Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Fruktoza bilan Grippomix, paketlar, № 10
Fruktoza bilan Grippomix, paketlar, № 10
Ishlab chiqaruvchi: Лекфарм 58
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Diabetiklar uchun

    Taqiqlangan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari fruktoza bilan grippomix, paketlar, № 10
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Kukun
  • Yaroqlilik muddati
    2 yil
  • Qadoqdagi soni
    10 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Har bir paket quyidagilarni o‘z ichiga oladi: faol moddalari: paratsetamol – 325 mg, rimantadin gidroxlorid – 75 mg, askorbin kislotasi – 125 mg, tsetirizin digidroxlorid – 2,5 mg, kalsiy karbonat 70 sorbitol bilan – 89,3 mg, bu 25 mg kalsiyga to‘g‘ri keladi. yordamchi moddalari: aspartam, limon kislotasi suvdan holi, aromatizator (o‘rmon mevalari), fruktoza.
  • Qo'llanilishi
    Gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyalarni (yoki shamollash kasalliklarini) davolash, tana haroratining ko‘tarilishi bilan kechadigan. Qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda qo‘llanilishi mumkin.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    har qanday faol yoki yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik; homiladorlik va laktatsiya davri; fenilketonuriya (aspartam mavjudligi sababli); Rimantadin va paratsetamol mavjudligi bilan bog‘liq: o‘tkir va surunkali buyrak kasalliklari, o‘tkir jigar kasalliklari, tireotoksikoz. Tsetirizin mavjudligi bilan bog‘liq: buyrak yetishmovchiligini terminal bosqichi (kreatinin klirensi <10 ml/min). Askorbin kislotasi mavjudligi bilan bog‘liq: tromboflebitlar, trombozlarga moyillik, qandli diabet. Yordamchi moddalarning mavjudligi bilan bog‘liq: Tarkibida fruktoza mavjudligi sababli, dori vositasi tug‘ma fruktoza yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasiga ega bemorlarga tavsiya etilmaydi. Dori vositasi tarkibida aspartam mavjud bo‘lib, u fenilalanin manbai hisoblanadi va fenilketonuriyali bemorlarga qarshi ko‘rsatilgan.
  • Qo'llash usuli
    Og‘iz orqali. Paket ichidagi kukunni 1 stakan qaynatilgan issiq suvda eritiladi. Issiq holda iste’mol qilinadi. 12 yoshdan katta bolalar va kattalar – haroratli sindrom saqlanib turganda 3-5 kun davomida kuniga 3 marta 1 ta kukundan.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Quyidagi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlar organizm tizimlari va uchrash tezligiga ko‘ra keltirilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), kamdan-kam (≥1/1000, <1/100), kam (≥1/10000, <1/1000), juda kam (<1/10000), tezligi noma’lum (ma’lumot yetarli emasligi sababli). Paratsetamol mavjudligi bilan bog‘liq: Immun tizimi tomonidan: anafilaksiya, teri gipersensitivlik reaksiyalari, shu jumladan teri toshmasi, angionevrotik shish, Stivens-Djonson sindromi/toksik epidermal nekroliz. Qon tizimi tomonidan: anemiya, metgemoglobinemiya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz. Nafas olish tizimi tomonidan: aspirin va boshqa YOKVlarga sezgir bemorlarda bronxospazm. Gepatobiliar buzilishlar: jigar funksiyasi buzilishi. Rimantadin mavjudligi bilan bog‘liq: Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, yurak yetishmovchiligi, yurak blokadasi (yurak ritmi buzilishi), yurak urishini sezish, arterial gipertenziya, miya qon aylanishi buzilishi, hushdan ketish. Nerv tizimi tomonidan: uyqusizlik, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, asabiylashish, charchoq, diqqatni jamlash buzilishi, harakat buzilishlari, uyquchanlik, tushkun kayfiyat, eyforiya, giperkineziya, tremor, gallyutsinatsiyalar, ong chalkashligi, tutqanoq. Sezgi organlari tomonidan: quloqda shovqin, hid bilishning o‘zgarishi yoki yo‘qolishi. Nafas olish tizimi tomonidan: nafas qisilishi, bronxospazm, yo‘tal. