-
Tarkibi
1 tabletkada quyidagilar mavjud:
faol modda: gliklazid - 60 mg;
yordamchi moddalari, gipromelloza (Metolose 90 SH-100 SR), metolose 90 SH-4000 SR (gipromelloza), mikrokristallik tsellyuloza (kukuni), laktosa, magniy stearati.
-
Qo'llanilishi
Kattalarda insulinga bog'liq bo'lmagan II tip qandli diabet, dietoterapiya, jismoniy mashqlar va tana vaznini kamaytirish yetarli samarali bo'lmaganda.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Gliklazidga yoki dori vositasining tarkibiga kiruvchi boshqa har qanday ingredientlarga, sul'fonilmochevina guruhiga mansub boshqa dori vositalariga, sul'fanilamidlar guruhiga yuqori sezuvchanlik.
Insulinga bog'liq diabet (1-tip diabet).
Diabetik ketoatsidoz, prekomatoz holat va diabetik koma.
Og'ir buyrak yoki jigar yetishmovchiligi: bunday hollarda insulin qo'llash tavsiya etiladi.
Mikonazol bilan terapiya (qarang "Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri").
Laktatsiya davri.
Bolalar yoshi.
-
Qo'llash usuli
Og'iz orqali qabul qilish uchun. Preparat faqat kattalar davolash uchun mo'ljallangan. Glizid ER 60 dori vositasining sutkalik dozasi 30 mg dan 120 mg gacha bo'lishi mumkin, uni kuniga 1 marta nonushta vaqtida qabul qilish kerak. Tabletkalarni butun holda, chaynalmay yutish tavsiya etiladi. Dori vositasini qabul qilish o'tkazib yuborilganda, keyingi kuni dozani oshirish mumkin emas.
Boshqa gipoglikemik dori vositalariga nisbatan bo'lgani kabi, ushbu dori vositasining dozasini har bir holatda individual tarzda, bemorning metabolik reaksiyasiga (qonda glyukoza miqdori, HbAlc) qarab tanlash zarur.
Boshlang'ich tavsiya etiladigan doza kuniga 30 mg. Qonda glyukoza darajasini samarali nazorat qilish holatida, ushbu dozani qo'llab-quvvatlovchi terapiya sifatida ishlatish mumkin.
Agar qonda glyukoza darajasini yetarli nazorat qilishga erishilmasa, dozani bosqichma-bosqich 60 mg, 90 mg yoki 120 mg gacha oshirish mumkin. Dori vositasining ketma-ket doza oshirish oralig'i kamida 1 oy bo'lishi kerak, faqat ikki haftalik terapiyadan so'ng qonda glyukoza darajasi pasaymasa bundan mustasno. Bunday hollarda dozani davolash boshlanganidan ikki hafta o'tgach oshirish mumkin. Maksimal tavsiya etiladigan sutkalik doza 120 mg ni tashkil etadi.
Boshqa antidiyabetik dori vositasidan Glizid ER 60 dori vositasiga o'tish
Glizid ER 60 dori vositasi boshqa og'iz orqali qabul qilinadigan antidiyabetik preparatlarni almashtirish uchun ishlatilishi mumkin. O'tishda oldingi antidiyabetik preparatning dozasi va yarim chiqarilish davrini hisobga olish kerak. Odatda, o'tish davriga rioya qilish talab etilmaydi. Qabul qilishni 30 mg dozadan boshlash, keyinchalik yuqorida ta'riflanganidek, qonda glyukoza darajasiga qarab tuzatish tavsiya etiladi.
Sulfonilmochevina guruhiga mansub gipoglikemik preparatlardan
uzoq yarim chiqarilish davriga ega bo'lganlaridan o'tishda, ikki dori vositasining qo'shimcha ta'sirini oldini olish uchun, bu esa gipoglikemiyaga olib kelishi mumkin, bir necha kunlik dori vositasiz davr talab qilinishi mumkin.
Glizid ER 60 dori vositasiga o'tish davolashni boshlash uchun ta'riflangan tartibda amalga oshirilishi kerak, ya'ni boshlang'ich doza 30 mg/kun, keyinchalik metabolik reaksiyaga qarab bosqichma-bosqich doza oshiriladi.
