Extiyotkorlik bilan
Taqiqlangan
Taqiqlangan
15 yoshdan
Ruxsat
Faol moddalari: glyukozamin sulfat (glyukozamin sulfat kaliy xlorid shaklida) 500 mg, xondroitin sulfat (natriy xondroitin sulfat shaklida) 200 mg, askorbin kislotasi (vitamin S) 50 mg, marganes (marganes glyukonat digidrat shaklida) 1,5 mg, metilsulfonilmetan (MSM) 200 mg, bosveliya smolali qobig‘ining quruq ekstrakti (Boswellia serrata) 50 mg, mushuk panjasi po‘stlog‘ining quruq ekstrakti (Uncaria tomentosa) 30 mg.
Yordamchi moddalari: kroskarmelloza natriy, magniy stearat, mikrokristallik tsellyuloza, povidon K25.
Qobiq tarkibi: opadri II sariq (gipromelloza, polidekstroza, titana dioksid, talk, maltodekstrin, o‘rta zanjirli triglitseridlar, temir oksid sariq).
• bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasining degenerativ-distrofik kasalliklari (jumladan, osteoxondroz, revmatoid artrit, xondromalyatsiya, bo‘g‘imlarning deformatsiyasi, spondilez, yelka-lapatka periartriti);
• I-III darajali osteoartroz;
• bo‘g‘imlarga funksional yuklamaning oshishi (ortiqcha vazn, jismoniy yuklamalar);
• keksalikda bo‘g‘im kasalliklarining profilaktikasi;
• sinish oqibatlarini kamaytirish, suyak kallusining tezroq hosil bo‘lishini tezlashtirish uchun;
• bo‘g‘im jarohatlaridan so‘ng reabilitatsion tadbirlar majmuasida.
• preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik;
• tromboflebitlar;
• qon ketishga moyillik;
• homiladorlik va laktatsiya davri.
Ibra preparati og'iz orqali, ovqatdan 20 daqiqa oldin, yetarli miqdorda suv bilan qabul qilinadi.
Dastlabki uch hafta davomida kuniga 2-3 marta 1 tadan tabletka buyuriladi; keyingi kunlarda - kuniga 1 marta 1-2 tadan tabletka. Davolash davomiyligi 3-6 oy. Zaruriyat tug‘ilganda davolash kurslarini takrorlash mumkin, ularning davomiyligi individual belgilanadi.
Markaziy asab tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: meteorizm, diareya, qabziyat.
Boshqalar: arterial bosimning oshishi, allergik reaksiyalar.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lsa, preparat dozasini 2 baravar kamaytirish kerak, agar yaxshilanish bo‘lmasa – preparatni bekor qilish kerak.
Ibra GKС va NPVP bilan birga kompleks terapiyada qo‘llanilishi mumkin.
Xondroitin sulfat insulinga tolerantlikni pasaytirish ta’siriga ega bo‘lgani uchun, qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Preparat homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash uchun kontraindikatsiyalangan.
Pediatriyada qo‘llanilishi
15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Ibra preparatini qo‘llash xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q.
Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Ibra avtotransport boshqarish va yuqori e’tibor talab qiladigan potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Preparatni bolalar uchun yaroqsiz joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak.
Ibra yarim sintetik penisillinlar va xloramfenikolning ta'sirini kamaytiradi, antikoagulyantlarning ta'sirini kuchaytiradi.
Namlik va yorug'likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dozani oshirib yuborish holatlari ma'lum emas.