Dorilarning o'zaro ta'siri
Quyida keltirilgan dori vositalari o‘zaro ta’siri barcha YOKV uchun, shu jumladan Deksiketoprofen uchun xosdir.
Nojo‘ya kombinatsiyalar
Bir nechta YOKV, shu jumladan yuqori dozalarda salitsilatlar (3 g/kun dan ortiq) bir vaqtda buyurilganda, ta’sir sinergizmi natijasida me’da-ichak qon ketishi va yara rivojlanish xavfi oshadi.
Peroral antikoagulyantlar, profilaktikadan yuqori dozalarda geparin va tiklopidin bilan bir vaqtda qo‘llanganda, trombotsitlar agregatsiyasining inhibatsiyasi va OVKT shilliq qavatining shikastlanishi tufayli qon ketish rivojlanish xavfi oshadi.
YOKV lityiyning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini toksik darajagacha oshiradi, shuning uchun bu ko‘rsatkichni YOKV buyurilganda, doza o‘zgartirilganda va bekor qilingandan so‘ng nazorat qilish zarur.
Metotreksat yuqori dozalarda (15 mg/hafta va undan ko‘p) qo‘llanganda, YOKV fonida uning buyrak klirensining pasayishi tufayli metotreksatning gematologik toksikligi oshadi.
Gidantoinlar va sulfanilamid preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda, ushbu preparatlarning toksik ta’siri kuchayishi xavfi mavjud.
Extiyotkorlikni talab qiluvchi kombinatsiyalar
Diuretiklar, APF ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash zarur bo‘lsa, YOKV bilan davolash suvsizlanish bo‘lgan bemorlarda o‘tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanish xavfi bilan bog‘liqligini (prostaglandinlar sintezining bostirilishi natijasida glomerulyar filtrlatsiyaning pasayishi) hisobga olish kerak. YOKV ba’zi preparatlarning gipotenziyal ta’sirini kamaytirishi mumkin. Diuretiklar bilan bir vaqtda buyurilganda, bemorning suv balansi yetarli ekanligiga ishonch hosil qilish va YOKV buyurishdan oldin buyrak funksiyasini nazorat qilish zarur.
Metotreksat past dozalarda (15 mg/haftadan kam) bir vaqtda qo‘llanganda, YOKV fonida uning buyrak klirensining pasayishi tufayli metotreksatning gematologik toksikligi oshishi mumkin. Birgalikda davolashning dastlabki haftalarida qon hujayralari sonini har hafta nazorat qilish zarur. Buyrak funksiyasi hatto yengil darajada buzilgan hollarda, shuningdek, keksalarda diqqatli tibbiy kuzatuv zarur.
Pentoksifillin bilan bir vaqtda qo‘llanganda, qon ketish rivojlanish xavfi oshadi. Kuchli klinik monitoring va qon ketish (qon ivish vaqti) tez-tez nazorati zarur.
Zidovudin bilan bir vaqtda qo‘llanganda, eritrotsitlarga toksik ta’sir oshishi xavfi mavjud, bu retikulotsitlarga ta’sir qilish bilan bog‘liq bo‘lib, YOKV buyurilgandan bir hafta o‘tib og‘ir anemiya rivojlanishi mumkin. YOKV bilan davolash boshlanganidan 1-2 hafta o‘tib barcha qon hujayralari va retikulotsitlarni nazorat qilish zarur.
YOKV ta’sirida sulfonilmochevina hosilalarining plazma oqsillari bilan bog‘lanish joylaridan siqib chiqarilishi natijasida ularning gipoglikemik ta’siri kuchayishi mumkin.
Past molekulyar geparin preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda, qon ketish rivojlanish xavfi oshadi.
E’tiborga olish zarur bo‘lgan kombinatsiyalar
YOKV beta-adrenoblokatorlarning gipotenziyal ta’sirini kamaytirishi mumkin, bu prostaglandinlar sintezining inhibatsiyasi bilan bog‘liq.
Siklosporin va takrolimus bilan bir vaqtda qo‘llanganda, YOKV buyrak prostaglandinlari ta’siri orqali nefrotoksiklikni kuchaytirishi mumkin. Kombinatsiyalangan davolash davomida buyrak funksiyasini nazorat qilish zarur.
Trombolitiklar bilan bir vaqtda buyurilganda, qon ketish rivojlanish xavfi oshadi.
Probenetsid bilan bir vaqtda qo‘llanganda, YOKV plazmadagi kontsentratsiyasi oshishi mumkin, bu buyrak sekretsiyasining va/yoki glyukuron kislotasi bilan kon’yugatsiyaning inhibatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu YOKV dozasini tuzatishni talab qiladi.
YOKV yurak glikozidlarining qon plazmasidagi kontsentratsiyasini oshirishi mumkin.
Prostaglandinlar sintezi ingibitorlari ta’sirida mifepriston samaradorligi o‘zgarishi nazariy xavfi tufayli, YOKV ni mifepriston bekor qilingandan keyin 8-12 kundan oldin buyurmaslik kerak.
Hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlarda, yuqori dozalarda ципрофлоксацин bilan davolash fonida YOKV buyurilganda konvulsiyalar rivojlanishining yuqori xavfi ko‘rsatilgan.
Farmatsevtik o‘zaro ta’sir
Ketorayt ni bir shpritsda dopamin, prometazin, pentazotsin, petidin yoki gidroksizin eritmasi bilan aralashtirib bo‘lmaydi! (cho‘kma hosil bo‘ladi)
Ketorayt ni bir shpritsda geparin, lidokain, morfin va teofillin eritmasi bilan aralashtirish mumkin.
Vena ichiga infuziya uchun mo‘ljallangan suyultirilgan Ketorayt preparati eritmasini prometazin yoki pentazotsin bilan aralashtirib bo‘lmaydi.
Vena ichiga infuziya uchun suyultirilgan Ketorayt preparati eritmasi quyidagi in’eksiya eritmalari bilan mos keladi: dopamin, geparin, gidroksizin, lidokain, morfin, petidin va teofillin.
Vena ichiga infuziya uchun suyultirilgan Ketorayt preparati eritmasini plastik konteynerlarda saqlashda yoki etilvinilatsetat, propion tsellyuloza, past zichlikdagi polietilen yoki polivinilxloriddan tayyorlangan infuzion tizimlardan foydalanganda, faol moddaning ushbu materiallar tomonidan so‘rilishi yuz bermaydi.