Boshqa antidiyabetik dori vositalari bilan birga qo'llash
Glizid ER 60 dori vositasi biguanidlar, alfa-glyukozidaza ingibitorlari yoki insulin bilan birga qo'llanilishi mumkin. Qonda glyukoza darajasi Glizid ER 60 dori vositasi bilan yetarli nazorat qilinmaydigan bemorlarga, shifokor nazorati ostida insulin terapiyasi buyurilishi mumkin. Maxsus bemor guruhlari
Keksalar: keksalar uchun tavsiya etiladigan doza 65 yoshgacha bo'lgan kattalar uchun tavsiya etilgan dozaga identikdir.
Buyrak yetishmovchiligi
Buyrak yetishmovchiligining yengil va o'rtacha darajasida preparatning tavsiya etiladigan dozasi normal buyrak funksiyasiga ega shaxslarnikiga identik bo'lib, shifokor nazorati ostida qo'llaniladi.
Gipoglikemiya rivojlanish xavfi yuqori bo'lgan bemorlarda, yetarli yoki noto'g'ri ovqatlanishda, og'ir yoki yomon kompensatsiyalangan endokrin buzilishlarda (gipopituitarizm, gipotiroidizm, adrenokortikotrop gormon yetishmovchiligi), oldingi uzoq muddatli va/yoki yuqori doza kortikosteroid terapiyasi bekor qilingandan so'ng, og'ir qon tomir kasalliklarida (og'ir yurak ishemik kasalligi, bo'yin arteriyasi o'tkazuvchanligining og'ir buzilishi, diffuz qon tomir buzilishlari) dori vositasini minimal sutkalik doza 30 mg dan boshlash tavsiya etiladi.
Bolalar
Gliklazidning bolalar va o'smirlar uchun samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan. Ma'lumotlar mavjud emas.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Gliklazid qo‘llanilganda eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya reaksiya gipoglikemiya hisoblanadi. Sul’fonilmochevina guruhiga kiruvchi boshqa dori vositalari kabi, Glizid ER 60 ham ovqatni notekis qabul qilish va ayniqsa, ovqat qabul qilishni o‘tkazib yuborish holatlarida gipoglikemiyani chaqirishi mumkin. Gipoglikemiyaning mumkin bo‘lgan simptomlariga quyidagilar kiradi: bosh og‘rig‘i, keskin ochlik hissi, ko‘ngil aynishi, qusish, tez charchash, uyqu buzilishi, hayajon, tajovuzkorlik, diqqatni jamlashning pasayishi, vaziyatni baholash qobiliyatining pasayishi va reaktsiyalarning sekinlashuvi, depressiya, ongning xiralashuvi, ko‘rish va nutq buzilishlari, afaziya, tremor, parezlar, sezuvchanlikning pasayishi, bosh aylanishi, ojizlik hissi, o‘z-o‘zini nazorat qilishni yo‘qotish, uydirma, tutqanoq, yuzaki nafas olish, bradikardiya, uyquchanlik va hushdan ketish, bu koma va o‘lim bilan yakunlanishi mumkin. Bundan tashqari, adrenеrgik regulyatsiya buzilishi belgilari rivojlanishi mumkin: terlash, yopishqoq teri, xavotir, taxikardiya, arterial bosimning oshishi, yurak urishining tezlashuvi, stenokardiya va yurak aritmiyasi.
Odatda bu klinik ko‘rinishlar uglevodlar (shakar) qabul qilingandan so‘ng yo‘qoladi. Sun’iy shirinlashtiruvchilar esa samarasiz. Sul’fonilmochevina guruhiga kiruvchi boshqa preparatlarni qo‘llash tajribasi, gipoglikemiya qaytalanishi mumkinligini ko‘rsatadi, hatto uni bartaraf etish uchun ko‘rilgan choralar dastlab samarali bo‘lib ko‘ringan hollarda ham.
Og‘ir va uzoq davom etuvchi gipoglikemiya xurujlarida, hatto uni vaqtincha shakar qabul qilish bilan bartaraf etish mumkin bo‘lsa ham, shoshilinch shifokor yordami yoki hatto gospitalizatsiya zarur.