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, ishtahaning yo‘qolishi, og‘iz shilliq qavati qurishi, qorin og‘rig‘i, diareya, dispepsiya. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: toshma. Boshqalar: charchoq. Tsetirizin mavjudligi bilan bog‘liq: Immun tizimi tomonidan: kam – gipersensitivlik reaksiyalari, juda kam – anafilaktik shok. Metabolik buzilishlar va ovqatlanish buzilishlari: tezligi noma’lum – ishtahaning oshishi. Nerv tizimi tomonidan: kamdan-kam – paresteziya, kam – tutqanoq, juda kam – ta’m buzilishi, diskineziya, distoniya, hushdan ketish, tremor, tezligi noma’lum – karsoqlik, amneziya, xotira buzilishi. Psixik buzilishlar: kamdan-kam – qo‘zg‘alish, kam – tajovuzkorlik, ong chalkashligi, depressiya, gallyutsinatsiyalar, uyqu buzilishi, juda kam – tik, tezligi noma’lum – o‘z joniga qasd qilish fikrlari. Ko‘rish organi tomonidan: juda kam – akkomodatsiya buzilishi, ko‘rishning xiralashuvi, nistagm, tezligi noma’lum – vaskulit. Eshitish va muvozanat organi tomonidan: tezligi noma’lum – vertigo. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kamdan-kam – diareya. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam – taxikardiya. Siydik ajratish tizimi tomonidan: juda kam – dizuriya, enurez, tezligi noma’lum – siydik tutilishi. Qon va limfa tizimi tomonidan: juda kam – trombotsitopeniya. Teri qoplami tomonidan: kamdan-kam – toshma, qichishish, kam – eshakemi, juda kam – angionevrotik shish, doimiy eritema. Laborator ko‘rsatkichlar tomonidan: kam – jigar funksional testlari o‘zgarishi (transaminazalar, ishqoriy fosfataza, γ-glutamattransferaza va bilirubin darajasining oshishi), tana vaznining oshishi. Umumiy buzilishlar: kamdan-kam – asteniya, holsizlik, kam – periferik shishlar. Askorbin kislotasi mavjudligi bilan bog‘liq: Markaziy asab tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, charchoq hissi, yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganda – MNS qo‘zg‘aluvchanligining oshishi, uyqu buzilishi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: me’da-ichak shilliq qavati tirnash xususiyati, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, me’da spazmlari. Endokrin tizimi tomonidan: oshqozon osti bezi insulyar apparati funksiyasining susayishi (giperglikemiya, glikozuriya). Siymik ajratish tizimi tomonidan: yuqori dozalarda qo‘llanganda – giperoaksalaturiya va kalsiy oksalatdan siydik toshlari hosil bo‘lishi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tromboz, yuqori dozalarda qo‘llanganda – arterial bosimning oshishi, mikroangiopatiyalar rivojlanishi, miokardiodistrofiya. Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, kam – anafilaktik shok. Laborator ko‘rsatkichlar: trombotsitoz, gipertrombinemiya, eritropeniya, neyrofil leykotsitoz, gipokalemiya. Boshqalar: gipervitaminoz, issiqlik hissi, yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganda – natriy (Na+) va suyuqlik tutilishi, rux (Zn+) va mis (Cu+) almashinuvi buzilishi.