Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Faqat retsept bilan
3
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Bitta doza (0,5 ml) tarkibida: Faol komponentlar: Gripp virusi A turi antigeni A (N1H1)* gemaglyutinin miqdori bilan - 5 mkg Gripp virusi A turi antigeni A (N3N2)* gemaglyutinin miqdori bilan - 5 mkg Gripp virusi B turi antigeni* gemaglyutinin miqdori bilan - 5 mkg Poliksidoniy® (Azoksimer bromid) - 500 mkg Yordamchi komponentlar: Fosfat-tuzli bufer eritmasi - 0,5 ml gacha. Konservant saqlamaydi. * Gripp virusi antigen shtammlari - joriy epidemik mavsum uchun JSST tavsiyalariga muvofiq.
Qo'llanilishi
6 oylikdan boshlab bolalar, o‘smirlar va yoshi cheklanmagan kattalarda grippning spetsifik profilaktikasi. Vaksina quyidagi hollarda ayniqsa tavsiya etiladi: gripp bilan kasallanganda asoratlar rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar: 60 yoshdan katta; maktabgacha yoshdagi bolalar, o‘quvchilar; tez-tez O‘RVI bilan kasallanuvchi, surunkali somatik kasalliklari, shu jumladan, markaziy asab tizimi kasalliklari va rivojlanish nuqsonlari, yurak-qon tomir va bronxo-o‘pka tizimi kasalliklari (shu jumladan, bronxial astma), surunkali buyrak kasalliklari; qandli diabet, modda almashinuvi kasalliklari, autoimmun kasalliklar, allergik kasalliklar (tovuq oqsiliga allergiyadan tashqari); surunkali anemiya, tug‘ma yoki orttirilgan immunodefitsit; OIV bilan kasallanganlar; kasbiy faoliyati tufayli gripp bilan kasallanish yoki boshqalarga yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar: shu jumladan, tibbiyot xodimlari, ta'lim muassasalari xodimlari, ijtimoiy xizmat, transport, savdo, politsiya, harbiy xizmatchilar.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Tovuq oqsili va vaksinaning tarkibiy qismlariga allergik reaksiyalar; ilgari yuborilgan gripp vaksinalariga allergik reaksiyalar; o'tkir isitma holatlari yoki surunkali kasallikning zo‘rayishi (vaksinatsiya sog‘aygandan keyin yoki remissiya davrida o‘tkaziladi); yengil O‘RVI, o'tkir ichak kasalliklari (vaksinatsiya harorat normallashgandan keyin o‘tkaziladi).
Qo'llash usuli
V/m, p/k. Vaksinatsiya har yili kuz-qish davrida o'tkaziladi. Gripp bilan kasallanish epidemik ko'tarilishi boshida ham vaksinatsiya qilish mumkin. 3 yoshdan katta bolalar, o'smirlar va kattalarga vaksina v/m yoki chuqur p/k tarzda yelka tashqi yuzasining yuqori uchdan bir qismiga (deltoid mushak) yuboriladi; kichik yoshdagi bolalarga esa sonning old-tashqi yuzasiga v/m yuboriladi. 6 oydan 35 oygacha bo'lgan bolalarga - 0,25 ml ikki marta, 3–4 haftalik interval bilan. 36 oydan katta bolalar va kattalarga vaksina bir marta 0,5 ml dozada yuboriladi. Oldin gripp bilan kasallanmagan va vaksinatsiya qilinmagan bolalarga vaksina 3–4 haftalik interval bilan 2 marta yuborilishi mumkin. Immunodefitsitli va immunosupressiv terapiya olayotgan bemorlarga vaksina 0,5 ml dan 3–4 haftalik interval bilan 2 marta yuborilishi mumkin. Vaksinani qo'llashdan oldin xona haroratiga yetkazish va yaxshilab chayqatish kerak. Ignadan himoya qopqog'ini olib tashlash va shpritsdan havoni chiqarish uchun uni igna yuqoriga qaratib, porshenni sekin bosib chiqarish kerak. 0,25 ml (1/2 doza) vaksina yuborilishi ko'rsatilgan bolalarni immunizatsiya qilish uchun shpritsdagi maxsus belgi yoki yorliq chetidagi qizil belgigacha porshenni bosib, shpritsdagi tarkibning yarmisini chiqarib tashlash va qolgan 0,25 ml ni yuborish kerak. Ampula va flakonlarni ochish va vaksinatsiya jarayonini aseptika va antiseptika qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi: ampula pichog'i, ampula bo'yni yoki flakon probkasi 70% etil spirti bilan namlangan paxta bilan artiladi, ampula ochiladi yoki flakonning rezina probkasi igna bilan teshib olinadi, vaksina bir martalik shpritsga olinadi va ortiqcha havo chiqariladi. In'ektsiya joyidagi teri spirt bilan artiladi. Ochilgan ampula yoki flakondagi preparat saqlashga yaroqsiz.
