-
Tarkibi
Har bir 1 ml eritma quyidagilarni o'z ichiga oladi:
faol modda: tsitikolin natriy – 250 mg;
yordamchi modda: natriyning etilendiamintetrauksus kislota tuzi, in'ektsiya uchun suv.
-
Qo'llanilishi
Ishemik insultning o‘tkir davri (kompleks terapiya tarkibida).
Ishemik va gemorragik insultlarning tiklanish davri.
Bosh miya jarohati (BMJ), o‘tkir (kompleks terapiya tarkibida) va tiklanish davri.
Bosh miya degenerativ va tomir kasalliklarida kognitiv va xulq-atvor buzilishlari.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik bo‘lgan va aniq ifodalangan vagotoniyali (vegetativ asab tizimining parasimpatik qismi tonusining ustunligi) bemorlarga buyurilmasligi kerak.
Yetarli klinik ma’lumotlar yo‘qligi sababli, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
-
Qo'llash usuli
Preparat tomir ichiga yoki mushak ichiga buyuriladi.
Tomir ichiga preparat sekin tomir ichiga yuborish shaklida (3-5 daqiqa davomida, buyurilgan doza bo'yicha) yoki tomchilab tomir ichiga yuborish (40-60 tomchi daqiqasiga) shaklida buyuriladi. Tomir ichiga yuborish yo'li mushak ichiga yuborishga nisbatan afzalroqdir. Mushak ichiga yuborishda preparatni bir joyga qayta yuborishdan saqlanish kerak.
Tavsiya etilgan dozalash rejimi
Ishemik insult va bosh miya jarohati (BMJ)ning o'tkir davri:
1000 mg har 12 soatda tashxis qo'yilgan kundan boshlab, davolash davomiyligi kamida 6 hafta. Davolash boshlanganidan 3-5 kun o'tgach (agar yutish funksiyasi buzilmagan bo'lsa) Insunet Neo preparatining peroral shakllariga o'tish mumkin.
Ishemik va gemorragik insultlarning tiklanish davri, BMJning tiklanish davri, bosh miya degenerativ va tomir kasalliklarida kognitiv va xulq-atvor buzilishlari:
500-2000 mg kuniga. Dozalash va davolash davomiyligi kasallik simptomlarining og'irligiga bog'liq. Insunet Neo preparatining peroral shakllarini qo'llash mumkin.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nojo'ya ta'sirlar (NPT)ning uchrash tezligi
Juda kam (<1/10000) (individual holatlarni o'z ichiga oladi):
Allergik reaksiyalar (toshma, teri qichishishi, anafilaktik shok), bosh og'rig'i, bosh aylanishi, issiqlik hissi, tremor, ko'ngil aynishi, qusish, diareya, gallyutsinatsiyalar, shishlar, nafas qisishi, uyqusizlik, qo'zg'alish, ishtahaning pasayishi, falajlangan a'zolarda uvishish, jigar fermentlari faolligining o'zgarishi. Ba'zi hollarda Insunet Neo parasimpatik tizimni stimulyatsiya qilishi, shuningdek, arterial bosimning qisqa muddatli o'zgarishini keltirib chiqarishi mumkin. Agar ko'rsatilgan nojo'ya ta'sirlar kuchaysa yoki ko'rsatmada qayd etilmagan boshqa nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lsa, bu haqda shifokorga xabar berish kerak.
-
Farmakologik xususiyatlari
Tsitikolin, hujayra membranasining asosiy ultra tuzilmaviy komponentlari (asosan fosfolipidlar)ning oldingi moddasidir, keng ta’sir doirasiga ega – zararlangan hujayra membranalarini tiklashga yordam beradi, fosfolipazalar ta’sirini ingibitsiya qiladi, erkin radikallarning ortiqcha hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, shuningdek, apoptoz mexanizmlariga ta’sir qilib hujayra o‘limining oldini oladi. Insultning o‘tkir davrida tsitikolin bosh miya to‘qimalarining zararlanish hajmini kamaytiradi, xolinergik uzatishni yaxshilaydi. Bosh miya jarohatida posttravmatik komaning davomiyligini va nevrologik simptomlarning og‘irligini kamaytiradi, shuningdek, tiklanish davrining davomiyligini qisqartirishga yordam beradi.
Bosh miya surunkali gipoksiyasida tsitikolin xotira yomonlashuvi, tashabbussizlik, kundalik harakatlar va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar kabi kognitiv buzilishlarni davolashda samaralidir. Diqqat va ong darajasini oshiradi, shuningdek, amneziya namoyon bo‘lishini kamaytiradi.
Tsitikolin degenerativ va tomir etiologiyali sezgir va harakat nevrologik buzilishlarni davolashda samaralidir.