-
Tarkibi
Gel - 1 g:
Faol moddalari: Lidokain gidroxlorid - 3,3 mg; Tsetilpiridiniy xlorid - 1,0 mg;
Yordamchi moddalari: Sorbitol eritmasi 70% nekristallanuvchi - 210,0 mg; Ksilitol - 140,0 mg; Etanol 96% - 93,6 mg; Glitserol - 70,0 mg; Gietelloza - 25,0 mg; Makrogol glitserilgidroksistearat - 10,0 mg; Lauromakrogol 600 - 3,3 mg; Makrogol-300 - 3,3 mg; Natriy saxarinat - 1,0 mg; Levomentol - 0,6 mg; O‘simlik aromatizatori 17.42.5490 - 4,8 mg; Karamel E150 - 1,0 mg; Natriy sitrat - 8,3 mg; Limon kislotasi monogidrat - 1,05 mg; Suv - 1000,0 mg gacha.
Stomatologik gel, 3,3 mg + 1,0 mg 1 g da.
-
Qo'llanilishi
Kalgel® preparati tish chiqishida buyuriladi.
Kalgel® preparati tish chiqishida og‘riqni tezda yengillashtirishga va milklarning tirnashini kamaytirishga yordam beradi.
Kalgel® preparati shuningdek, kuchsiz antiseptik ta'sirga ega.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
lidokain, boshqa amidli anestetiklar, tsetilpiridiniy yoki preparatning boshqa biron-bir komponentiga yuqori sezuvchanlik;
fruktozani kam uchraydigan irsiy toqat qilmaslik;
3 oylikkacha bo‘lgan bolalar yoshi.
-
Qo'llash usuli
Kalgel® preparatini ushbu qo‘llanma bo‘yicha qo‘llaganda nojo‘ya reaksiyalar ehtimoli juda past. Shunga qaramay, kattalar va 12 yoshdan katta bolalarda lidokainning mahalliy in'ektsiyalaridan keyin gipersensitivlikning alohida holatlari qayd etilgan.
Ushbu holatlarda yuzaga kelgan gipersensitivlik mahalliy shish, nafas olishda biroz qiyinchilik yoki umumiy toshma ko‘rinishida namoyon bo‘lgan.
O‘simlik aromatizatoridagi kam miqdordagi romashka allergik reaksiyalarni chaqirishi mumkin, bu hujjatli tasdiqlangan. Romashka tarkibidagi moddalarga gipersensitivlik atopiaga moyil shaxslarda nafas olishda qiyinchilik ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Romashka o‘z ichiga olgan o‘simlik choyini qabul qilganda anafilaktik reaksiyalar qayd etilgan. Gipersensitivligi bo‘lgan shaxslarda romashka o‘z ichiga olgan preparatlarni qo‘llaganda teri reaksiyasi ijobiy bo‘lishi mumkin.
Har qanday nojo‘ya reaksiyalar yuzaga kelganda Kalgel® preparatini qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish zarur.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Qichish qoplamiga surish uchun.
Bolalar
Kalgel® preparati 3 oydan oshgan bolalar uchun mo'ljallangan.
Gelining kichik miqdori (taxminan 7,5 mm) toza barmoq uchiga surtiladi va bolaning qizigan tish qovog'iga ehtiyotkorlik bilan ishqalanadi. Zarurat tug'ilganda, gelni 20 daqiqalik interval bilan takroran surish mumkin, lekin kuniga 6 martadan ortiq emas.
-
Farmakologik xususiyatlari
Ta'sir mexanizmi
Kalgel® preparati og'iz bo'shlig'i shilliq qavatiga surtiladigan og'riq qoldiruvchi vosita hisoblanadi. Bunda lidokain shilliq qavatga surtilganda mahalliy anestezik ta'sir ko'rsatadi. Tsetilpiridiniy xlorid antiseptik xususiyatlarga ega.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Kalgel® preparatining boshqa preparatlar bilan o'zaro ta'siri haqida ma'lumot yo'q.
Lidokain (tomir ichiga yuborilganda) quyidagi preparatlar bilan birga og'iz orqali qabul qilinganda o'zaro ta'siri haqida ma'lumotlar mavjud: prokainamid, fenitoin monoterapiya sifatida yoki fenobarbital, primidon yoki karbamazepin bilan birga, propranolol va kaliyni tejovchi diuretiklar, jumladan bumetanid, furosemid, shuningdek tiazid.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Tavsiya etilgan dozalardan oshirmaslik kerak.
Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Qo'llanilmaydi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlar
Kalgel® preparatini haddan tashqari qo‘llash natijasida farengeal sezuvchanlikning pasayishi va shu bilan birga yutish jarayoniga ta’siri kuzatilishi mumkin. Bunday ta’sir kattalarda qayd etilgan, ular tomoqni chayqash vaqtida 2 % lidokain gidroxlorid eritmasidan 5 ml (bu 100 mg lidokain ekvivalentiga teng) yutib yuborgan. Agar 3 oylik bolada tana yuzasi maydonini tomoq yuzasi maydoniga nisbatan solishtirilsa, bu doza 5,4 g Kalgel® preparatiga teng bo‘ladi.
Hatto Kalgel® preparatini noto‘g‘ri yoki haddan tashqari qo‘llashda ham, klinik ahamiyatli toksik ta’sirlarni chaqirishi mumkin bo‘lgan lidokain gidroxlorid yoki tsetilpiridiniy xloridning katta miqdoriga erishish ehtimoli juda past.
Davolash
Dozani oshirib yuborishda Kalgel® preparatini qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.