-
Tarkibi
Har bir tabletkada 500 mg kalsiy glyukonat. Yordamchi moddalari: kartoshka kraxmali, talk, kalsiy stearat, kremniy dioksid kolloid anhidrid.
-
Qo'llanilishi
• Gipoparatiroz (yashirin tetaniya, osteoporoz), vitamin D almashinuvi buzilishlari: raxit (spazmofiliya, osteomalatsiya), surunkali buyrak yetishmovchiligida gipyerfosfatemiya.
• Kalsiyga ehtiyojning oshishi (homiladorlik, emizish davri, organizmning kuchaygan o‘sish davri), ovqatda kalsiy yetishmasligi, uning almashinuvining buzilishi (postmenopauza davrida).
• Kalsiyning kuchaygan chiqarilishi (uzoq muddatli yotish rejimi, surunkali diareya, diuretiklar, antiepileptik vositalar va glyukokortikosteroidlarni uzoq muddat qabul qilish fonida ikkilamchi gipokaltsiemiya).
• Magniy, shavvel va ftor kislotalari va ularning eruvchan tuzlari bilan zaharlanish (kalsiy glyukonat bilan o‘zaro ta’sirda erimaydigan va toksik bo‘lmagan kalsiy oksalat va kalsiy ftorid hosil bo‘ladi).
• Paroksizmal mioplegiyaning giperkaliemik shakli.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Gipersensitivlik, giperkaltsiemiya (kalsiy ionlari kontsentratsiyasi 12 mg% = 6 mEkV/l dan oshmasligi kerak), yaqqol giperkaltsiuriya, nefrourolitiaz (kalsiyli), sarkoidoz, og‘ir buyrak yetishmovchiligi, yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qabul qilish (aritmiyalar rivojlanish xavfi), 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi.
-
Qo'llash usuli
Preparat ovqatdan oldin yoki ovqatdan 1,5-2 soat o'tgach, sut bilan ichiladi.
Qo'llashdan oldin tabletkani maydalash kerak.
Dozalash tartibi va preparatni qabul qilish davomiyligi har bir ko'rsatmada bemorning holatiga bog'liq va quyida keltirilgan terapiya sxemalariga muvofiq shifokor tomonidan belgilanadi.
Kattalar va 14 yoshdan katta bolalarga – 1,0-3,0 g (2-6 tabletka) kuniga 2-3 marta; 3 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalarga – 1,0 g (2 tabletka) kuniga 2-3 marta; 5 yoshdan 7 yoshgacha – 1,0-1,5 g (2-3 tabletka) kuniga 2-3 marta; 7 yoshdan 10 yoshgacha – 1,5-2,0 g (3-4 tabletka) kuniga 2-3 marta; 10 yoshdan 14 yoshgacha – 2,0-3,0 g (4-6 tabletka) kuniga 2-3 marta.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nojo'ya hodisalar rivojlanish tez-tezligini baholash uchun JSSTning quyidagi klassifikatsiyasi qo'llaniladi: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha), kamdan-kam (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha), kam (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha), juda kam (< 1/10000), tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida aniqlab bo'lmaydi). Modda almashinuvi va ovqatlanish tomonidan Kamdan-kam: giper-kaltsiyemiya va giper-kaltsiyuriya; Juda kam: sut-ishqor sindromi (odatda faqat dozani oshirib yuborishda) Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan Kam: ovqat hazm qilish buzilishlari: qabziyat, diareya; Juda kam: dispepsiya Teri va teri osti to'qimalari tomonidan Juda kam: qichishish, toshma, eshakemi Yurak-qon tomir tizimi tomonidan Kam: yurak ritmi buzilishi va bradikardiya. Agar ko'rsatilgan nojo'ya ta'sirlar kuchaysa yoki sizda ko'rsatmada qayd etilmagan boshqa nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lsa, bu haqda shifokorga xabar bering.
-
Farmakologik xususiyatlari
Kalsiy ionlari suyak to‘qimasining shakllanishida, qon ivish jarayonida ishtirok etadi, yurak faoliyatining barqarorligini saqlash, nerv impulslarini uzatish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur. Qon plazmasi va to‘qimalarda kalsiy ionlari miqdorining kamayishi turli patologik jarayonlarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Gipokaltsiemiya skelet va silliq mushaklar, yurak-qon tomir tizimi faoliyatining buzilishi, qon ivish tizimi buzilishi, osteoporoz rivojlanishiga olib keladi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Ehtiyotkorlik bilan: Degidratatsiya, diareya, malabsorbsiya sindromi, o‘rtacha surunkali buyrak va/yoki yurak-qon tomir yetishmovchiligi, giperkogulyatsiya.
Kichik giperkaltsiuriya, buyrak funksiyasining yengil buzilishi yoki anamnezda siydik-tosh kasalligi bo‘lgan bemorlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyurilishi va siydik bilan kalsiy chiqarilishini muntazam nazorat qilish lozim.
Agar Sizda yuqorida sanab o‘tilgan kasalliklardan biri mavjud bo‘lsa, preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan albatta maslahatlashing.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Belgilar: qonda kalsiy darajasining oshishi. Kalsiy preparatlari bilan surunkali dozani oshirib yuborishda umumiy va mushak zaifligi, depressiya, psixik buzilishlar, ishtahaning buzilishi, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, arterial bosimning pasayishi, yurak ritmining buzilishi rivojlanishi mumkin. Davolash: preparatni bekor qilish, kaltsitoninni parenteral yuborish 510 ME/kg/kunda 500 ml 0,9 % natriy xlorid eritmasida 6 soat davomida.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Tiazidli diuretiklar siydik bilan kalsiy chiqarilishini kamaytiradi, bu giperkalsemiya rivojlanish xavfini oshiradi.
Yurak glikozidlari qabul qilayotgan bemorlarga kalsiy preparatlari kontraindikatsiyalangan.
Kalsiy preparatlari tetratsiklin qatori preparatlarning me’da-ichak traktida so‘rilishini kamaytirishi mumkin, shu sababli ushbu preparatlarni qabul qilish oralig‘i kamida 3 soat bo‘lishi kerak.