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Dori vositasining farmakologik faolligi uning komponentlari – paratsetamol, rimantadin gidroxlorid, askorbin kislotasi, tsetirizin digidroxlorid va kalsiy karbonatning kompleks ta’siri bilan belgilanadi. Dori vositasi antivirus, isitmani tushiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi, antigistamin ta’sir ko‘rsatadi. Paratsetamol isitmani tushiruvchi, analgezik va biroz yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega, shamollash kasalliklarida kuzatiladigan og‘riq sindromini, tomoq og‘rig‘i, bosh og‘rig‘i, mushak va bo‘g‘im og‘rig‘ini kamaytiradi, yuqori haroratni pasaytiradi. Birinchi va ikkinchi turdagi siklooksigenazani asosan markaziy asab tizimida bloklaydi. Prostaglandinlar sinteziga periferik to‘qimalarda bloklovchi ta’siri yo‘qligi sababli, suv-tuz almashinuviga (Na+ va suvning ushlanishi) va me’da-ichak yo‘llari shilliq qavatiga ta’sir qilmaydi. Rimantadin gidroxlorid – adamantan hosilasi bo‘lgan antivirus vosita. Gripp A virusining turli shtammlariga, Herpes simplex I va II tip viruslariga, ixcham ensefalit viruslariga (markaziy-evropa va rossiya bahor-yoz arbo viruslar guruhi, Flaviviridae oilasi) nisbatan faol. Rimantadin replikatsiya siklining erta bosqichida ingibitsiyalovchi ta’sir ko‘rsatadi, ehtimol virus genomining transkripsiyasini ingibitsiyalaydi. Genetik tadqiqotlar natijalari ko‘rsatadiki, virionning ko‘rsatilgan geni M2 virus oqsili rimantadinga gripp A virusining sezuvchanligida muhim rol o‘ynaydi. Rimantadin inson hujayralaridan ajratib olingan gripp A virusining har uchta antigenik subtipi, ya’ni H1N1, H2N2 va H3N3 izolyatlari hujayra madaniyatida replikatsiyasini ingibitsiyalaydi. Rimantadin gripp B virusiga nisbatan faol emas yoki deyarli faol emas. Hujayra madaniyatida gripp A virusining rimantadinga sezuvchanligi va klinik ta’siri o‘rtasidagi miqdoriy nisbat aniqlanmagan. Sezuvchanlik sinovlari natijalari, ya’ni virus replikatsiyasini 50% yoki undan ko‘proq ingibitsiyalash uchun zarur bo‘lgan dori moddasining konsentratsiyasi, ishlatilgan sinov protokoli, inokulyat hajmi, ajratilgan gripp A virus shtammlari va ishlatilgan hujayra turi bo‘yicha juda farq qiladi (19 nM dan 93 mkm gacha). REZISTENTLIK: in vivo hujayra madaniyatida davolash natijasida rimantadinga rezistent gripp A virus izolyatlari ajratib olingan. Rimantadinga rezistent gripp A virus shtammlari rimantadin ishlatilgan eksperimental sharoitlarda yaqinda ajratilgan shtammlar orasida paydo bo‘lgan. Rezistent viruslar yuqishi va tipik gripp kasalligiga sabab bo‘lishi isbotlangan. M2 domenining membranasidagi besh aminokislotadan birortasining o‘zgarishi rimantadinga rezistentlikka olib keladi. Eng ko‘p uchraydigan o‘zgarishlar, rezistentlikka sabab bo‘luvchilar, gripp A (H1N1) va A (H3N2) va S31N ni o‘z ichiga oladi. Kamroq uchraydigan o‘zgarishlar A30F, V27A va L26F ni o‘z ichiga oladi. Rimantadinga rezistentlik rimantadin olmagan shaxslarda pandemik mavsumiy gripp izolyatlarida aniqlangan. Rimantadinga rezistent bo‘lgan cho‘chqa grippi A (H1N1) (S-OIV) viruslari S31N o‘zgarishini o‘z ichiga olishi isbotlangan. KROSS-REZISTENTLIK: Adamantanlar, rimantadin va amantadin o‘rtasida kross-rezistentlik kuzatiladi. Rimantadinga rezistentlik amantadinga kross-rezistentlik