Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Инсутон 60мг №60 таблетки
Инсутон 60мг №60 таблетки
Ishlab chiqaruvchi: World Medicine
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    18 yoshdan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari инсутон 60мг №60 таблетки
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    60 mg
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    60 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Modifikatsiyalangan chiqarilishli tabletkada quyidagilar mavjud Faol modda gliklazid 30 mg yoki 60 mg. Yordamchi moddalari mikrokristallik tsellyuloza, kremniy dioksid kolloid anhidrid, gipromelloza, magniy stearat.
  • Qo'llanilishi
    - 2-tip qandli diabet, dietoterapiya bilan birga, dieta va jismoniy mashqlar yetarli samarali bo'lmaganda.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    - gliklazidga yoki preparatning har qanday yordamchi moddasiga, boshqa sulfonilmochevina hosilalariga, sulfanilamidlarga yuqori sezuvchanlik; - 1-tip qandli diabet; - diabetik ketoatsidoz, diabetik prekomatoz holat, diabetik koma; - og‘ir buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi; - homiladorlik va laktatsiya davri; - 18 yoshgacha bo‘lgan yosh; - mikonazol qabul qilish; - tug‘ma laktaza yetishmovchiligi, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi. Preparatni bir vaqtda fenilbutazon yoki danazol bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Ehtiyotkorlik bilan - keksalik yoshi, noturg‘un va/yoki nomutanosib ovqatlanish, yurak-qon tomir tizimining og‘ir kasalliklari (jumladan, IBO, ateroskleroz), gipotiroidizm, buyrak usti bezlari yoki gipofiz yetishmovchiligi, gipopituitarizm, buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, GKSlarga uzoq muddatli davolash, alkogolizm, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi.
  • Qo'llash usuli
    Preparat faqat kattalar davolash uchun mo'ljallangan! Insuton og'iz orqali kuniga 1 marta, nonushta vaqtida qabul qilinadi. Avval davolanish olmagan bemorlar uchun boshlang'ich doza 30 mg ni tashkil etadi (shu jumladan 65 yoshdan katta shaxslar uchun). Keyin doza individual tarzda kerakli terapevtik effektga erishilgunga qadar tanlanadi. Dozani tanlash davolash boshlanganidan keyin qondagi glyukoza darajasi ko'rsatkichi asosida amalga oshirilishi kerak. Har bir keyingi doza o'zgarishi kamida ikki haftalik davr o'tgach amalga oshirilishi mumkin. Preparatning kunlik dozasi 30 dan 90-120 mg gacha bo'lishi mumkin. Sutkalik doza 120 mg dan oshmasligi kerak. Insuton oddiy chiqarilishli gliklazid tabletkalarini almashtirishi mumkin. Preparatni bir yoki bir necha marta qabul qilish o'tkazib yuborilganda, keyingi qabulda (ertasi kuni) yuqoriroq doza qabul qilish mumkin emas. Boshqa gipoglikemik preparatni Insuton tabletkalariga almashtirishda hech qanday o'tish davri talab qilinmaydi. Avval boshqa preparatning sutkalik dozasi qabul qilishni yakunlash va faqat ertasi kuni Insuton qabul qilishni boshlash kerak. Agar bemor bunga qadar yarim chiqarilish davri uzoq bo'lgan sulfonilmochevina preparatlari bilan davolangan bo'lsa, gipoglikemiyani oldini olish uchun (avvalgi terapiya qoldiq effektlari natijasida) 1-2 hafta davomida diqqat bilan kuzatish (qondagi glyukoza darajasini nazorat qilish) zarur. Insuton tabletkalari biguanidlar, alfa-glyukozidaza ingibitorlari yoki insulin bilan birga qo'llanilishi mumkin. Yengil va o'rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga preparat buyrak funksiyasi normal bo'lgan bemorlarga beriladigan dozada buyuriladi. Og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga Insuton tabletkalari qo'llash mumkin emas. Gipoglikemiya rivojlanish xavfi bo'lgan bemorlar