Boshqa nojo‘ya ta’sirlar
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar: ko‘ngil aynishi, diareya, dispepsiya, qabziyat, qorin og‘rig‘i, qusish. Bu simptomlar Glizil ER 60 dori vositasi nonushta vaqtida buyurilganda kamroq uchraydi.
Kamdan-kam hollarda quyidagi nojo‘ya hodisalar kuzatilgan
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: toshma, qichishish, eshakemi, Kvinke shishi, eritema, makulopapulyoz toshmalar, buloz reaksiyalar (Stivens-Jonson sindromi va toksik epidermal nekroliz) va istisno hollarda eozinofiliya va tizimli ko‘rinishlar bilan kechuvchi dori toshmasi (DBESS-sindromi).
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar: gematologik o‘zgarishlar. Bu anemiya, leyopeniya, trombotsitopeniya, granulositopeniya bo‘lishi mumkin. Odatda bu simptomlar dori vositasini qabul qilish to‘xtatilgandan so‘ng yo‘qoladi.
Jigar va o‘t yo‘llari tomonidan buzilishlar: "jigar" fermentlari (aspartataminotransferaza, alaninaminotransferaza, shchelochnoy fosfataza) darajasining oshishi, gepatit (alohida hollarda). Xolestatik sariqlik yuzaga kelganda davolashni to‘xtatish kerak. Odatda bu simptomlar dori vositasini qabul qilish to‘xtatilgandan so‘ng yo‘qoladi.
Ko‘rish organlari tomonidan buzilishlar: ko‘rishning o‘tkinchi buzilishlari, ayniqsa davolash boshida, qondagi glyukoza darajasining o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Ushbu farmakologik guruh bilan bog‘liq ta’sirlar
Sul’fonilmochevina guruhiga kiruvchi boshqa preparatlar qo‘llanilganda quyidagi nojo‘ya ta’sirlar kuzatilgan: eritrotsitopeniya, agranulotsitoz, gemolitik anemiya, pansitopeniya, allergik vaskulit, giponatriemiya, jigar fermentlari darajasining oshishi va hatto jigar funksiyasi buzilishi (masalan, xolestaz va sariqlik) va gepatit, ular sul’fonilmochevina qabul qilish to‘xtatilgandan so‘ng o‘tib ketgan, biroq ayrim hollarda hayot uchun xavfli jigar yetishmovchiligiga olib kelgan.
Agar nojo‘ya reaksiyalar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmaganlari yuzaga kelsa, dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish zarur.
-
Farmakologik xususiyatlari
Peroral gipoglikemik vosita, II avlod sul'fonilmochevina hosilasi. Oshqozon osti bezining β-hujayralari tomonidan insulin sekretsiyasini stimulyatsiya qiladi. Periferik to'qimalarning insulinga sezuvchanligini oshiradi. Ehtimol, hujayra ichki fermentlari (xususan, mushak glikogensintetazasi) faolligini stimulyatsiya qiladi. Ovqat qabul qilingandan boshlab insulin sekretsiyasi boshlanishigacha bo'lgan vaqtni qisqartiradi. Insulin sekretsiyasining erta cho'qqisini tiklaydi, postprandial giperglikemiya cho'qqisini kamaytiradi.
Gliklazid trombotsitlarning adgeziya va agregatsiyasini kamaytiradi, devorga yopishgan tromb rivojlanishini sekinlashtiradi, tomirlarning fibrinolitik faolligini oshiradi. Tomir o'tkazuvchanligini normallashtiradi. Antiaterogen xususiyatlarga ega: qonda umumiy xolesterin (XCh) va XCh-LPNP miqdorini kamaytiradi, XCh-LPVP miqdorini oshiradi, shuningdek, erkin radikallar sonini kamaytiradi. Mikro tromboz va ateroskleroz rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi. Tomirlarning adrenalinga sezuvchanligini kamaytiradi. Diabetik nefropatiyada glikozid uzoq muddat qo'llanilganda proteinuriya ishonchli kamayadi.
Farmakokinetika
Og'iz orqali qabul qilingandan so'ng, to'liq YGTrdan so'riladi.