orqali yuzaga keladi va aksincha. Rimantadinga rezistentlikka sabab bo‘luvchi aminokislota o‘zgarishlari (eng ko‘p) M2 S31N, shuningdek kamroq uchraydigan o‘zgarishlar V27, V30A, L26F va A30T ni o‘z ichiga oladi. Askorbin kislotasi oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, uglevod almashinuvi, qon ivishi, to‘qimalar regeneratsiyasi tartibga solinishida ishtirok etadi, tomirlar o‘tkazuvchanligini kamaytiradi. Antioksidant xususiyatlarga ega. Hujayralararo moddaning kolloid holatini va kapillyarlarning normal o‘tkazuvchanligini saqlaydi (gialuronidazani susaytiradi). Jigar nafas fermentlarini faollashtirish hisobiga uning detoksikatsion va oqsil hosil qiluvchi funksiyalarini kuchaytiradi, protrombin sintezini oshiradi. Immunologik reaksiyalarni tartibga soladi (antitanachalar, S3-komponenti, interferon sintezini faollashtiradi), fagotsitozni rag‘batlantiradi, organizmning infeksiyalarga chidamliligini oshiradi. Gistamin ajralishini tormozlaydi va uning parchalanishini tezlashtiradi, prostaglandinlar va boshqa yallig‘lanish va allergik reaksiya mediatorlari hosil bo‘lishini susaytiradi. Tsetirizin digidroxlorid – periferik gistamin H1-retseptorlar blokatori, antigistamin, antiallergik vosita, gidroksizin metaboliti. Farmakologik faol dozalarda sezilarli sedativ ta’sirga ega emas. Gistamin vositasida yuzaga keladigan allergik reaksiyaning erta bosqichini tormozlaydi, gistaminning turli fiziologik va patofiziologik ta’sirlarini, masalan, kapillyarlarning kengayishi va o‘tkazuvchanligining oshishi (shish, toshma, qizarish rivojlanishi), sezgir nerv uchlarini rag‘batlantirish (qichishish, og‘riq) va nafas olish hamda me’da-ichak yo‘llari silliq mushaklarining qisqarishini oldini oladi. Allergik reaksiyaning kech bosqichida tsetirizin digidroxlorid gistamin ajralishini va eozinofillar hamda boshqa hujayralarning migratsiyasini ingibitsiyalaydi, shu tariqa kech allergik reaksiyani susaytiradi. IСAM-1 va VCAM-1 kabi yelimlanish molekulalari ekspressiyasini kamaytiradi, ular allergik yallig‘lanish markerlari hisoblanadi. Gistamin sekretsiyasining boshqa mediatorlari va induktorlarining, masalan, PAF (trombosit-aktivlovchi faktor) va substansiya R ning ta’sirini susaytiradi. Bronxial daraxtning gistamin ajralishiga javoban yuzaga keladigan giperraktivligini sezilarli darajada pasaytiradi, bu bronxial astma bilan kasallangan bemorlarda kuzatiladi. Bu ta’sirlar markaziy ta’sir bilan birga kechmaydi. Kalsiy karbonat tomirlarning o‘tkazuvchanligi va mo‘rtligini oshishining oldini oladi, normal qon ivishiga yordam beradi, nerv impulslarini o‘tkazish, skelet va silliq mushaklarning qisqarish jarayonlarida, yurak faoliyatini tartibga solishda ishtirok etadi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Dori vositasi profilaktika uchun mo‘ljallanmagan. Davolash kasallikning birinchi simptomlari paydo bo‘lishidan 24-48 soatdan kechiktirmay boshlanishi kerak. Qo‘llash davomiyligi – 5 kundan oshmasligi kerak. Uzoq muddatli qo‘llashda (7 kundan ortiq) hamroh surunkali kasalliklarning kuchayishi mumkin. Qariyalar orasida arterial gipertenziya bo‘lgan bemorlarda (dori vositasi tarkibidagi rimantadin hisobiga) gemorragik insult rivojlanish xavfi oshadi. Grippda, tana harorati 38,5°C gacha ko‘tarilganda, dori vositasini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Paratsetamol mavjudligi bilan bog‘liq: Buyrak va jigar yetishmovchiligi, yaxshi sifatli gipyerbilirubinemiyalar (jumladan, Jilber sindromi), virusli gepatit, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi, alkogolli jigar shikastlanishi, alkogolizm, keksalikda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Buyrak va jigar funksiyasi buzilgan bemorlar, alkogoldan suiiste’mol qiladigan shaxslar, preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari kerak. Ko‘rsatilgan dozalardan oshirmaslik kerak. Paratsetamol saqlovchi boshqa dori vositalari bilan birga qabul qilmaslik kerak. Tavsiya etilgan dozadan oshirilganda paratsetamol jigarni shikastlashi mumkin. Rimantadin mavjudligi bilan bog‘liq: Arterial gipertenziya, epilepsiya (shu jumladan, anamnezda), bosh miya tomirlarining aterosklerozi, jigar yetishmovchiligi, me’da-ichak trakti kasalliklari, keksalikda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Dori vositasiga chidamli viruslar paydo bo‘lishi mumkin. Hamroh surunkali kasalliklarning kuchayishi mumkin. Qariyalar orasida arterial gipertenziya bo‘lgan bemorlarda gemorragik insult rivojlanish xavfi oshadi. Anamnezda epilepsiya va o‘tkazilgan antikonvulsant terapiya bo‘lsa, tutqanoq xurujlari rivojlanish xavfi oshadi. Tsetirizin mavjudligi bilan bog‘liq: Jigar yetishmovchiligi, epilepsiya yoki tutqanoqlarga moyilligi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Siydik chiqarishning kechikishiga moyil omillarga ega bemorlar (umurtqa miya shikastlanishi, prostata bezining giperplaziyasi) ehtiyotkorlik bilan qo‘llashlari kerak, chunki tsetirizin siydik chiqarish bilan bog‘liq muammolar xavfini oshirishi mumkin. Askorbin kislotasi mavjudligi bilan bog‘liq: Gipyeroksaluriya, buyrak tosh kasalligi, buyrak yetishmovchiligi, gemoxromatoz, talassemiya, politsitemiya, leykoz, sideroblast anemiyasi, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi, orak hujayrali anemiya, progres-siv yomon sifatli kasalliklar, homiladorlikda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Paratsetamol mavjudligi bilan bog‘liq dozani oshirib yuborish: Tavsiya etilgan doza oshib ketgan taqdirda, jigarni kechikkan jiddiy shikastlanish xavfi mavjud. Kattalarda 10 g va undan ortiq paratsetamol qabul qilinganda jigar shikastlanishi mumkin. 5 g va undan ortiq paratsetamol qabul qilish quyidagi xavf omillariga ega bo‘lgan bemorlarda jigar shikastlanishiga olib kelishi mumkin: karbamazepin, fenobarbital, fenitoin, primidon, rifampitsin, zveroboy preparatlari yoki jigar fermentlarini stimulyatsiya qiluvchi boshqa preparatlar bilan uzoq muddatli davolanish; muntazam ravishda spirtli ichimliklarni ortiqcha miqdorda iste’mol qilish; glutation yetishmovchiligi bo‘lishi mumkin (ovqatlanish buzilishi, mukovissidoz, OIV-infeksiya, och qolgan, ozib ketgan bemorlar). Paratsetamol bilan o‘tkir zaharlanish simptomlari dastlabki 24 soatda: ko‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, terlash, terining oqarishi. Jigar shikastlanishi dozani oshirib yuborilgandan 12-48 soat o‘tib namoyon bo‘lishi mumkin. Glyukoza almashinuvi buzilishi va metabolik atsidoz yuzaga kelishi mumkin. Og‘ir zaharlanishda jigar yetishmovchiligi ensefalopatiya, qon ketishi, gipoglikemiya, miya shishi va o‘limga olib kelishi mumkin. O‘tkir buyrak yetishmovchiligi o‘tkir kanalchalar nekrozi bilan bel og‘rig‘i, gematuriya, proteinuriya bilan