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Gipoglikemiya (dozalash tartibi buzilganda va yetarli bo'lmagan dieta) bosh og'rig'i, charchoqlikning oshishi, ochlik hissi, ko'paygan terlash, keskin holsizlik, yurak urishi, aritmiya, arterial bosimning oshishi, uyquchanlik, uyqusizlik, ajitatsiya, tajovuzkorlik, xavotir, asabiylik, diqqatni jamlashning buzilishi, diqqatni jamlay olmaslik va sekinlashgan reaksiya, depressiya, ko'rishning buzilishi, afaziya, tremor, parezlar, sezgi buzilishlari, bosh aylanishi, ojizlik hissi, o'z-o'zini nazorat qilishni yo'qotish, deliriy, tutqanoq, yuzaki nafas olish, bradikardiya, hushdan ketish, koma. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qorin og'rig'i, qabziyat (bu simptomlarning og'irligi ovqat bilan birga qabul qilinganda kamayadi); kamdan-kam hollarda - jigar funksiyasining buzilishi (gepatit, xolestatik sariqlik - preparatni bekor qilishni talab qiladi, "jigar" transaminazalari, ishqoriy fosfataza faolligining oshishi). Qon hosil qiluvchi organlar tomonidan suyak ko'migi qon hosil qilishining bostirilishi (anemiya, trombotsitopeniya, leykopeiya, granulositopeniya). Allergik reaksiyalar teri qichishishi, eshakemi, teri toshmasi, jumladan makulopapulyoz va bullyoz), eritema. Boshqalar ko'rishning buzilishi. Sulfanilmochovina hosilalarining umumiy nojo'ya ta'sirlari eritropeniya, agranulositoz, gemolitik anemiya, pansitopeniya, allergik vaskulit; hayot uchun xavfli jigar yetishmovchiligi.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Insuton - og'iz orqali qabul qilinadigan gipoglikemik vosita, sulfonilmochevina II avlodi hosilasi. Oshqozon osti bezi tomonidan insulin sekretsiyasini rag'batlantiradi, qonda glyukoza darajasini pasaytiradi, glyukozaning insulino-sekretor ta'sirini kuchaytiradi va periferik to'qimalarning insulinga sezuvchanligini oshiradi. Uzoq muddatli qabul qilinganda o'rganib qolish chaqirmaydi - postprandial insulin darajasining oshishi va S-peptidlar sekretsiyasi saqlanib qoladi. Insuton ovqat qabul qilingandan boshlab insulin sekretsiyasi boshlanishigacha bo'lgan vaqt oralig'ini qisqartiradi. Glyukoza kirib kelishiga javoban insulin sekretsiyasining erta cho'qqisini tiklaydi (boshqa sulfonilmochevina hosilalaridan farqli o'laroq, ular asosan sekretsiyaning ikkinchi bosqichida ta'sir ko'rsatadi). Insulinning ikkinchi faza sekretsiyasini kuchaytiradi. Ovqatdan keyingi giperglikemiya cho'qqisini kamaytiradi. Insuton periferik to'qimalarning insulinga sezuvchanligini oshiradi, mushak glikogensintetaza faolligini rag'batlantiradi. Jigar hujayralarida glyukoza hosil bo'lishini kamaytiradi, och qoringa glyukoza darajasini normallashtiradi. Uglevod almashinuviga ta'siridan tashqari, gliklazid mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi - kichik tomirlar trombozi xavfini kamaytiradi, bu esa qandli diabetda asoratlar rivojlanishiga jalb qilinishi mumkin bo'lgan mexanizmlarga ta'sir qiladi: trombotsitlarning agregatsiyasi va adgeziyasining qisman inhibitsiyasi va trombotsitlarni faollashtiruvchi omillar (beta-tromboglobulin, tromboksan B2) konsentratsiyasini kamaytirish, shuningdek, tomir endoteliyasining fibrinolitik faolligini tiklash va to'qima plazminogen aktivatorining faolligini oshirish. Gliklazid antioksidant xususiyatlarga ega, plazmadagi lipid peroksidlar darajasini pasaytiradi, eritrotsitlarning superoksiddismutaza faolligini oshiradi. Insutonning kunlik bir martalik dozasi qabul qilinishi, uzaytirilgan ta'sir shakli hisobiga, gliklazidning plazmadagi samarali terapevtik konsentratsiyasini kun davomida ta'minlaydi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Insuton preparati bilan davolash faqat past kaloriyali va kam uglevodli dieta bilan birga olib boriladi. Insuton tabletkalari bilan davolash vaqtida bemorda muntazam ravishda qonda glyukoza va glikozillangan gemoglobin