-
Tarkibi
Faol moddalari:
bakteriyalar lizati 43,27 ml,
shu jumladan Streptococcus pneumoniae type I 1,11 ml
Streptococcus pneumoniae type II 1,11 ml
Streptococcus pneumoniae type III 1,11 ml
Streptococcus pneumoniae type V 1,11 ml
Streptococcus pneumoniae type VIII 1,11 ml
Streptococcus pneumoniae type XII 1,11 ml
Haemophilus influenzae type B 3,33 ml
Klebsiella pneumoniae ss pneumoniae 6,66 ml
Staphylococcus aureus ss aureus 9,99 ml
Acinetobacter calcoaceticus 3,33 ml
Moraxella catarrhalis 2,22 ml
Neisseria subflava 2,22 ml
Neisseria perflava 2,22 ml
Streptococcus pyogenes group A 1,66 ml
Streptococcus dysgalactiae group C 1,66 ml
Enterococcus faecium 0,83 ml
Enterococcus faecalis 0,83 ml
Streptococcus group G 1,66 mg
Yordamchi moddalari:
glitsin - 4,25 g,
natriy mertiolat - 1,2 mg dan ko'p emas,
nerol asosidagi aromatizator (linalol, alfa-terpineol, geraniol, metilantranilat, limonen, geranilatsetat, linalilatsetat, monoetil efir dietilenglikol, feniletil spirt) - 12,5 mg,
toza suv - 100 ml gacha.
-
Qo'llanilishi
O'tkir va surunkali infektsion-yallig'lanish kasalliklari vaginal (trihomonad, qo'ziqorin, virusli, noaniq, aralash infektsiyalar); bakterial vaginit. Ginekologik aralashuvlar oldidan infektsion-yallig'lanish asoratlarini oldini olish (sun'iy homilani to'xtatish, ichki spiralni o'rnatish va olib tashlash, diatermokoagulyatsiya, gisterosalpingografiya va boshqalar).
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
autoimmun kasalliklar;
dori vositasi komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
-
Qo'llash usuli
Preparatni intransazal tarzda, aerozol yuborish yo‘li bilan 1 doza (1 doza = 1 qisqa bosish purkagichga) qo‘llaniladi.
Profilaktika maqsadida kattalar va 3 oylikdan boshlab bolalarga har bir burun teshigiga preparatdan 1 dozadan kuniga 2 marta 2 hafta davomida yuboriladi (davolash kursini kutilayotgan kasallik ko‘tarilishi boshlanishidan 2-3 hafta oldin boshlash tavsiya etiladi).
Yuqori nafas yo‘llari va bronxlarning o‘tkir va surunkali kasalliklarini davolash uchun 3 oylikdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga har bir burun teshigiga preparatdan 1 dozadan kuniga 2 marta, burun shilliq ajralmasidan oldindan tozalangandan so‘ng, infeksiya simptomlari yo‘qolguncha buyuriladi; 3 yoshdan katta bolalar va kattalarga har bir burun teshigiga preparatdan 1 dozadan kuniga 2-5 marta infeksiya simptomlari yo‘qolguncha buyuriladi.
Gripp va boshqa respirator virusli infeksiyalardan so‘ng mahalliy immunitetni tiklash uchun bolalar va kattalarga har bir burun teshigiga preparatdan 1 dozadan kuniga 2 marta 2 hafta davomida buyuriladi.
Rejalashtirilgan operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rishda va operatsiyadan keyingi davrda kattalar va bolalarga har bir burun teshigiga preparatdan 1 dozadan kuniga 2 marta 2 hafta davomida buyuriladi (davolash kursini rejalashtirilgan operatsiyadan 1 hafta oldin boshlash tavsiya etiladi).
Preparatni qo‘llash qoidalari
Aerozol ballonchasining to‘g‘ri ishlashi uchun nasadkani ballonchaga kiydirib, uni markazlashtirib, muloyimlik bilan, kuch ishlatmasdan bosish kerak. Shundan so‘ng qurilma ishlatishga tayyor bo‘ladi.
Preparatni purkashda flakon qat’iy vertikal holatda bo‘lishi kerak, bemor boshi orqaga tashlanmasligi lozim.
Purkash vaqtida ballonchani egib yuborsangiz, propellent bir necha soniya ichida chiqib ketadi va qurilma yaroqsiz holga keladi.
Preparatni muntazam ishlatishda nasadkani flakondan yechish tavsiya etilmaydi.
Agar preparat uzoq vaqt ishlatilmasa, suyuqlik tomchisi bug‘lanib, hosil bo‘lgan kristallar nasadka chiqish teshigini to‘sib qo‘yishi mumkin. Bu, asosan, nasadkani yechib, uni yuvmasdan va quritmasdan, balloncha yoniga yuqori uchi pastga qaratib qadoqqa qo‘yilganda yuz beradi. Agar nasadka to‘silib qolsa, suyuqlik ortiqcha bosim ta’sirida o‘tishi uchun ketma-ket bir necha marta bosish kerak; agar natija bo‘lmasa, nasadkani bir necha daqiqa iliq suvga solish kerak.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Dermatologik reaksiyalar: kamdan-kam hollarda - eritemopodob va ekzemopodob reaksiyalar; yakka hollarda - trombotsitopenik purpura va uzlovataya eritema.
Allergik reaksiyalar: kamdan-kam hollarda - toshma, angionevrotik shish.
Nafas olish tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda - astma xurujlari va yo'tal, davolash boshida - rinofaringit, sinusit, laringit, bronxit.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda (davolash boshida) - ko'ngil aynishi, qusish, qorin og'rig'i, diareya.
Boshqalar: kamdan-kam hollarda (davolash boshida) - tana haroratining oshishi (>39°C) ko'rinadigan sabablarsiz.
Nojo'ya ta'sirlar preparatning ta'siri bilan bog'liq yoki bog'liq bo'lmasligi mumkin. Yuqorida ko'rsatilgan simptomlar paydo bo'lsa, shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Spetsifik va nespetsifik immunitetni oshiradi.
Puflatilganda mayda dispersli aerozol hosil bo‘ladi, u burun shilliq qavatini qoplaydi, bu esa mahalliy immun javobning tez rivojlanishiga olib keladi. Spetsifik himoya mahalliy hosil bo‘ladigan sekretor immunoglobulin A (IgA) sinfidagi antitanalar bilan bog‘liq bo‘lib, ular infeksiya qo‘zg‘atuvchilarining shilliq qavatga birikishi va ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi.
Nespetsifik immun himoya makrofaglarning fagotsitar faolligining oshishi, lizotsim miqdorining ko‘payishi bilan namoyon bo‘ladi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Davolash boshida aksirish va burundan ajralmalar ko'payishi kabi reaksiyalar bo'lishi mumkin. Odatda, ular qisqa muddatli bo'ladi. Agar bu reaksiyalar og'ir kechsa, preparatni qo'llash tez-tezligini kamaytirish yoki bekor qilish kerak.
Davolash boshida kamdan-kam hollarda tana haroratining ≥39°C gacha oshishi mumkin. Bunday holatda preparatni bekor qilish kerak. Biroq, bunday holatni LOR a'zolari kasalliklarining rivojlanishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin bo'lgan, holsizlik bilan kechadigan tana haroratining oshishidan farqlash lozim.
Bakterial infeksiya klinik simptomlari paydo bo'lsa, tizimli antibiotiklarni buyurish maqsadga muvofiqligini ko'rib chiqish kerak.
IRS 19 preparatini bronxial astmali bemorlarga buyurishda xurujlar soni ko'payishi mumkin. Bunday holatda davolashni to'xtatish va kelajakda ushbu sinf preparatlarini qabul qilmaslik tavsiya etiladi.
Avtotransport vositalarini boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
IRS 19 psixomotor funksiyalarga, avtotransport vositalarini boshqarish yoki mashina va mexanizmlarni boshqarish bilan bog'liq funksiyalarga ta'sir ko'rsatmaydi.