Extiyotkorlik bilan
Taqiqlangan
Taqiqlangan
Extiyotkorlik bilan
Extiyot choralar
Uzoq muddatli davolash sharoitida preparatni boshqa nootrop va stimulyator vositalar bilan bir vaqtda buyurish tavsiya etilmaydi.
Nojo‘ya ta’siri
Allergik reaksiyalar (rinit, kon’yunktivit, teri allergik reaksiyalari) bo‘lishi mumkin. Bunday holda preparat bekor qilinadi.
Markaziy asab tizimi tomonidan noxush reaksiyalar (gipervoziqlik, uyqu buzilishi yoki uyquchanlik, sustkashlik, tormozlanish, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, boshda shovqin) kuzatiladi. Bunday holda preparat dozasini kamaytiradilar.
Gopantama® ta’siri gamma-aminomoy kislota tuzilmasida mavjudligi va uning GAMKv-retseptor-kanal kompleksi ustiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siri bilan bog‘liq. Preparat nootrop va antikonvulsant ta’sirga ega. Miya gipoksiya va toksik moddalarga nisbatan chidamliligini oshiradi, neyronlarda anabolik jarayonlarni rag‘batlantiradi, o‘rtacha sedativ ta’sirni yumshoq stimulyatsion effekt bilan birlashtiradi, motor qo‘zg‘aluvchanligini kamaytiradi, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini faollashtiradi.
Surunkali alkogolli intoksikatsiya va etanolni bekor qilgandan so‘ng gamma-aminomoy kislotasi almashinuvini yaxshilaydi.
Patologik oshgan pufak refleksi va detruzor tonusining tormozlanishini chaqiradi.
Preparatning transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Preparatni qabul qilishning dastlabki kunlarida uyquchanlik paydo bo‘lishi mumkinligini hisobga olib, transport vositalari va mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim (qarang «Nojo‘ya ta’siri» bo‘limi).
Barbituratlarning ta’sirini uzaytiradi, qarshi-tutqanoq vositalarining ta’sirini kuchaytiradi, fenobarbital, karbamazepin, neyroleptiklarning nojo‘ya ta’sirlarini oldini oladi. Mahalliy anesteziklar (prokain) ta’sirini kuchaytiradi. Gopantam® ta’siri glitsin, etidron kislotasi bilan birga qo‘llanganda kuchayadi.