Maxsus ko'rsatmalar
Glyomerulonefritlar, gepatitlar, yurakning organik shikastlanishlari, arterial gipertenziya, qon ivishining buzilishi, jigar va buyrak funksiyasining buzilishi, gipokaliemiya, semizlikning og'ir darajasi, bronxial astma, bronxospazmlar, ko'k yo'tal, soxta krupda ehtiyotkorlik bilan qo'llash; depressiyada.
Preparat uzoq vaqt va katta miqdorda qo'llanilganda ovqat hazm qilishni yomonlashtiradi, bosh og'rig'ini keltirib chiqaradi, asab tizimini qo'zg'atadi va yurak faoliyatini yomonlashtiradi.
Harorat 38 °S dan yuqori ko'tarilganda, yo'tal kuchayganda, o'pkada xirillash paydo bo'lsa, yiringli balg'am, yiringli ajralmalar bilan rinit, angina paydo bo'lsa, preparatni qo'llashni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Granulalar tarkibida saxaroza mavjud, bu esa qandli diabeti bo'lgan bemorlar, shuningdek, gipokaloriyali dieta tutayotganlar uchun e'tiborga olinishi kerak. Shuningdek, preparat tarkibida saxaroza mavjudligi sababli uni fruktozani o'zlashtira olmaslik yoki saxaraza-izomaltaza yetishmovchiligi kabi kam uchraydigan irsiy kasalliklari bo'lgan bemorlarga qo'llash tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo'llanilishi
Preparatni emizish davrida qo'llash zarur bo'lsa, emizishni to'xtatish tavsiya etiladi. Homiladorlik davrida preparatni qo'llash mumkin emas.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati
Preparatni qabul qilish davrida avtotransport boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlashdan voz kechish kerak.