Tez chiqariladigan dori shaklida qo'llanganda qon tarkibida Stax 2 dan 6 soatgacha erishiladi. Css 2 sutkada erishiladi. Uzaytirilgan/modifikatsiyalangan chiqarilish shaklida qo'llanganda qon tarkibida Cmax 6 soat ichida erishiladi. Saya 6-12 soat davomida saqlanadi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi taxminan 95% ni tashkil etadi, Vd - taxminan 19 l.
Asosan jigar orqali 8 ta metabolit hosil bo'lishi bilan metabolizatsiyalanadi. Asosiy metabolit gipoglikemik ta'sirga ega emas, lekin mikrosirkulyatsiyaga ta'sir ko'rsatadi. T1/2 12 dan 20 soatgacha. Asosan buyraklar orqali chiqariladi: 70% metabolitlar ko'rinishida, kamroq 1% o'zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Gipoglikemiya rivojlanish xavfining oshishi
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan kombinatsiyalar
Mikonazol (uning tizimli yuborilishi yoki og‘iz shilliq qavatiga gel shaklida surtilishi): gliklazidning gipoglikemik ta’sirini kuchaytiradi, gipoglikemiya simptomlari, shu jumladan gipoglikemik koma rivojlanishi mumkin.
Tavsiya etilmaydigan kombinatsiyalar
Fenilbutazon (tizimli yuborilishi) sulfonilmochevina hosilalarining gipoglikemik ta’sirini kuchaytiradi (ularning qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishini siqib chiqaradi va/yoki organizmdan chiqarilishini sekinlashtiradi). Boshqa yallig‘lanishga qarshi vositani qo‘llash afzal, shuningdek, bemorni ogohlantirish va unga qondagi glyukoza darajasini mustaqil nazorat qilish muhimligini tushuntirish lozim. Zarur bo‘lsa, yallig‘lanishga qarshi dori vositasi bilan davolash vaqtida va undan so‘ng doza tuzatish kerak.
Alkogol: gipoglikemiyani kompensator reaksiyalarni bostirish orqali kuchaytiradi, bu gipoglikemik koma rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Alkogol va uning tarkibiga kiruvchi dori vositalarini qabul qilishdan voz kechish kerak.
Maxsus ehtiyotkorlikni talab qiluvchi kombinatsiyalar
Gipoglikemik ta’sirning kuchayishi va, natijada, ayrim hollarda gipoglikemiya quyidagi dori vositalaridan birini qabul qilganda mumkin: boshqa antidiyabetik vositalar (insulinlar, akarboza, metformin, tiazolidindionlar, dipeptidilpeptidaza IV ingibitorlari, GLP-1 retseptor agonistlari), β-blokatorlar, flukonazol, angiotenzin aylantiruvchi ferment ingibitorlari (kaptopril, enalapril), H2-retseptor antagonistlari, MAO ingibitorlari, sulfanilamidlar, klaritromitsin va nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.
Qondagi glyukoza darajasining oshishi xavfi
Tavsiya etilmaydigan kombinatsiyalar: danazol diabetogen ta’sirga ega. Agar danazolni qo‘llashdan voz kechib bo‘lmasa, bemorga qonda va siydikda glyukoza konsentratsiyasini nazorat qilish muhimligini tushuntirish kerak. Ba’zan danazol bilan davolash vaqtida va undan so‘ng antidiyabetik vosita dozasini tuzatish talab qilinadi.
Ehtiyotkorlikni talab qiluvchi kombinatsiyalar: xlorpromazin (neyroleptik) yuqori dozalarda (kuniga 100 mg dan ortiq xlorpromazin) qonda glyukoza darajasini oshiradi, insulin sekretsiyasini kamaytiradi. Bemorni bu haqda xabardor qilish va qondagi glyukoza darajasini mustaqil nazorat qilish muhimligini tushuntirish kerak. Neyroleptiklar bilan davolash vaqtida va undan so‘ng antidiyabetik dori vositasi dozasini tuzatish talab qilinishi mumkin.