darajasi, siydikda glyukoza miqdori aniqlanishi kerak. Insuton faqat muntazam ovqatlanadigan, albatta nonushta qiladigan va yetarli miqdorda uglevod oladigan bemorlarga buyurilishi mumkin. Preparatni buyurishda, sulfonilmochevina hosilalarini qabul qilish natijasida gipoglikemiya rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak, ba'zi hollarda esa og'ir va uzoq davom etuvchi shaklda bo'lishi mumkin, bu esa shifoxonaga yotqizishni va bir necha kun davomida glyukoza yuborishni talab qiladi. Gipoglikemiya ko'proq past kaloriyali dieta, uzoq yoki kuchli jismoniy mashqlar, spirtli ichimliklar qabul qilinganda yoki bir necha gipoglikemik preparatlar bir vaqtda qabul qilinganda rivojlanadi. Gipoglikemiya rivojlanishining oldini olish uchun dozalarning ehtiyotkorlik bilan va individual tanlanishi, shuningdek, bemorga taklif etilayotgan davolash haqida to'liq ma'lumot berilishi zarur. Jismoniy va emotsional zo'riqish, ovqatlanish tartibi o'zgarganda Insuton tabletkalari dozasini tuzatish zarur. Gipoglikemik preparatlarga ayniqsa keksa yoshdagilar; muvozanatli ovqatlanmaydigan, umumiy holati zaiflashgan bemorlar; gipofizar-adrenal yetishmovchilikdan aziyat chekayotgan bemorlar sezgir bo'ladi. Beta-adrenoblokatorlar, klonidin, rezerpin, guanetidin gipoglikemiyaning klinik ko'rinishlarini niqoblashlari mumkin. Bemorlarni etanol, nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (NYaQP), ochlik holatida gipoglikemiya rivojlanish xavfi yuqoriligi haqida ogohlantirish kerak. Etanol (spirtli ichimliklar) qabul qilinganda disulfiramga o'xshash sindrom (qorin og'rig'i, ko'ngil aynishi, qusish, bosh og'rig'i) rivojlanishi ham mumkin. Katta jarrohlik amaliyotlari va jarohatlar, keng kuyishlar, isitma bilan kechuvchi infeksion kasalliklar og'iz orqali qabul qilinadigan gipoglikemik dori vositalarini bekor qilish va insulinterapiya tayinlashni talab qilishi mumkin. Ikkilamchi dori vositasiga rezistentlik rivojlanishi mumkin (bu birlamchi rezistentlikdan farqlanishi kerak, bunda dori vositasi birinchi buyurilganda ham kutilgan klinik ta'sir bermaydi). Insuton preparati bilan davolash fonida bemor spirtli ichimliklar va/yoki etanol saqlovchi dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilishdan voz kechishi kerak. AVTOTRANSPORT BOSHQARISH VA MEXANIZMLARNI BOSHQARISH QOBILIYATIGA TA'SIRI Davolash davrida avtotransport boshqarishda va yuqori diqqat va tez psixomotor reaksiyalar talab qiladigan boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur. HOMILADORLIK VA LAKTATSIYA DAVRIDA QO'LLANISHI Gliklazidni homiladorlik davrida qo'llash tajribasi yo'q. Homiladorlik davrida boshqa sulfonilmochevina hosilalarini qo'llash bo'yicha ma'lumotlar cheklangan. Laboratoriya hayvonlarida o'tkazilgan tadqiqotlarda gliklazidning teratogen ta'siri aniqlanmagan. Tug'ma nuqsonlar rivojlanish xavfini kamaytirish uchun qandli diabetni optimal nazorat qilish (tegishli terapiya o'tkazish) zarur. Homiladorlik davrida og'iz orqali qabul qilinadigan gipoglikemik preparatlar qo'llanilmaydi. Homiladorlarda qandli diabetni davolash uchun tanlov preparati insulin hisoblanadi. Og'iz orqali qabul qilinadigan gipoglikemik preparatlarni insulinterapiyaga almashtirish tavsiya etiladi, bu ham rejalashtirilgan homiladorlikda, ham preparat qabul qilinayotgan paytda homiladorlik yuzaga kelganda amalga oshiriladi. Gliklazidning ko'krak sutiga o'tishi va neonatal gipoglikemiya rivojlanish xavfi haqida ma'lumotlar yo'qligini hisobga olib, preparat bilan davolash vaqtida emizish mumkin emas.