Dorilarning o'zaro ta'siri
Kaliy tejovchi diuretiklar (shu jumladan triamteren, spironolakton, amilorid) bilan bir vaqtda yuborish buyrak orqali kaliy ionlarining chiqarilishini kamayishi hisobiga og‘ir giperkaliemiyaga olib kelishi mumkin. APF ingibitorlari - giperkaliemiya rivojlanish xavfi, chunki APF ingibitorlari aldosteron sekretsiyasini kamaytiradi, bu esa organizmda kaliy ushlanishiga olib keladi. Beta-adrenoblokatorlar zudlik bilan vena ichiga yuklama dozasida kaliy yuborilgan bemorlarda qonda kaliy maksimal konsentratsiyasini va uni boshlang‘ich darajaga qaytishi uchun zarur bo‘lgan vaqtni oshirgan. Nosteriod yallig‘lanishga qarshi preparatlar - buyraklarda prostaglandinlar sintezining ingibitsiyasi natijasida ikkilamchi giperal’dosteronizm rivojlanishi tufayli giperkaliemiya rivojlanish xavfi. Geparin aldosteron sintezini kamaytiradi, bu ayniqsa buyrak yetishmovchiligi yoki kaliy chiqarilishini yomonlashtiruvchi boshqa holatlarda giperkaliemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Kaliy preparatlarini yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qabul qilayotgan og‘ir va to‘liq yurak blokadasi bo‘lgan bemorlarga yuborish tavsiya etilmaydi. Bunday bemorlarda gipokaliemiyani tuzatish uchun kaliy preparatlari qo‘llanilganda, diqqatli monitoring talab qilinadi. Insulin, natriy gidrokarbonat bilan bir vaqtda qo‘llash qonda kaliy miqdorini kamaytiradi. Quyidagi dori vositalari, tarkibida kaliy bo‘lgan yoki giperkaliemiya rivojlanishiga moyillik keltirib chiqaradigan, kaliy preparatlari bilan birga qo‘llanganda kaliy kümülyatsiyasiga olib kelishi mumkin: aliskiren, angiotenzin II retseptorlari antagonistlari, siklosporin, takrolimus.
Farmatsevtik jihatdan quyidagi vena ichiga yuboriladigan eritmalar bilan mos: Ringer eritmasi glyukoza (dekstroza) bilan in'ektsiya uchun, Ringer laktat eritmasi glyukoza (dekstroza) bilan in'ektsiya uchun, 5 % glyukoza (dekstroza) eritmasi Ringer laktat eritmasida in'ektsiya uchun, glyukoza (dekstroza) eritmasi natriy xlorid bilan, 5 % glyukoza (dekstroza) eritmasi 0,9 % natriy xlorid eritmasida, 2,5 %, 5 %, 10 %, 20 % glyukoza (dekstroza) eritmalari in'ektsiya uchun suvda, Ringer eritmasi in'ektsiya uchun, Ringer laktat eritmasi in'ektsiya uchun, 0,45 %, 0,9 %, 3 % natriy xlorid eritmalari.
Quyidagi eritmalar bilan aralashtirilganda farmatsevtik jihatdan nomutanosib: amikatsin sulfat, amfoteritsin V, amoksitsillin natriy, benzilpenitsillin, diazepam, dobutamin gidroxlorid, ergotamin tartrat, etopozid tsisplatin va mannitol bilan, metilprednizolon natriy suktsinat, fenitoin natriy, prometazin gidroxlorid, natriy nitroprussid, streptomitsin sulfat, mannitol, soya yog‘i va lektin saqlovchi steril yog‘li emulsiya (bu ro‘yxat to‘liq emas).