Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Glutad 1200 mg № 1 liyofilizat, in'ektsiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun
Glutad 1200 mg № 1 liyofilizat, in'ektsiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun
Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceuticals Co., L
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    18 yoshdan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud
81 180 so'm 82 000 so'm
ico
1
ico
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari glutad 1200 mg № 1 liyofilizat, in'ektsiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Kukun
  • Dozalash
    1200 mg
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    1 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tavsif
    Jigar kasalliklarining kompleks davolash tarkibida, masalan, turli etiologiyali o'tkir va surunkali gepatit. Neyropatiyani oldini olish. Qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing va preparat yo'riqnomasi bilan tanishing.
  • Tarkibi
    Har bir flakon quyidagilarni o‘z ichiga oladi: faol modda: natriy glyutasion, glyutasionga ekvivalent - 600 mg; 1200 mg; yordamchi modda: natriy gidroksid, natriy bikarbonat. erituvchi: inyektsiya uchun suv.
  • Qo'llanilishi
    Jigar kasalliklarining kompleks terapiyasi tarkibida, masalan, turli etiologiyali (virusli, alkogolli, toksik) o‘tkir va surunkali gepatit, alkogolli sirroz, jigar steatozi, jigar fibrozi. Sisplatin yoki sisplatin analogidan foydalanilgan kimyoterapiyadan keyin neyropatiyalarni oldini olish.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Preparat komponentlariga individual toqat qilmaslik, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homiladorlik, emizish davri. Ehtiyotkorlik bilan Qariyalar (preparat ikki baravar kamaytirilgan dozada, arterial bosim va yurak urish tezligi diqqat bilan nazorat qilinib buyurilishi kerak).
  • Qo'llash usuli
    Vena ichiga yuborishda flakon tarkibi 250-500 ml 0,9% natriy xlorid eritmasida eritiladi. Preparat eritmasi tayyorlangandan so‘ng darhol ishlatiladi, qolgan eritmani qayta ishlatish mumkin emas. Turli etiologiyali og‘ir gepatitlarda – kuniga 1,2-2,4 g vena ichiga 30 kun davomida infuziya tarzida yuboriladi. Spirtli gepatitda – kuniga 1,8 g vena ichiga 14-30 kun davomida infuziya tarzida yuboriladi. Spirtli sirrozda – kuniga 1,2 g vena ichiga 30 kun davomida infuziya tarzida yuboriladi. Jigar steatozida – kuniga 1,8 g vena ichiga 30 kun davomida infuziya tarzida yuboriladi. Vena ichiga infuziya sekin amalga oshirilishi kerak. Neyropatiyalarni oldini olish – kuniga 1-2 flakon mushak ichiga, sekin vena ichiga bolyus in'ektsiyasi yoki vena ichiga infuziya tarzida yuboriladi. Doza bemorning yoshi, tana vazni va klinik holatiga, shuningdek, kimyoterapevtik vositaning doza va dozalanishiga bog‘liq. Mushak ichiga yuborishda: 0,3 g 3 ml 0,9 % natriy xlorid eritmasida, 0,6 g 4 ml 0,9 % natriy xlorid eritmasida eritiladi. Preparat erituvchida to‘liq erishi kerak. Eritma tiniq va rangsiz bo‘lishi kerak. 1,2 g va 1,8 g mushak ichiga yuborilmaydi. Keksalar Jigar yoki yurak funksiyasining buzilishi ehtimoli yuqori bo‘lganligi sababli, Glutad preparatining dozasini keksalarga ehtiyotkorlik bilan, doza diapazonining pastki chegarasidan boshlab tanlash kerak. Turli etiologiyali og‘ir gepatitlarda 0,6-1,2 g vena ichiga kuniga 30 kun davomida infuziya tarzida yuborish tavsiya etilmaydi. Spirtli gepatitda 0,9 g vena ichiga kuniga 14-30 kun davomida infuziya tarzida yuborish tavsiya etilmaydi. Spirtli sirrozda 0,6 g vena ichiga kuniga 30 kun davomida infuziya tarzida yuborish tavsiya etilmaydi. Jigar steatozida 0,9 g vena ichiga kuniga 30 kun davomida infuziya tarzida yuborish tavsiya etilmaydi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Allergik reaksiyalar, arterial bosimning pasayishi, yurak urish tezligining kamayishi yoki oshishi, yurak urishining tezlashishi, dispeptik buzilishlar mumkin, ular preparat qo‘llanilishini to‘xtatgandan so‘ng o‘tib ketadi.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Glutation - bu sulfgidril guruhiga ega bo‘lgan chiziqli tripeptid bo‘lib, uning tarkibiga L-glutamin, L-sistein va glitsin kiradi. U organizm hujayralarini himoya qilishda muhim funksiyani bajaradi, kuchli antioksidant hisoblanadi. Inson organizmida glutation yetishmasligi ko‘plab kasalliklarning, masalan, Parkinson kasalligi, I tip tirozinemiya, alkogol bilan zaharlanish va boshqalarning paydo bo‘lishiga olib keladi. In vivo va in vitro eksperimentlar glutation yetishmasligi mitoxondriyalarning shikastlanishi va hujayralarning nobud bo‘lishiga olib kelishini ko‘rsatdi, bu esa kislorodning toksik shakllari sonining ortishi va erkin radikallar miqdorining ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Glutation hujayralarning shikastlanishini toksik modda va/yoki ularning metabolitlari bilan birikish orqali oldini olishi mumkin. Glutation yordamida ksenobiotiklarni zararsizlantirish uch xil usulda amalga oshirilishi mumkin: substratni glutation bilan kon'yugatsiyalash, nukleofil almashinish natijasida va organik peroksidlarni spirtlarga qaytarish natijasida. Glutation ishtirokidagi zararsizlantirish tizimi organizmning turli ta'sirlarga nisbatan rezistentligini shakllantirishda o‘ziga xos rol o‘ynaydi va hujayraning eng muhim himoya mexanizmi hisoblanadi. Ba'zi ksenobiotiklarning biotransformatsiyasi davomida glutation ishtirokida tioefirlar hosil bo‘ladi, ular keyinchalik merkaptanlarga aylanadi, ular orasida toksik mahsulotlar aniqlangan. Ammo glutationning ko‘pchilik ksenobiotiklar bilan kon'yugatlari boshlang‘ich moddalarga nisbatan kamroq reaktiv va ko‘proq gidrofil bo‘ladi, shuning uchun kamroq toksik va organizmdan oson chiqariladi. Glutation juda ko‘p miqdordagi lipofil birikmalarni bog‘laydi (fizik zararsizlantirish), ularning membrananing lipid qatlamiga kirib borishini va hujayra funksiyalarining buzilishini oldini oladi. Shu tariqa, glutation hujayra membranasining barqarorligini yaxshilaydi, jigar hujayralari membranasini himoya qiladi, fermentlar va jigar faoliyatini oshiradi hamda erkin radikallarni yo‘q qilish orqali jigarni detoksikatsiya va tiklanish faoliyatini kuchaytiradi.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Menadion natriy bisulfit, sianokobalamin, kalsiy pantotenat, sulfanilamid preparatlari va tetratsiklinlar bilan birga qo‘llashdan saqlanish kerak.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Allergiya simptomlari paydo bo‘lsa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak. Avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Dori preparatining mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlari tufayli, transport vositalarini boshqaruvchi va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Gulnoza
    ico ico ico ico ico
    Качественный препарат, удобная упаковка, все отлично!
    06 August 2024
    0
    0
  • Farrukh
    ico ico ico ico ico
    Отличный продукт, быстрая доставка, рекомендую!
    06 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все

Ushbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.

Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico