Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Immunomodulin Forte 1ml №5 in'ektsiya eritmasi
Immunomodulin Forte 1ml №5 in'ektsiya eritmasi
Ishlab chiqaruvchi: ЧНПП "Иммуномед"
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

Mavjud
128 466 so'm 158 600 so'm
ico
1
ico
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari immunomodulin forte 1ml №5 in'ektsiya eritmasi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Qo'llanilishi
    Immun tizimi buzilishlarini stimulyatsiya qilish, korreksiya qilish va oldini olish immunodefitsit kasalliklari va holatlarida (kompleks davolash tarkibida), jumladan: - virusli gepatitlar, kollagenozlar (revmatizm, revmatoid artrit, tizimli sklerodermiya) - yiringli-septik kasalliklar (destruktiv pnevmoniya, osteomiyelit, ro‘jistli yallig‘lanish) - surunkali bronxit, pnevmoniya - pielonefrit - qandli diabet - gastrodyuodenit, o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi - teri va venerik kasalliklar - o‘smalarni kimyo- va nurlanish terapiyasida - ekologik jihatdan xavfli sharoitda yashovchi va ishlovchilar, emlanganlar va boshqalar.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    - preparat komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik - homiladorlik va laktatsiya davri
  • Qo'llash usuli
    Immunomodulin asosiy terapiya fonida bolalar va kattalarga 7-10 in'ektsiyadan iborat kurslarda, har kuni yoki 1-3 kunda bir marta (10-28 kun), kunlik doza 1,0-1,5 mkg/kg tana vazniga teri ostiga yoki mushak ichiga bir in'ektsiya tarzida buyuriladi. Surunkali kasalliklarda qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlovchi kurslar har hafta bir in'ektsiyadan (10 marta) o‘tkaziladi. Bolalarga preparat tana vazniga qarab yuboriladi: 10 kg gacha - 0,1 ml; 10-30 kg - 0,3 ml; 30-50 kg - 0,5 ml; 50 kg va undan yuqori - 1,0 ml.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    - allergik reaksiyalar
  • Farmakologik xususiyatlari
    Immunodefitsit holatlari va autoimmun jarayonlarda immunomodulin qonda T-limfotsitlar, T-supressorlar, T-xelperlar, fagotsitlar miqdorini tiklaydi va o'z organlari va to'qimalariga qarshi yo'naltirilgan hujayraviy immun reaksiyalar intensivligini kamaytiradi, infeksion agentlarga (viruslar, zamburug'lar, bakteriyalar, parazitlar) qarshi immun javobni, jigar detoksikatsiya jarayonlarini, shuningdek, organizm to'qimalarining regeneratsiyasini stimulyatsiya qiladi. Interferon ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Bolalar va kattalarda emlash samaradorligini oshiradi. B virusli gepatit bilan kasallangan bemorlarning qonidan HBS-antigenni yo'qotadi. Biostimulyatsion va gemostimulyatsion xususiyatlarga ega. Qarish jarayonlarini sekinlashtiradi.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Immunomodulin va boshqa preparatlar o'rtasida dori vositalari o'zaro ta'siri kuzatilmagan. Preparat antibiotiklar va boshqa asosiy terapiya preparatlari, shuningdek, turli ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlari bilan mos keladi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Immunomodulin qo‘llanilishi bo‘yicha maxsus ko‘rsatmalar mavjud emas Dori vositasining transport vositasini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilish xususiyatlari Immunomodulin diqqatni jamlashga ta’sir qilmaydi, biroq ayrim hollarda ushbu preparatlarni avtomobil yoki boshqa mexanizmlarni boshqaradigan bemorlarda qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Siptomlar - preparatning dozasidan oshib ketish holatlari haqida xabar berilmagan. Davolash – simptomatik
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Farrukh
    ico ico ico ico ico
    Иммуномодулин Форте - лучшее средство для укрепления иммунитета. Спасибо Oxymed за качественный продукт!
    06 August 2024
    0
    0
  • Dilrabo
    ico ico ico ico ico
    Отличный препарат, быстрая доставка, рекомендую!
    06 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico