toshmasi (makulopapulyoz toshmani o'z ichiga oladi), purpura, juda kam – eksfoliativ dermatit (isitma titroq bilan yoki titroqsiz, terining qizarishi, qattiqlashuvi yoki qobiqlanishi, tanglay bodomsimon bezlarning shishishi va/yoki og'rig'i), eshakemi, Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi.
Allergik reaksiyalar: juda kam – anafilaksiya yoki anafilaktoid reaksiyalar (yuz terisi rangining o'zgarishi, teri toshmasi, eshakemi, teri qichishishi, taxipnoe yoki dispnoe, qovoqlarning shishishi, til shishi, periorbital shish, nafas qisilishi, nafas olishda qiyinchilik, ko'krak qafasida og'irlik, hushtakli nafas olish).
Boshqalar: tez-tez – shishlar (yuz, boldir, tovon, barmoqlar, oyoq panjasi, tana vaznining oshishi), kamdan-kam – terlashning kuchayishi, juda kam – isitma, tez-tezligi noma'lum – giperqaliemiya, giponatriemiya.