Qo'llanilishi
Tayanch-harakat apparatining yallig‘lanish kasalliklari (turli etiologiyali artritlar, miozitlar, tendovaginitlar va boshqalar); - artrozoartritlar, deformatsiyalovchi osteoartrozlar, osteoxondroz, umurtqa segmentlarining beqarorligi, podagra; - turli kelib chiqishli tizimli osteoporoz; tayanch-harakat apparatiga operatsiyadan keyingi va jarohatlardan keyingi holatlar; tomir kasalliklari (tromboflebitlar, gemorroy, varikoz kasalligi, endarteriitlar, ateroskleroz); - teri, tirnoq, soch, tishlarning yallig‘lanish-degenerativ kasalliklari; suyak-bo‘g‘im tizimini har kuni profilaktik qo‘llab-quvvatlash uchun sportchilar va tayanch-harakat apparatiga kasbiy yoki faoliyati bo‘yicha ortiqcha yuk tushadigan shaxslar uchun; - tug‘ma yoki orttirilgan boylamlar, paylar, yurak klapanlari zaifligi, ichki organlarning tushishi va boshqa biriktiruvchi to‘qima patologiyalari; - mavsumiy profilaktika va shamollash kasalliklarini davolash sxemalarida, tayanch-harakat apparatining surunkali yallig‘lanish kasalliklari, me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi, kolitlar va boshqalarning qaytalanishi va zo‘rayishini oldini olish uchun ham qo‘llanilishi mumkin; - tayanch-harakat apparati funksiyasi buzilishlarida (umurtqa osteoxondrozi, artritlar va artrozlar, tendovaginitlar, miozitlar, jarohatlardan keyingi tiklanish davrida); - tomir kasalliklarida, jumladan tromboflebitlar, gemorroy; yurak klapanlari patologiyalari; biriktiruvchi to‘qima anomaliyalari va boshqa kasalliklarda; - tayanch-harakat apparati funksiyasi buzilishlarida (umurtqa osteoxondrozi, artritlar va artrozlar, tendovaginitlar, miozitlar, jarohatlardan keyingi tiklanish davrida); - suyak-bo‘g‘im tizimini har kuni qo‘llab-quvvatlash uchun sportchilar va tayanch-harakat apparatiga ortiqcha yuk tushadigan boshqa shaxslar uchun; - soch, tirnoq mustahkamligini oshirish, teri elastikligini va tashqi ko‘rinishini yaxshilashga yordam beradi.
Farmakologik xususiyatlari
Glyukofleks tarkibida 1 ta tabletkada sutkalik doza glyukozamin va xondroitin bo‘lgan noyob kompleks mavjud bo‘lib, u bo‘g‘imlar va biriktiruvchi to‘qimalarga oziqlantiruvchi yordam ko‘rsatadi, ularning yemirilishiga to‘sqinlik qiladi va xaftaga to‘qimasining tiklanishiga yordam beradi, yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, boylamlar, suyaklar, biriktiruvchi to‘qimalarning shakllanishida ishtirok etadi. Xaftaga to‘qimalarining regeneratsiyasiga yordam beradi, ularga elastiklik beradi.