Maxsus ko'rsatmalar
Yoshli bemorlarda, shuningdek, jigar, buyrak, me'da-ichak trakti kasalliklari anamnezida, qo'llash vaqtida dispeptik simptomlar, arterial gipertenziya, yurak yetishmovchiligi, jiddiy jarrohlik aralashuvlardan so'ng darhol, parkinsonizm, epilepsiya bo'lsa ehtiyotkorlik bilan qo'llaniladi.
Anamnezda NPVS ga allergik reaksiyalar bo'lsa, faqat zudlik bilan yordam ko'rsatish zarur bo'lgan hollarda qo'llaniladi.
Davolash davrida jigar va buyrak funksiyasini, periferik qon manzarasini tizimli nazorat qilish zarur.
Asetilsalitsil kislotasi va boshqa NPVS bilan bir vaqtda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Indometatsinni diflunizal bilan bir vaqtda qo'llash kerak emas.
Indometatsin va litiy preparatlari birga qo'llanganda, litiy toksik ta'siri simptomlari paydo bo'lishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Mahalliy qo'llanganda, terining yara yuzasiga surtilmasligi, ko'zga yoki shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak.