Nojo´ya ta´sirlar
Eng keng tarqalgan nojo'ya hodisalar me'da-ichak tizimi tomonidan kuzatiladi.
Nojo'ya hodisalar odatda doza va davolash davomiyligiga bog'liq.
Keltirilgan nojo'ya reaksiyalar haqidagi ma'lumotlar barcha asetilsalisil kislotasi dori shakllari va dozalari (shu jumladan qisqa va uzoq muddatli og'iz orqali qabul qilish) qo'llanilganda nojo'ya reaksiyalar bo'yicha spontann postmarketing xabarlariga asoslanadi.
Nojo'ya hodisalar uchrashish tezligiga ko'ra quyidagi toifalarga ajratiladi: juda tez-tez (> 1/10), tez-tez (> 1/100 va <1/10), kamdan-kam (> 1/1000 va <1/100), kam (> 1/10000 va <1/1000), juda kam (<1/10000).
Tadqiqot
Juda tez-tez: qon ketish vaqtining uzayishi.
Kam: transaminazalar va ishqoriy fosfataza ko'rsatkichlarining oshishi.
Qon va limfa tizimi tomonidan.
Juda tez-tez: trombotsitlar agregatsiyasining inhibatsiyasi.
Tez-tez: qon ketish vaqtining uzayishi.
Kamdan-kam: yashirin qon ketishlar.
Kam: uzoq muddatli davolashda anemiya, tug'ma glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligida gemoliz.
Juda kam: gipoprothrombinemiya (yuqori dozalarda), trombotsitopeniya, neyropeniya, eozinofiliya, agranulositoz, aplastik anemiya.
Nerv tizimi tomonidan.
Tez-tez: bosh og'rig'i.
Kamdan-kam: bosh aylanishi, uyquchanlik.
Kam: miya ichiga qon quyilishlar.
Eshitish organlari va labirint tomonidan.
Kamdan-kam: quloqlarda shovqin.
Kam: dozaga bog'liq qaytariluvchi eshitish yo'qolishi va karsoqlik (qon plazmasida salitsilatlarning pastroq konsentratsiyalarida).
Nafas olish tizimi tomonidan.
Tez-tez: astma bilan kasallangan bemorlarda bronxospazm.
Kamdan-kam: nafas qisishi, allergik reaksiyalar (rinit, burun bitishi).
Me'da-ichak tizimi tomonidan.
Juda tez-tez: qizish, kislotali reflyuks, epigastral sohada og'riq va qorin og'rig'i.
Tez-tez: yuqori me'da-ichak yo'llarining eroziyali-yallig'lanish shikastlanishlari, ko'ngil aynishi, dispepsiya, qusish va diareya.
Kamdan-kam: me'da-ichak yo'llarining yuqori bo'limi yara kasalligi va qon ketishi, gematemez va qahva rangli qusish.