-
Tarkibi
Har 5 ml suspenziya tarkibida: 625 mg organik manbadan (ustritsa po'stlog'i) olingan kalsiy karbonat, elementar kalsiyga ekvivalent 250 mg, lizin gidroxlorid 50 mg, 38,33 mg sink glyukonat, elementar sinkka ekvivalent 5 mg, Vitamin D3 125 mg mavjud.
-
Qo'llanilishi
Osteomalatsiya va osteoporozning oldini olish uchun, va osteoporoz hamda raxitni kompleks davolashda qo'shimcha vosita sifatida.
Organizmda kaltsiyga ehtiyoj oshgan hollarda: bolalar va o'smirlar intensiv o'sish davrida; ayollar homiladorlik va laktatsiya davrida.
Kaltsiy yetishmovchiligi holatlarida, quyidagilar bilan bog'liq: ovqatlanish buzilishi; tarkibida yetarli miqdorda kaltsiy va vitamin D bo'lmagan dieta.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik. Birlamchi yoki ikkilamchi giperkaltsiyemiya, giperkaltsiuriya yoki buyrak tosh kasalligi, dekalsifikatsiyalovchi o'smalar (miyeloma, suyak metastazlari, sarkoidoz), gipoparatiroidizm va buyrak yetishmovchiligi. Immobilizatsiya bilan bog'liq osteoporoz.
-
Qo'llash usuli
Og'iz orqali, to'g'ridan-to'g'ri ovqatdan oldin yoki ovqat paytida qabul qilinadi.
Kalsiy va D vitamini yetishmovchiligi, osteoporoz va osteomalatsiyani oldini olish uchun: 1 oydan 6 oygacha bo'lgan bolalar: to'liq muddatli emizikli bolalarga 5 ml (1 choy qoshiq) 1-2 marta kuniga, muddatidan oldin tug'ilgan va past tana vazniga ega bolalarga 5-7,5 ml (1-1,5 choy qoshiq) 4 marta kuniga, oldindan sut yoki qaynatilgan suvda suyultirilgan holda; 6 oydan 12 oygacha bo'lgan bolalarga: 5 ml (1 choy qoshiq) 2 marta kuniga; 1 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalarga: 5-10 ml (1-2 choy qoshiq) 1-2 marta kuniga; 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga: 5-10 ml (1-2 choy qoshiq) 2 marta kuniga; 6 yosh va undan katta bolalarga: 10 ml (2 choy qoshiq) 2 marta kuniga, homilador va emizikli ayollarga: 10 ml (2 choy qoshiq) 2 marta kuniga. Qabul qilish davomiyligi individual ravishda belgilanadi.
Qadoq o'lchovli qopqoqni o'z ichiga oladi.
Ishlatishdan oldin flakonni yaxshilab chayqatish kerak.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Preparat yaxshi ko‘tariladi, ba’zan ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, diareya yuzaga kelishi mumkin.
-
Farmakologik xususiyatlari
Vitamin D3 asosan quyosh nurlari ta'sirida hosil bo'ladi. Sog'liqni saqlash uchun quyosh nuri ehtiyoji katta. Vitamin D3 organizmga kaltsiyni o'zlashtirish uchun zarur. Kaltsiy, organizmdagi eng ko'p uchraydigan mineral, ayrim oziq-ovqat mahsulotlari va antatsidlarda mavjud. Kaltsiy mushaklarning qisqarishi, qon tomirlarning kengayishi va qisqarishi, gormonlar va fermentlar sekretsiyasi, hamda asab tizimi orqali impulslarni o'tkazish uchun zarur. Lizin bolalarda suyaklarning o'sishi va rivojlanishi uchun zarur, kaltsiyning o'zlashtirilishiga, mushak massasini saqlashga va organizmda azot muvozanatini to'g'ri saqlashga yordam beradi.
Sink hujayra metabolizmining ko'plab jarayonlarida ishtirok etadi. U taxminan 100 ta fermentning katalitik faolligi uchun zarur bo'lib, ular immun funksiyasi, oqsillar sintezi, yaralarni bitishi, DNK sintezi va hujayra bo'linishida rol o'ynaydi. Sink, shuningdek, homiladorlik, bolalik va o'smirlik davrida normal o'sish va rivojlanishni qo'llab-quvvatlaydi. Sinkning kundalik iste'moli muvozanatli holatni saqlash uchun zarur, chunki organizmda sinkni maxsus saqlash tizimi yo'q.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlik va laktatsiya davrida ayollar kaltsiy va vitamin D3 ni ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak. Chunki kaltsiy va vitamin D3 ona sutiga o'tadi, shuning uchun ona va bolaga boshqa manbalardan kaltsiy va vitamin D3 kirishi hisobga olinishi kerak.
Preparatni nazoratsiz qo'llash chaqaloqda giperkaltsiyemiyaga olib kelishi mumkin.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Vitamin D ta'siri barbituratlar yoki antikonvulsant preparatlarni qabul qilayotgan bemorlarda kamayishi mumkin. Kalsiy digitallisning yurakka ta'sirini kuchaytiradi va digitallis intoksikatsiyasini chaqirishi mumkin. Kalsiy tuzlari tetratsiklinlarning so'rilishini inhibe qiladi. Penitsillamin bilan birga buyurilganda, oxirgi moddaning ta'siri kamayishi mumkin.
Kalsiy tuzlarini buyrak funksiyasi buzilgan, yurak kasalligi yoki sarkoidozi bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Vitamin D haddan tashqari miqdorda uzoq muddat buyurilganda gipervitaminoz D yuzaga kelishi mumkin. Preparatni ortiqcha iste'mol qilish giperkalsemiyaga olib kelishi mumkin. Giperkalsemiya belgilari: ko'ngil aynishi, qusish, anoreksiya, bosh og'rig'i, hushdan ketish, holsizlik. Bunday hollarda kalsiy va vitamin D3 bilan davolashni to'xtatish kerak. Ko'p miqdorda suyuqlik ichish va kalsiy miqdori cheklangan dietaga rioya qilish kerak.