Dozani oshirib yuborilishi
Mahalliy qo'llanilganda, ortiqcha dozani olish ehtimoli past, chunki tizimli resorbsiya zaif.
Ortqacha dozani olish hodisalari (asosan oshqozon-ichak tizimidan, gepatotoksiklik) juda kam hollarda, faqat katta teri yuzalariga uzoq muddat qo'llanganda kuzatilishi mumkin.
Leukotsitar va trombotsitar formulani monitoring qilish zarur.
Tasodifan ichga olishda simptomlar: og'iz bo'shlig'ining shilliq qavatida kuyish, nafas olish, qayt qilish, qusish.
Davolash: og'iz bo'shlig'i va oshqozonni yuvish, zarurat bo'lsa simptomatik davolash.
Maxsus antidoti yo'q.
Ko'zga, shilliq qavatlarga yoki ochiq yaralarga tushganda simptomlar: mahalliy qichishish, ko'z yosh oqishi, qizarish, kuyish, og'riq kuzatiladi.
Davolash: zararlangan joyni distillangan suv yoki fiziologik eritma bilan ko'p miqdorda yuvish, shikoyatlar kamayguncha va yo'qolguncha.