Farmakologik xususiyatlari
Greypfrut urug‘lari ekstrakti tarkibida B, C, PP, D, A guruh vitaminlari, mikroelementlar: kaliy, sink, magniy, kaltsiy, fitontsidlar, tabiiy flavonon glikozid naringin ko‘p miqdorda mavjud. Ularning xususiyatlari lipid almashinuviga ta’siri, qonda “zararli xolesterin” miqdorini kamaytirish, tomirlarning elastikligini yaxshilash bilan bog‘liq. Naringin organizmga patogen bakteriyalar va viruslarning kirib kelishidan o‘ziga xos tabiiy to‘siq hosil qiladi.
Imbir efir moylari, seskviterpenlar (tsineol, bisabolen, borneol, tsitral), muhim aminokislotalarga boy. Ular yog‘ (xolesterin) almashinuvi, qon tomirlarining holati, organizmning immun holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Xitoy korditsepsi provitamin A-beta-karotin, E vitamini, B guruhi vitaminlari kompleksi, ubixinon yoki koenzim 0-10, mikroelementlar: sink, selen, temir, kaltsiy, marganets, bor va boshqalar polisaxaridlarni o‘z ichiga oladi. Ular birgalikda immunomodulyatorlar vazifasini bajaradi, fosfolipidlar va yog‘ kislotalari hujayra membranalari tarkibiy qismi bo‘lib, to‘qimalarni regeneratsiya qilish, immun tizimining shakllanishi, erkaklar potensiyasini yaxshilash, jigar, nerv hujayralari va normal to‘qima almashinuvi uchun zarur.
Xitoy limonnikida shakarlar, kraxmal, tolalar, taninlar, efir va yog‘li moylar, yog‘ kislotalari, minerallar va mikroelementlar mavjud. Ular yurak-qon tomir va asab tizimi faoliyatiga foydali ta’sir ko‘rsatadi.
Reyshi qo‘ziqorini barcha muhim aminokislotalar, to‘yinmagan yog‘ kislotalari, B, C va D guruh vitaminlari, minerallar (temir, fosfor, temir)ni o‘z ichiga oladi. Qo‘ziqorinning tarkibida triterpenlar, polisaxaridlar va ergosterinlar ham muhim fiziologik ahamiyatga ega bo‘lib, ular organizmning tabiiy immun va moslashuvchanlik funksiyalarini rag‘batlantiruvchi omillardir.
Maitake qo‘ziqorini ko‘p miqdorda oqsillar, tolalar, uglevodlar, B guruhi vitaminlari, mikroelementlar va polisaxaridlarni o‘z ichiga oladi, ular birgalikda mahalliy va umumiy immun tizimi elementlarining sintezi va faollashuvini, lipidlar, jigar hujayralari, asab tizimi almashinuvini kuchaytiradi.
Shiitake qo‘ziqorini polisaxaridlar, leytsin, lizin, ergosterin va D vitamini bilan boy, linganlar va linginlarni o‘z ichiga oladi, ular qo‘ziqorinning boshqa faol moddalari bilan birgalikda uglevod, lipid almashinuvini, qon aylanishi va tomirlar tonusini yaxshilaydi, organizmning himoya kuchlarini rag‘batlantirishni ta’minlaydi.
Askorbin kislotasi faol antioksidant, tiklovchi va metabolik jarayonlar kofermenti sifatida biologik funksiyalarni bajaradi, organizm uchun muhim birikmalar sintezi va hayotiy muhim organlar va tizimlar funksiyalarini ta’minlash uchun zarur.