-
Tarkibi
Flakon 40 ml tarkibida:
faol modda: xlorgeksidin biglyukonat (dezina ko‘rinishida (xlorgeksidin biglyukonat 20 % eritmasi)) – 20 mg;
yordamchi modda: tozalangan suv – 40 ml gacha.
Flakon 100 ml tarkibida:
faol modda: xlorgeksidin biglyukonat (dezina ko‘rinishida (xlorgeksidin biglyukonat 20 % eritmasi)) – 50 mg;
yordamchi modda: tozalangan suv – 100 ml gacha.
Flakon 200 ml tarkibida:
faol modda: xlorgeksidin biglyukonat (dezina ko‘rinishida (xlorgeksidin biglyukonat 20 % eritmasi)) – 100 mg;
yordamchi modda: tozalangan suv – 200 ml gacha.
-
Qo'llanilishi
Dori vositasi venerik kasalliklarni (sifilis, gonoreya, trixomoniaz, xlamidioz va boshqalar) profilaktikasi uchun qo'llaniladi.
Yaralar, ishqalanishlar va yoriqlar, kuyishlar, teri va shilliq qavatlarning bakterial va zamburug'li kasalliklarida, jumladan urologiya, xirurgiya, akusherlik-ginekologiyada antiseptik ishlov berish uchun qo'llaniladi.
Stomatologiyada og'iz bo'shlig'ini chayish uchun, gigiyena qoidalariga rioya qilish qiyin bo'lgan hollarda, parodontda flep operatsiyalardan keyingi operatsion davrda, tish-gingival cho'ntaklar, fistulalar, abscess bo'shliqlarini yuvish uchun ishlatiladi. Xlorgeksidin biglyukonat sitotoksik ta'sir ko'rsatganligi sababli, chayish uchun eritma konsentratsiyasi 0,25 mg/ml dan oshmasligi kerak.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Gipersensitivlik, dermatit, terining virusli kasalliklari, 12 yoshgacha bo‘lgan yosh. Katta yuzali yaralarni davolash uchun qo‘llash tavsiya etilmaydi.
-
Qo'llash usuli
Dori vositasi purkash, chayish va aplikatsiya ko'rinishida qo'llaniladi – 5-10 ml eritma zararlangan teri yoki shilliq qavat yuzasiga 1-3 daqiqa davomida 2-3 marta kuniga (tampon yordamida yoki purkash yo'li bilan) surtiladi.
Jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklarning profilaktikasi uchun dori vositasi samarali, agar jinsiy aloqadan kechiktirmay 2 soatdan kech bo'lmagan vaqtda qo'llanilsa. Siydik chiqarishdan keyin qo'llaniladi: nasadka yordamida erkaklarga siydik chiqarish kanaliga (2-3 ml), ayollarga siydik chiqarish kanaliga (1-2 ml) va qin ichiga (5-10 ml) yuboriladi va 2-3 daqiqa ushlab turiladi. Sonlarning ichki yuzasi, qov, jinsiy a'zolar terisini ishlov berish kerak. Muolajadan so'ng 2 soat davomida siyish tavsiya etilmaydi. Uretrit va uretrprostatitlarni kompleks davolashda siydik chiqarish kanaliga 2-3 ml dori vositasi 1-2 marta kuniga, kurs – 10 kun, muolajalar kun ora tayinlanadi. Chayish uchun eritma odatda 2-3 marta kuniga buyuriladi (og'iz bo'shlig'ini chayish uchun dori vositasi teng miqdordagi suv bilan aralashtirilishi kerak).
-
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaksiyalar (teriga toshma), terining qurishi va qichishishi, dermatit, fotosensibilizatsiya, qo‘l terisining yopishqoqligi (3-5 daqiqa davomida), yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kimyoviy kuyishlar (tez-tezligi noma'lum). Gingivitlarni davolashda – tish emalining rangini o‘zgarishi, tish toshining to‘planishi, ta'm sezgisining buzilishi.
Nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lsa, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan bo‘lsa ham, shifokorga murojaat qilish zarur.
-
Farmakologik xususiyatlari
Antiseptik vosita, gram-musbat va gram-manfiy bakteriyalarga nisbatan (oxirgilarning kislota-barqaror shakllariga ta’sir qilmaydi) aniq bakteritsid ta’sirga ega: Treponema pallidum, Chlamidia spp., Ureaplasma spp., Neisseria gonorrhoeae, Gardnerella vaginalis, Bacteroides fragilis, sodda (Trichomonas vaginalis), mikroblar sporasi, viruslar, zamburug‘lar; ba’zi protey va psevdomanad turlariga kuchsiz ta’sir qiladi. Xlorgeksidin biglyukonat shuningdek treponemalar, gonokokklar, trixomonadalarga nisbatan faol. Qon, yiring mavjudligida faoliyati (biroz pasaygan) saqlanadi. Terini tozalaydi va dezinfeksiya qiladi, uni shikastlamaydi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Bakteritsid ta’siri harorat oshishi bilan kuchayadi. 100 °C dan yuqori haroratda dori vositasi qisman parchalanadi. Xlorgeksidin saqlovchi preparatlar bilan avval aloqa qilgan to‘qimalarga gipoxloritli oqartiruvchi moddalarning tushishi ularda jigarrang dog‘lar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Ochiq bosh-miya jarohati, orqa miya shikastlanishi, quloq pardasining teshilishi bo‘lgan bemorlarda dori vositasining bosh miya yuzasiga, miya pardalariga va ichki quloq bo‘shlig‘iga tushishidan saqlanish kerak. Ko‘z shilliq qavatiga tushgan taqdirda ularni tez va puxta suv bilan yuvish lozim.
Yod bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Bolalarda qo‘llash. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda invaziv muolajalar oldidan teri antiseptigi sifatida xlorgeksidin eritmasi (suvli yoki spirtli) qo‘llanilishi kimyoviy kuyish rivojlanishining ma’lum xavfi bilan bog‘liq. Spontan xabarlar va adabiyot ma’lumotlari asosida, ayniqsa homiladorlikning 32 haftasigacha tug‘ilgan muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda, hayotining dastlabki ikki haftasida xlorgeksidin qo‘llanilganda teri reaksiyalari xavfi yuqoriligi aniqlangan.
Invaziv muolajalar oldidan xlorgeksidin bilan namlangan barcha materiallarni: bintlar, choyshablar, salfetkalar, xalatlar va boshqalarni olib tashlash zarur. Eritmaning ortiqcha miqdorini ishlatmaslik kerak. Eritmaning teri burmalarida, bemor tanasi ostida, bolalar terisi bilan bevosita aloqada bo‘lgan materiallarda to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Agar germetik bog‘lov (okklyuzion bog‘lov) xlorgeksidin ta’siriga uchragan teriga qo‘yilishi kerak bo‘lsa, bog‘lovni qo‘yishdan oldin terida xlorgeksidin eritmasining ortiqcha miqdori yo‘qligiga ishonch hosil qilish kerak.
Keksalarda qo‘llash. Keksalar uchun qo‘llash xususiyatlari bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas.