-
Tarkibi
faol modda kaliy xlorid – 400 mg; yordamchi moddalari glyukoza (dekstroza monogidrat) – 3340 mg, xlorid kislotasi 0,1 mol/l eritma – pH 3,0-4,0 gacha, in'ektsiya uchun suv – 10 ml gacha.
-
Qo'llanilishi
Gipokalemiya (shu jumladan qandli diabet, uzoq davom etuvchi diareya va/yoki qusish, gipotenziya dori vositalari, ayrim diuretiklar, glyukokortikosteroidlar bilan davolash fonida), glikozid intoksikatsiyasi davolash va oldini olish, paroksizmal taxikardiya, miokard infarkti bo‘lgan bemorlarda (o‘tkir davrda) ektopik aritmiyalarni oldini olish va davolash.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiga kiruvchi komponentlarga yuqori sezuvchanlik. O‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi, to‘liq atrioventrikulyar blokada, buyrak usti bezlari yetishmovchiligi, kaliy tejovchi diuretiklar bilan birga davolash, giperkalemiya, metabolik buzilishlar (atsidoz, gipovolemiya giponatriemiya bilan), eroziya-yarali me’da-ichak kasalliklari, homiladorlik va laktatsiya davri, 18 yoshgacha (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).
-
Qo'llash usuli
Tomir ichiga sekin yoki tomchilab yuboriladi. 50 ml 40 mg/ml kaliy xlorid eritmasi in'ektsiya uchun suvda 10 marta (500 ml gacha) izotonik eritma olish uchun suyultiriladi va tomir ichiga, tomchilab (20-30 tomchi daqiqada) yuboriladi. Tomchilab yuborish uchun eritma 2,5 g kaliy xlorid 500 ml izotonik natriy xlorid eritmasi yoki 5 % dekstroza eritmasi hisobidan tayyorlanishi mumkin.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nerv tizimi tomonidan: paresteziya, mushak zaifligi, ongning chalkashishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimning pasayishi, aritmiyalar, yurak blokadasi, yurak to'xtashi.
Boshqalar: giperqaliemiya, allergik reaksiyalar.
-
Farmakologik xususiyatlari
Kaliy preparati, suv-elektrolit muvozanatini tiklaydi. Salbiy xrono- va batmotrop ta’sir ko‘rsatadi, yuqori dozalarda – salbiy ino- va dromotrop, shuningdek, o‘rtacha diuretik ta’sir ko‘rsatadi. Kichik dozalarda kaliy preparati koronar tomirlarni kengaytiradi, katta dozalarda – toraytiradi. Nerv impulslarini o‘tkazish jarayonida ishtirok etadi. Tomir ichiga yuborilganda buyrak usti bezlari tomonidan adrenalin ajralishini oshiradi.
Ko‘plab sitoplazmatik fermentlarni faollashtiradi, hujayra ichki osmotik bosimini saqlashda, oqsil sintezi reaksiyalarida va aminokislotalar transportida ishtirok etadi. Mushak distrofiyasi, miasteniya bo‘lganida skelet mushaklarining qisqarishini yaxshilaydi. Kaliy konsentratsiyasining oshishi yurak glikozidlarining toksik ta’sir rivojlanish xavfini kamaytiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Davolash davrida qonda kaliy ionlari miqdorini, elektrokardiogrammani, gipokalemiya davolashda – kislota-ishqor muvozanatini nazorat qilish zarur. Kaliy xloridni bolalarda qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Natriy miqdori yuqori bo‘lgan dieta organizmdan kaliy chiqishini oshiradi. Giperkalemiya, o‘limga olib kelishi mumkinligi va tez rivojlanishi, simptomsiz kechishi mumkinligini hisobga olish zarur.
Dori vositasining transport vositasini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Ta’sir qilmaydi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlar: giperkalemiya (mushak gipotonusi, qo‘l-oyoq paresteziyasi, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikning sekinlashuvi, aritmiyalar, yurak to‘xtashi). Giperkalemiyaning erta klinik belgilari odatda qonda kaliy miqdori 6 mEkv/l dan yuqori bo‘lganda paydo bo‘ladi: T tishchasining o‘tkirlanishi, U tishchasining yo‘qolishi (avvalgi kardiogrammalarda mavjud bo‘lsa), S-T segmentining pasayishi, Q-T intervalining uzayishi, QRS kompleksining kengayishi. Giperkalemiyaning og‘irroq simptomlari – mushaklar falaji va yurak to‘xtashi – kaliy konsentratsiyasi 9-10 mEkv/l bo‘lganda rivojlanadi.
Davolash: og‘iz orqali yoki v/i – 0,9% natriy xlorid eritmasi; v/i – 300-500 ml 5% dekstroza eritmasi (1 l ga 10-20 ED insulin bilan); zarurat bo‘lsa – gemodializ va peritoneal dializ.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Farmatsevtik jihatdan yurak glikozidlari eritmalari bilan mos (ularning o‘zlashtirilishini yaxshilaydi). Antiaritmik dori vositalarining manfiy dromo- va batmotrop ta’sirini kuchaytiradi. Polyarizatsion aralashma tarkibida (dekstroza va insulin bilan birga) miokard infarkti, ektopik aritmiyalar va yurak glikozidlari bilan dozani oshirib yuborishda yurak ritmini normallashtirishga yordam beradi. Beta-adrenoblokatorlar, siklosporin, geparin, kaliy tejovchi diuretiklar, kaliy preparatlari, AYaF ingibitorlari, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar giperkaliemiya rivojlanish xavfini oshiradi. Xinin ta’sirini, dizopiramidning nojo‘ya ta’sirini kuchaytiradi.