Maxsus ko'rsatmalar
Kremni ko‘z, og‘iz, burun va quloq sohalarida, shuningdek, germetik bog‘lam bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Keravort kremi organ transplantatsiyasi o‘tkazgan va immuniteti pasaygan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilishi kerak, chunki mavjud holatning yomonlashuvi yoki transplantat rad etilishi reaksiyasi rivojlanishi mumkin.
Aktinik keratozda ko‘zlar, lablar, burun teshiklariga tabiiy yoki sun’iy ultrabinafsha nurlanish ta’siridan saqlanish tavsiya etiladi.
Bazalioma davolashda kremni soch o‘sish chegarasi, ko‘z chetlari, quloq supralari, og‘iz yoki burun chetidan kamida 1 sm uzoqlikda surtish kerak. Krem ichki – genital, uretral, intravaginal, rektal yoki intraanal siğillarni davolash uchun mo‘ljallanmagan.
Keravort kremi prezervativlar yoki vaginal diafragmalar ta’sirini kamaytirishi mumkin.
Keravort kremi jinsiy aloqadan oldin teridan yuvib tashlanishi kerak.
Kremni qin oldi sohasiga ehtiyotkorlik bilan surting – shilliq qavat yuzasida mahalliy teri reaksiyalari rivojlanishi siyishning qiyinlashishiga olib kelishi mumkin.
Keravort kremi bilan terapiya avvalgi preparat yoki jarrohlik davolashdan so‘ng teri bitmagan bo‘lsa, tavsiya etilmaydi. Shikastlangan teriga qo‘llash Keravort kremi so‘rilishini oshirishi mumkin, bu esa nojo‘ya reaksiyalar xavfini oshiradi.
Keravort kremi terining yallig‘lanish reaksiyalarini kuchaytirishi mumkin.
Kamdan-kam hollarda, hatto Keravort kremi bir necha marta surtilgandan so‘ng ham, mahalliy o‘tkir yallig‘lanish reaksiyasi, shu jumladan namlanish yoki eroziya kuzatilishi mumkin. Mahalliy o‘tkir yallig‘lanish reaksiyalari grippga o‘xshash tizimli belgilar va simptomlar, jumladan, holsizlik, isitma, ko‘ngil aynishi, mushak og‘rig‘i va titroq bilan birga kechishi yoki ulardan oldin kelishi mumkin. Bunday holatda davolashni bir necha kunga to‘xtatish tavsiya etiladi.
Dorining transport vositasini boshqarish yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri xususiyatlari
Davolash davomida avtotransport boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda, shuningdek, yuqori e’tibor talab qiladigan ishlarni bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki holsizlik va bosh aylanishi paydo bo‘lishi mumkin.
Dorini bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llamaslik kerak.