Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari карипаин ультра 30мл гель для тела
Karipain gel preparati quyidagi kasalliklarda qo'llash uchun ko'rsatilgan: umurtqa protruziyasi (grijadan oldingi holatlar); orqa umurtqa oraliq grijalari; bo'g'imlarning yallig'lanish va deformatsiyalovchi kasalliklari (artrozlar, artritlar, bursitlar va boshqalar); osteoxondroz; osteoartroz; bo'g'imlarning kontrakturalari.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Umurtqa va bo‘g‘im kasalliklarini davolash uchun qarshi ko‘rsatma gel tarkibiga kiruvchi ingredientlarga individual toqat qilmaslik hisoblanadi.
Qo'llash usuli
Dori vositasidan foydalanishda hech qanday murakkablik yo'q – gel og'riqli tana sohasiga, bu umurtqa bo'limi yoki bo'g'im bo'lishidan qat'i nazar, surtiladi. Yengil qatlamda va yumshoq massaj harakatlari bilan teriga to'liq singib ketguncha ishqalab surtiladi.
Davolash kursi 4 hafta
Kuniga 3 marta 2-3 gramm 10 kvadrat santimetrga qo'llaniladi
Takroriy kurs 1 oydan so'ng
Farmakologik xususiyatlari
Karipain Ultra gelining afzalligi faol komponentlarning aniq o‘lchangan konsentratsiyasi va muvozanatidadir. Ta’sir qiluvchi moddalar ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan butun yaroqlilik muddati davomida o‘z foydali xususiyatlarini saqlab qoladi. Bunday yondashuv natijasida tayanch-harakat apparati kasalliklarini konservativ usullar bilan samarali davolash mumkin bo‘ldi.
Karipain Ultra gelining afzalligi faol komponentlarning aniq o‘lchangan konsentratsiyasi va muvozanatidadir. Ta’sir qiluvchi moddalar ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan butun yaroqlilik muddati davomida o‘z foydali xususiyatlarini saqlab qoladi.
Bunday yondashuv natijasida tayanch-harakat apparati kasalliklarini konservativ usullar bilan samarali davolash mumkin bo‘ldi.
Transkutol deb ataladigan modda tufayli karipain gelining faol moddalar tezda kerakli to‘qimalarga yetib boradi. Tibbiyotda shunga o‘xshash maqsadlarda ishlatiladigan Dimexidga nisbatan Transkutol bir necha barobar samaraliroq. Demak, bunday noyob tarkib tufayli karipain ultra zararlangan to‘qimalarga kompleks ta’sir ko‘rsatadi. Uning ta’siri ostida to‘qimalar regeneratsiyasi yuz beradi, papain va xondroitin sulfatning ta’siri esa yemirilish jarayonlarini sekinlashtiradi va xaftaga to‘qimalarining tiklanishini rag‘batlantiradi. Gialuron kislotasi papain bilan birga xaftaga ichki yuzasini a’lo darajada himoya qiladi, bo‘g‘im suyuqligining normallashishiga yordam beradi. Bundan tashqari, bu kombinatsiya og‘riqni kamaytiradi, zararlangan to‘qimalarda qon aylanishi va moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Bosveliya ekstrakti va papain esa o‘z navbatida yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Ular organizmga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, shu bilan birga yallig‘lanish va og‘riqni bartaraf etadi.
Maxsus ko'rsatmalar
O‘tkazilgan klinik tadqiqotlarga ko‘ra, preparatning ijobiy ta’siri tayanch-harakat apparatining o‘rta og‘irlikdagi patologik holatlarining 78% holatida qayd etilgan. Sinovlar 27 yoshdan 68 yoshgacha bo‘lgan 143 kishida o‘tkazilgan. Eng yaxshi natija osteoxondroz, artroz, artrit, protruziya, shuningdek, kichik o‘lchamdagi orqa oraliq disklari churrasi bo‘lgan bemorlarda kuzatilgan. Karipain Ultra va fizioterapevtik muolajalar kombinatsiyasi to‘liq sog‘ayish bo‘lmasa ham, uzoq remissiyaga erishish imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi. Shu bilan birga, gel fizioterapevtik muolajalarga qarshi ko‘rsatmalar mavjud bo‘lsa ham, umurtqa va bo‘g‘im kasalliklarini konservativ davolash usuli sifatida keng qo‘llash uchun mos ekanligini ishonch bilan aytish mumkin.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!