namoyon bo‘lishi va hatto jigar og‘ir shikastlanmasligida ham rivojlanishi mumkin. Shuningdek, yurak aritmiyasi va pankreatit kuzatilgan. Davolash: Dozani oshirib yuborishda zudlik bilan tibbiy yordam zarur. Bemorni darhol shifoxonaga yetkazish kerak, hatto dozani oshirib yuborish yoki organlar shikastlanishi xavfi erta simptomlari bo‘lmasa ham. Faollashtirilgan ko‘mir bilan davolash paratsetamol ortiqcha dozasi 1 soat ichida qabul qilingan bo‘lsa qo‘llaniladi. Paratsetamolning plazmadagi konsentratsiyasi preparat qabul qilingandan 4 soat va undan keyin baholanishi kerak (konsentratsiyaning erta aniqlanishi ishonchsiz). N-atsetilsistein bilan davolash paratsetamol qabul qilingandan taxminan 24 soat davomida o‘tkazilishi mumkin, biroq maksimal himoya ta’siri uni qabul qilingandan 8 soat ichida qo‘llanganda olinadi. Antidot samaradorligi bu vaqtdan keyin keskin kamayadi. Zarurat tug‘ilganda bemorga N-atsetilsistein vena ichiga belgilangan dozalash ro‘yxatiga muvofiq yuboriladi. Qusish bo‘lmasa, metionin og‘iz orqali shifoxonadan tashqaridagi uzoq hududlarda mos alternativ sifatida qo‘llanilishi mumkin. Rimantadin mavjudligi bilan bog‘liq dozani oshirib yuborish: Simptomlar: qo‘zg‘alish, gallyutsinatsiyalar, aritmiyalar. Ba’zi hollarda, tavsiya etilgan doza oshib ketganda quyidagilar kuzatiladi: ko‘z yoshlanishi va ko‘z og‘rig‘i, siydik ajralishining ko‘payishi, isitma, qabziyat, terlash, og‘iz shilliq qavatining yallig‘lanishi, terining qurishi. Davolash: oshqozonni yuvish, simptomatik terapiya. Zaharlanishda hayotiy muhim funksiyalarni qo‘llab-quvvatlash zarur. Markaziy asab tizimi tomonidan simptomlar yuzaga kelganda, fizostigmin vena ichiga yuborilishi samarali; kattalar uchun – 1,2 mg, bolalar uchun 0,5 mg, zarurat tug‘ilganda takrorlanadi, lekin 2 mg/soatdan oshmasligi kerak. Rimantadin qisman gemodializda chiqariladi. Tsetirizin mavjudligi bilan bog‘liq dozani oshirib yuborish: Preparatning bir martalik 50 mg dozasi qabul qilinganda quyidagi simptomlar kuzatilgan: ongning chalkashishi, diareya, bosh aylanishi, charchoq, bosh og‘rig‘i, holsizlik, midriaz, qichishish, zaiflik, bezovtalik, sedativ ta’sir, uyquchanlik, stupor, taxikardiya, qo‘llarning tremori, siydik tutilishi. Davolash: preparat qabul qilingandan so‘ng darhol oshqozonni yuvish yoki qusishni stimulyatsiya qilish. Faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, simptomatik va qo‘llab-quvvatlovchi terapiya tavsiya etiladi. Maxsus antidot yo‘q. Gemodializ samarali emas. Askorbin kislotasi mavjudligi bilan bog‘liq dozani oshirib yuborish: Kuniga 1 g dan ortiq qabul qilinganda, qizilo‘ngachda kuyish, diareya, siydik ajratishda qiyinchilik yoki siydikning qizil rangga bo‘yalishi, gemoliz (glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda) mumkin. Nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lsa, preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Nargiza
    ico ico ico ico ico
    Заказала упаковку для всей семьи. Эффективно борется с простудными симптомами. Рекомендую!
    06 August 2024
    0
    0
  • Alisher
    ico ico ico ico ico
    Отличное средство для профилактики гриппа. Удобная упаковка, приятный фруктовый вкус.
    06 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все

Ushbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.

Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico