-
Tarkibi
Faol moddalari: Paratsetamol – 500 mg, askorbin kislotasi – 200 mg, feniramin maleat - 25 mg.
Yordamchi moddalari: saxaroza yoki qum shakar, limon kislotasi suvdan holi, arab saqichi, aromatizator (limon/malina/ananas/apelsin/yerqalampir/asal/qora smorodina), eriydigan saxarin (natriy saxarinat).
-
Qo'llanilishi
- O‘RVI, O‘RZ (simptomatik terapiya), allergik rinit, rinofarengit;
- og‘riq sindromi (yengil va o‘rtacha darajada):
- artralgiyalar, mialgiyalar, nevralgiyalar, migren, tish va bosh og‘rig‘i, algodisminoreya;
- jarohatlar, kuyishlardagi og‘riq.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- Paratsetamol, askorbin kislotasi, feniramin maleatga yuqori sezuvchanlik;
- me’da-ichak trakti eroziya-yarali shikastlanishlari (kuchayish bosqichida);
- buyrak yetishmovchiligi;
- portal gipertenziya;
- alkogolizm;
- glyukoza-6-fosfat degidrogenaza yetishmovchiligi;
- bolalar yoshi (15 yoshgacha);
- homiladorlik (1 va 3 trimestr) va laktatsiya davri.
-
Qo'llash usuli
Og‘iz orqali, kattalar va 15 yoshdan katta bolalarga kuniga 1 paketdan 2-3 marta.
Paket tarkibi yetarli miqdorda iliq suvda eritiladi.
Preparatni qabul qilishlar orasidagi interval kamida 4 soat bo‘lishi kerak.
Buyrak yetishmovchiligida preparatni qabul qilishlar orasidagi interval kamida 8 soat bo‘lishi kerak.
Shifokor bilan maslahatlashmasdan qabul qilish davomiyligi og‘riq qoldiruvchi sifatida tayinlanganda 5 kundan, isitmani tushiruvchi sifatida 3 kundan oshmasligi kerak.
-
Nojo´ya ta´sirlar
- allergik reaksiyalar (terida toshma, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish), ko'ngil aynishi, epigastral og'riq;
- anemiya, trombotsitopeniya;
- og'iz qurishi, akkomodatsiya parezi, siyishni ushlab turish, uyquchanlik.
Uzoq muddat qo'llanganda va yuqori dozalarda:
- gepatotoksik ta'sir, gemolitik anemiya, aplastik anemiya, metgemoglobinemiya, panstsitopeniya;
- eroziyali-yarali oshqozon-ichak trakti shikastlanishlari, oshqozon-ichak traktidan qon ketishi;
- nefrotoksiklik (papillyar nekroz).
-
Farmakologik xususiyatlari
Kombinatsiyalangan preparat.
Paratsetamol – og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, asosan markaziy asab tizimida prostaglandinlar sintezini tormozlash orqali va kamroq darajada og‘riq impulslarining hosil bo‘lishini blokirovka qilish orqali. Periferik ta’sir ham prostaglandinlar sintezini tormozlash yoki og‘riq retseptorlarining mexanik yoki kimyoviy ta’sirga sezuvchanligiga javobgar bo‘lgan boshqa moddalarning sintezi yoki ta’sirini susaytirish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Askorbin kislotasi - oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini, uglevod almashinuvini, qonni ivish jarayonini, to‘qimalarning regeneratsiyasini, steroid gormonlar sintezini tartibga solishda ishtirok etadi; tomirlar o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, B1, B2, A, E vitaminlari, foliy kislotasi, pantoten kislotasiga ehtiyojni pasaytiradi. Paratsetamolni qabul qilishni yaxshilaydi va uning ta’sirini uzaytiradi (yarim chiqarilish davrining (T ½) uzayishi bilan bog‘liq). Organizmning qarshiligini oshiradi.
Feniramin maleat – antiallergik ta’sir ko‘rsatadi. Effektor hujayralarning H1-retseptorlari uchun gistamin bilan raqobatlashib, gistaminning ular orqali ta’sirini (to‘qimalarning shishishi va kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini oshishi) oldini oladi, biroq agar bu effektlar allaqachon rivojlangan bo‘lsa, ularni bartaraf etmaydi. Burun bitishini qo‘shimcha kamaytiradi, burundan suyuqlik ajralishini va aksirishni kamaytiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparat bilan davolash fonida gipetermiya 3 kundan ortiq va og‘riq sindromi 5 kundan ortiq davom etsa, shifokor maslahati zarur.
Preparatni qabul qilish plazmadagi glyukoza va siydik kislotasini miqdoriy aniqlashda laboratoriya tadqiqotlari natijalarini buzadi.
Davolash davomida periferik qon manzarasi va jigar funksional holatini nazorat qilish zarur.
Davolash davrida etanol qabul qilishdan (gepatotoksik ta’sir rivojlanishi mumkin), avtotransport boshqarish va yuqori diqqat va tez psixomotor reaksiyalar talab qiladigan boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan voz kechish kerak.
Tug‘ma gipyerbilirubinemiyalar (Jilber, Dubin-Jonson va Rotor sindromlari), yopiq burchakli glaukoma, prostata bezining gipyerplaziyasi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qabul qilinadi.