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Gliklazid antikoagulyantlar (varfarin) ta’sirini kuchaytiradi, antikoagulyant dozasini tuzatish talab qilinishi mumkin. Mikonazol (tizimli yuborilganda va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatiga gel qo‘llanganda) preparatning gipoglikemik ta’sirini kuchaytiradi (gipoglikemiya rivojlanishi, hatto koma holatiga qadar bo‘lishi mumkin). Fenilbutazon (tizimli yuborilish) preparatning gipoglikemik effektini kuchaytiradi (plazma oqsillari bilan bog‘lanishdan siqib chiqaradi va/yoki organizmdan chiqarilishini sekinlashtiradi), qonda glyukoza nazorati va gliklazid dozasini tuzatish talab qilinadi, fenilbutazon qabul qilish davrida ham, uni bekor qilgandan keyin ham. Etanol va etanol saqlovchi dori vositalari gipoglikemiyani kuchaytiradi, kompensator reaksiyalarni ingibitsiya qiladi, gipoglikemik koma rivojlanishiga yordam berishi mumkin. Boshqa gipoglikemik dori vositalari (insulin, akarboza, biguanidlar), beta-adrenoblokatorlar, flukonazol, angiotenzin aylantiruvchi ferment ingibitorlari (kaptopril, enalapril), H2-gistamin retseptorlari blokatorlari (tsimetidin), monoaminooksidaza ingibitorlari, sulfanilamidlar va nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYaQP) bilan birga qabul qilinganda gipoglikemik effekt va gipoglikemiya xavfi kuchayadi. Danazol - diabetogen effekt. Qonda glyukoza darajasini nazorat qilish va gliklazid dozasini tuzatish talab qilinadi, danazol qabul qilish davrida ham, uni bekor qilgandan keyin ham. Xlorpromazin yuqori dozalarda (100 mg/kun dan ortiq) qonda glyukoza miqdorini oshiradi, insulin sekretsiyasini kamaytiradi. Qonda glyukoza nazorati va gliklazid dozasini tuzatish talab qilinadi, xlorpromazin qabul qilish davrida ham, uni bekor qilgandan keyin ham. GKS (tizimli, bo‘g‘im ichiga, tashqi, rektal qo‘llash) qonda glyukoza miqdorini oshiradi, ketaatsidoz rivojlanishi mumkin (uglevodlarga tolerantlik pasayadi). Qonda glyukoza nazorati va gliklazid dozasini tuzatish talab qilinadi, GKS qabul qilish davrida ham, ularni bekor qilgandan keyin ham. Ritodrin, salbutamol, terbutalin (tomir ichiga yuborish) - qonda glyukoza miqdorini oshiradi. Qonda glyukoza nazorati va zaruriyat tug‘ilganda - bemorni insulin terapiyasiga o‘tkazish tavsiya etiladi.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Simpptomlar gipoglikemiya, ong buzilishi, gipoglikemik koma. Davolash agar bemor hushida bo‘lsa, og‘iz orqali shakar qabul qilish. Og‘ir gipoglikemik holatlar rivojlanishi mumkin, ular koma, tutqanoq yoki boshqa nevrologik buzilishlar bilan kechadi. Bunday simptomlar paydo bo‘lsa, tez tibbiy yordam ko‘rsatish va zudlik bilan shifoxonaga yotqizish zarur. Agar gipoglikemik koma gumon qilinsa yoki tashxis qilinsa, bemorga tezda 50 ml 40% dekstroza (glyukoza) eritmasi tomir ichiga yuboriladi. So‘ngra tomir ichiga tomchilab 5% dekstroza (glyukoza) eritmasi yuboriladi, bu qon glyukoza darajasini zarur darajada ushlab turish uchun kerak. Hush qaytgandan so‘ng, bemorga oson hazm bo‘ladigan uglevodlarga boy ovqat berish kerak (gipoglikemiya qayta rivojlanishining oldini olish uchun). Qon glyukoza darajasini diqqat bilan nazorat qilish va bemorni kuzatish kamida keyingi 48 soat davomida amalga oshirilishi kerak. Ushbu davr o‘tgach, bemorning holatiga qarab, davolovchi shifokor keyingi kuzatuv zarurligi masalasini hal qiladi. Dializ samarasiz, chunki gliklazid plazma oqsillari bilan kuchli bog‘lanadi.
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Nargiza
    ico ico ico ico ico
    Отличные таблетки! Принимаю уже неделю и результат порадовал. Спасибо за оперативную отправку, буду заказывать еще.
    06 August 2024
    0
    0
  • Aziz
    ico ico ico ico ico
    Эффективное средство! Помогло справиться с проблемой. Благодарен магазину Оксимед за быструю доставку и качественный товар.
    06 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все

Ushbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.

Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico