Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Faqat retsept bilan
2
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari kaliy xlorid-mr 4% 10ml no 10
faol modda kaliy xlorid – 400 mg; yordamchi modda glyukoza (dekstroza monogidrat) – 3340 mg, xlorid kislotasi 0,1 mol/l eritma – pH 3,0-4,0 gacha, in'ektsiya uchun suv – 10 ml gacha.
Qo'llanilishi
- Qandli diabet, uzoq davom etuvchi diareya, qusish, ayrim diuretiklar (tiazid, tiazidsimon, ilgak diuretiklari), glyukokortikosteroidlar, yurak glikozidlari, gipotenziya dori vositalari qo‘llanilganda yuzaga kelgan gipokaliemiyani davolash va oldini olish. - Digitalis intoksikatsiyasini davolash va oldini olish. - Turli kelib chiqishli aritmiyalar (elektrolit buzilishlari va mutlaq yoki nisbiy gipokaliemiya bilan bog‘liq). Miokard infarkti bo‘lgan bemorlarda (o‘tkir davrda) aritmiya profilaktikasi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Giperkaliemiya, to‘liq atrioventrikulyar blokada, buyrak usti bezlari yetishmovchiligi, surunkali buyrak yetishmovchiligi, kaliy tejovchi diuretiklar bilan birga olib boriladigan davolash, metabolik buzilishlar (atsidoz, gipovolemiya giponatriemiya bilan), homiladorlik, laktatsiya davri, 18 yoshgacha bo‘lgan yosh (samaradorlik va xavfsizlik aniqlanmagan).
Qo'llash usuli
Tomir ichiga oqim bilan yoki tomchilab yuboriladi. 50 ml 40 mg/ml kaliy xlorid eritmasi inyeksiya uchun suvda 10 marta (500 ml gacha) suyultiriladi izotonik eritma olish uchun va tomir ichiga, tomchilab (daqiqasiga 20-30 tomchi) yuboriladi.
Nojo´ya ta´sirlar
paresteziya, mushak zaifligi, ongni chalkashtirish. Yurak-qon tomir tizimidan: arterial bosimning pasayishi, aritmiya, yurak blokadasi, yurak to'xtashi. Boshqalar: giperkaliemiya, allergik reaktsiyalar.
Farmakologik xususiyatlari
Kaliy asosiy hujayra ichidagi ion hisoblanadi. Preparat organizmdagi suv-elektrolit muvozanatini normallashtiradi, kaliy yetishmovchiligini to‘ldiradi. Ko‘plab sitoplazmatik fermentlarni faollashtiradi, hujayra ichki osmotik bosimini, oqsil sintezini, aminokislotalar transportini, nerv impulslarini o‘tkazilishini tartibga soladi, mushak distrofiyasi, miasteniya holatida skelet mushaklarining qisqarishini yaxshilaydi. Kaliy ionlari yurak qisqarishlarining sonini kamaytiradi, qisqaruvchanlik faolligini pasaytiradi, o‘tkazuvchanlik, avtomatizm va miokard qo‘zg‘aluvchanligini kamaytiradi. Kichik dozalarda K+ koronar tomirlarni kengaytiradi, katta dozalarda esa toraytiradi. Kaliy atsetilxolin miqdorini oshishiga va markaziy asab tizimining simpatik bo‘limi qo‘zg‘alishiga yordam beradi. O‘rtacha diuretik ta’sir ko‘rsatadi. Kaliy darajasining oshishi yurak glikozidlarining yurakka toksik ta’sirini rivojlanish xavfini kamaytiradi. Buyrak usti bezlarini stimulyatsiya qiladi va ular tomonidan epinefrin ajralishini oshiradi.
Dorilarning o'zaro ta'siri
Farmatsevtik jihatdan yurak glikozidlari eritmalari bilan mos keladi (ularning o‘zlashtirilishini yaxshilaydi). Antiaritmik dori vositalarining salbiy dromo- va batmotrop ta’sirini kuchaytiradi. Polyarizatsion aralashma tarkibida (dekstroza va insulin bilan birga) miokard infarkti, ektopik aritmiyalar va yurak glikozidlari bilan dozani oshirib yuborishda yurak ritmini normallashtirishga yordam beradi. Beta-adrenoblokatorlar, siklosporin, geparin, kaliy tejovchi diuretiklar, kaliy preparatlari, AYaF (angiotenzin aylantiruvchi ferment) ingibitorlari, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar giperkaliemiyani rivojlanish xavfini oshiradi. Xinin ta’sirini, dizopiramidning nojo‘ya ta’sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko'rsatmalar
I-II darajali atrioventrikulyar blokadada ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Davolash davrida qonda kaliy ionlari miqdorini, EKGni nazorat qilish, gipokaliemiyani davolashda kislota-ishqor muvozanatini nazorat qilish zarur. Shuni hisobga olish kerakki, o‘limga olib keluvchi gipokaliemiya tez rivojlanishi va simptomsiz kechishi mumkin. Kaliy xloridni bolalarda qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash Zaruriyat tug‘ilganda homiladorlikda qo‘llashda onaga kutilayotgan foyda va homilaga bo‘lgan potensial xavf solishtirilishi kerak. Laktatsiya davrida emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish lozim. Tibbiy qo‘llash uchun dori vositasining transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga mumkin bo‘lgan ta’siri haqida Ma’lumotlarga ko‘ra, preparatning avtomobil va diqqatni jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa faoliyat turlarini boshqarish qobiliyatiga salbiy ta’siri haqida xabar berilmagan. Preparat bolalar uchun yaroqsiz joyda saqlanishi va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasligi kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Giperkaliemiya simptomlari (qon zardobida kaliy ionlari kontsentratsiyasining 5,5 mEkV/l dan yuqori bo‘lishi), uning namoyon bo‘lishi mushak gipotonusi, qo‘l-oyoq paresteziyasi, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikning sekinlashuvi, aritmiyalar, yurak to‘xtashi. Elektrokardiogrammaning erta o‘zgarishlari – T tishchasining baland, uchli va tor asosli bo‘lishi, ko‘krak yetakchilarida V2-V4 eng yaqqol namoyon bo‘ladi va bu qon zardobida kaliy ionlari kontsentratsiyasi 5,5-6,5 mEkV/l bo‘lganda kuzatiladi. O‘rtacha giperkaliemiyada (qon zardobida kaliy ionlari kontsentratsiyasi 6,5-8,0 mEkV/l) elektrokardiografik belgilar – P tishchasi amplitudasining kamayishi, PQ intervalining uzayishi, QRS kompleksining kengayishi, R tishchasi amplitudasining pasayishi, qorinchalar ekstrasistoliyasi. Og‘ir giperkaliemiya simptomlari – mushaklar falaji va yurak to‘xtashi (elektrokardiogrammada o‘zgarishlar – sekin yoki tez idioventrikulyar ritm, qorinchalar fibrillyatsiyasi, asistoliya) qon zardobida kaliy ionlari kontsentratsiyasi 9-14 mEkV/l bo‘lganda rivojlanadi. Davolash: og‘iz orqali yoki v/i – natriy xlorid eritmasi; v/i – 300-500 ml dekstroza eritmasi va 10-20 ED insulin 1000 ml da; zarurat bo‘lsa – gemodializ va peritoneal dializ.
Saqlash shartlari
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!