Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari glyukofaj xr 500 mg no 60 tab.
Bitta tabletka tarkibi Yadro Faol modda metformin gidroxlorid - 500/850/1000 mg; Yordamchi moddalari povidon 20/34/40 mg, magniy stearat 5,0/8,5/10,0 mg. Plyonka qoplama
Qo'llanilishi
qo‘llash uchun 2-tip qandli diabet, ayniqsa semizlik bilan og‘rigan bemorlarda, parhez terapiyasi va jismoniy mashqlar samarasiz bo‘lsa, kattalarda monoterapiya sifatida yoki boshqa og‘iz orqali qabul qilinadigan gipoglikemik vositalar bilan yoki insulin bilan birga; 10 yoshdan boshlab bolalarda monoterapiya sifatida yoki insulin bilan birga.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Metformin 85 g dozasida (maksimal sutkalik dozadan 42,5 marta yuqori) qo‘llanganda gipoglikemiya rivojlanishi kuzatilmagan. Biroq, bu holatda laktat atsidoz rivojlanishi kuzatilgan. Katta dozada qabul qilish yoki birga bo‘lgan xavf omillari laktat atsidoz rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Qo'llash usuli
Ichkariga qo‘llaniladi. Kattalar Monoterapiya va kombinatsiyalangan terapiya boshqa peroral gipoglikemik vositalar bilan birga • Oddiy boshlang‘ich doza 500 mg yoki 850 mg ni tashkil etadi, kuniga 2-3 marta ovqatdan keyin yoki ovqat vaqtida. Dozani keyinchalik glyukoza kontsentratsiyasiga qarab bosqichma-bosqich oshirish mumkin. • Preparatning qo‘llab-quvvatlovchi dozasi odatda 1500-2000 mg/kunni tashkil etadi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan nojo‘ya ta’sirlarni kamaytirish uchun sutkalik dozani 2-3 qabulga bo‘lish kerak. Maksimal doza 3000 mg/kun, uch qabulga bo‘lingan holda. • Dozaning sekin oshirilishi ovqat hazm qilish tizimi tomonidan preparatga toqatni yaxshilashga yordam berishi mumkin. • Metformin 2000-3000 mg/kun dozada qabul qilayotgan bemorlar Glyukofaj® 1000 mg preparatiga o‘tkazilishi mumkin. Tavsiya etilgan maksimal doza 3000 mg/kun, 3 qabulga bo‘lingan holda. Boshqa gipoglikemik vositadan o‘tish rejalashtirilganda, boshqa vositani qabul qilishni to‘xtatish va yuqorida ko‘rsatilgan dozada Glyukofaj® preparatini qabul qilishni boshlash kerak.
Nojo´ya ta´sirlar
yangi tug'ilgan bolalarda emizish davrida metformin qabul qilinishi fonida kuzatilmagan. Biroq, ma'lumotlarning cheklanganligi sababli, dori vositasining emizish davrida qo'llanilishi tavsiya etilmaydi. Emizishni to'xtatish to'g'risida qaror emizishning foydasi va bolada yon ta'sirlar paydo bo'lishi mumkinligi xavfini hisobga olgan holda qabul qilinishi kerak.
Chiqarish shakli
500 mg plyonka qoplamali tabletkalar. 10 tadan tabletkadan PVX/alyuminiy folga blistrlarida, 3 yoki 5 blistrdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylanadi; 15 tadan tabletkadan PVX/alyuminiy folga blistrlarida, 2 blistrdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylanadi; 20 tadan tabletkadan PVX/alyuminiy folga blistrlarida, 3 yoki 5 blistrdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylanadi. 850 mg plyonka qoplamali tabletkalar. 15 tadan tabletkadan PVX/alyuminiy folga blistrlarida, 2 blistrdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylanadi; 20 tadan tabletkadan PVX/alyuminiy folga blistrlarida, 3 yoki 5 blistrdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylanadi. 1000 mg plyonka qoplamali tabletkalar. 10 tadan tabletkadan PVX/alyuminiy folga blistrlarida, 3, 5, 6 yoki 12 blistrdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylanadi; 15 tadan tabletkadan PVX/alyuminiy folga blistrlarida, 2, 3 yoki 4 blistrdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylanadi.
Farmakologik xususiyatlari
Glyukofaj® giperglikemiyani kamaytiradi, gipoglikemiyani rivojlanishiga olib kelmaydi. Sul'fonilmochevina hosilalaridan farqli o'laroq, insulin sekretsiyasini stimullamaydi va sog'lom shaxslarda gipoglikemik ta'sir ko'rsatmaydi. Periferik retseptorlarning insulinga sezuvchanligini oshiradi va hujayralar tomonidan glyukozaning utilizatsiyasini kuchaytiradi. Jigar tomonidan glyukoza ishlab chiqarilishini glyukoneogenez va glikogenolizni ingibitsiya qilish orqali kamaytiradi. Ichakda glyukozaning so'rilishini sekinlashtiradi. Metformin glikogensintazaga ta'sir qilib, glikogen sintezini stimullaydi. Barcha turdagi membrana tashuvchilarining glyukoza tashish quvvatini oshiradi. Bundan tashqari, lipid almashinuviga ijobiy ta'sir ko'rsatadi - umumiy xolesterin, past zichlikdagi lipoproteinlar va triglitseridlar miqdorini kamaytiradi. Metformin qabul qilish fonida bemorning tana massasi yoki barqaror qoladi, yoki biroz kamayadi.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!