Nojo´ya ta´sirlar
Vaksina yuqori darajada tozalangan preparat bo‘lib, bolalar va kattalar tomonidan yaxshi ko‘tariladi. Tez-tez (>1/100, <1/10) Mahalliy reaksiyalar: og‘riqlilik, giperemiya, zichlashish va shish paydo bo‘lishi. Umumiy reaksiyalar: holsizlik, zaiflik, subfebril harorat. Kamdan-kam (>1/1000, <1/100) Umumiy reaksiyalar: yengil burun oqishi, tomoq og‘rig‘i, bosh og‘rig‘i, subfebril haroratdan yuqori harorat. Ko‘rsatilgan reaksiyalar odatda 1–2 kun ichida mustaqil ravishda o‘tib ketadi. Juda kam (>1/10000, <1/1000) Allergik reaksiyalar: shu jumladan, darhol tipdagi. Juda noyob (>1/10000) Nerv tizimi tomonidan: nevralgiya, paresteziya, nevrologik buzilishlar. Harakat-tayanch tizimi tomonidan: mialgiya. Bemor ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan yoki kuchli namoyon bo‘lgan har qanday nojo‘ya reaksiyalar haqida shifokorga xabar berish zarurligi to‘g‘risida xabardor qilinishi kerak.
Farmakologik xususiyatlari
Vaksina grippga qarshi yuqori darajadagi spetsifik immunitet shakllanishini chaqiradi. Vaksinatsiyadan keyin himoya ta'siri, odatda, 8–12 kun ichida yuzaga keladi va 12 oygacha saqlanadi, shu jumladan, keksalarda ham. Turli yoshdagi shaxslarda gripp viruslariga qarshi antitanachalar himoya titrlari vaksinatsiyadan keyin 75–95% emlanganlarda aniqlanadi. Vaksina tarkibiga keng spektrli immunofarmakologik ta'sirga ega bo‘lgan immunomodulyator Poliksidoniy® kiritilishi antigenlarning immunogenligi va barqarorligini oshiradi, immunologik xotirani kuchaytiradi, antigenlarning emlash dozasini sezilarli darajada kamaytiradi, immun statusni tuzatish hisobiga organizmning boshqa infeksiyalarga chidamliligini oshiradi.
Dorilarning o'zaro ta'siri
Grippol® plyus vaksinasi Milliy profilaktik emlashlar taqvimining inaktivlashtirilgan va tirik vaksinalari bilan (BKJ va BKJ-M dan tashqari) hamda epidemiologik ko‘rsatmalar bo‘yicha profilaktik emlashlar taqvimining inaktivlashtirilgan vaksinalari bilan (antirabiklardan tashqari) bir vaqtda qo‘llanilishi mumkin. Bunda har bir qo‘llanilayotgan vaksinaning qarshi ko‘rsatmalari hisobga olinishi lozim; preparatlar turli shpritslar bilan tananing turli sohalariga yuborilishi kerak.
Vaksina asosiy kasallikning bazis terapiyasi fonida yuborilishi mumkin. Immunosupressiv terapiya (kortikosteroidlar, sitotoksik preparatlar, radioterapiya) olayotgan bemorlarni emlash kamroq samarali bo‘lishi mumkin.
Maxsus ko'rsatmalar
Vena ichiga yubormang. Emlash o‘tkaziladigan xonalarda anafilaktik shokga qarshi terapiya vositalari bo‘lishi zarur. Emlangan shaxs immunizatsiyadan so‘ng 30 daqiqa davomida tibbiyot xodimi nazoratida bo‘lishi kerak.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!