Nojo´ya ta´sirlar
Nojo'ya reaksiyalar chastotasi quyidagicha aniqlanadi: juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100, lekin < 1/10); kamdan-kam (≥ 1/1000, lekin < 1/100); kam (≥ 1/10000, lekin < 1/1000); juda kam (< 1/10000); chastotasi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholab bo'lmaydi).
Immun tizimi tomonidan: chastotasi noma'lum – anafilaktik reaksiyalar, mahalliy dori toshmasi.
Gastrointestinal trakt tomonidan: chastotasi noma'lum – qusish, me'da-ichak qon ketishi.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan: chastotasi noma'lum – teri toshmasi, allergik teri toshmasi, bulyoz dermatit (Stivens-Djonson sindromi, ko'p shaklli eritema).
Shubhali nojo'ya reaksiyalar haqida xabar berish
Dori vositasi ro'yxatdan o'tkazilgandan keyin shubhali nojo'ya reaksiyalar haqida xabar berish muhimdir. Agar bemorda dori vositasiga jiddiy nojo'ya reaksiya aniqlansa yoki ushbu bo'limda tavsiflanmagan yangi nojo'ya reaksiya paydo bo'lsa, bu haqda Milliy farmakonazorat tizimiga muvofiq xabar berishingizni so'raymiz.