Glyukokortikosteroidlar (tizimli va mahalliy qo‘llash: bo‘g‘im ichiga, teriga va rektal yuborish) va tetrakozaktid qonda glyukoza darajasini oshiradi, ketaatsidoz rivojlanishi mumkin (glyukokortikosteroidlar ta’sirida uglevodlarga tolerantlikning pasayishi). Glyukokortikosteroidlar bilan davolash vaqtida va undan so‘ng antidiyabetik dori vositasi dozasini tuzatish talab qilinishi mumkin.
Ritodrin, salbutamol, terbutalin (tizimli vena ichiga yuborish): β2-agonistlar ta’sirida qonda glyukoza darajasining oshishi. Qondagi glyukoza darajasini mustaqil nazorat qilish muhimligiga alohida e’tibor qaratish kerak. Zarur bo‘lsa, bemorni insulin terapiyasiga o‘tkazish kerak.
Zveroboy preparatlari (Hypericum perforatum): gliklazid konsentratsiyasini kamaytiradi. Qondagi glyukoza darajasini mustaqil nazorat qilish muhimligini ta’kidlash kerak. Qondagi glyukoza darajasining normadan chetlanish xavfi
Ehtiyotkorlikni talab qiluvchi kombinatsiyalar
Ftorxinolonlar: gliklazid bilan birga qo‘llanganda, bemorni qondagi glyukoza darajasining normadan chetlanishi mumkinligi haqida ogohlantirish va qondagi glyukoza darajasini mustaqil nazorat qilish muhimligini ta’kidlash kerak.
E’tiborga olish lozim bo‘lgan kombinatsiyalar
Antikoagulyant dori vositalarini (varfarin) qabul qilish: sulfonilmochevina guruhiga mansub dori vositalarini qabul qilish bunday dori vositalarining antikoagulyant ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Antikoagulyant dozasini tuzatish talab qilinishi mumkin.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Gipoglikemiya
Ushbu terapiya faqat muntazam ovqatlanishi (jumladan, nonushta) kafolatlangan bemorlarga buyurilishi kerak. Uglevodlarni muntazam iste'mol qilish muhimligi, ovqatni kechiktirib iste'mol qilish, uning yetarli bo'lmasligi yoki uglevodlar miqdorining past bo'lishi gipoglikemiya xavfini oshiradi. Gipoglikemiya rivojlanish xavfi past kaloriyali dieta, uzoq yoki haddan tashqari jismoniy yuklama, spirtli ichimliklarni iste'mol qilish yoki bir nechta gipoglikemik preparatlarni birga qo'llashda oshadi.
Gipoglikemiya sulfonilmochevina guruhiga mansub preparatlarni qabul qilgandan so'ng rivojlanishi mumkin. Ba'zan u og'ir va uzoq davom etuvchi bo'lib, bemorni shifoxonaga yotqizishni va bir necha kun davomida glyukoza yuborishni talab qiladi. Gipoglikemik xurujlar xavfini kamaytirish uchun bemorlarni ehtiyotkorlik bilan tanlash, dozaning to'g'ri tanlanishi va aniq tavsiyalar zarur.
Gipoglikemiya rivojlanish xavfini oshiruvchi omillar:
Shifokor ko'rsatmalariga rioya qilmaslik yoki (ayniqsa, keksalarda) ularni bajara olmaslik.
Noto'g'ri yoki yetarli ovqatlanmaslik, ovqatni muntazam qabul qilmaslik yoki qoldirib yuborish, ochlik davrlari yoki ovqatlanishda o'zgarishlar.
Jismoniy yuklama va uglevod iste'molining nomutanosibligi.
Buyrak yetishmovchiligi.
Og'ir jigar yetishmovchiligi.
Gliklazidni haddan tashqari qabul qilish.
Ba'zi endokrin buzilishlar: qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi, gipopituitarizm va buyrak usti bezlari yetishmovchiligi.
Ba'zi boshqa dori vositalarini bir vaqtda qabul qilish.
Jigar va buyrak funksiyasining yetishmovchiligi: gliklazidning farmakokinetik va/yoki farmakodinamik parametrlari jigar yoki og'ir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda o'zgarishi mumkin. Bunday bemorlarda gipoglikemiya epizodlari uzoq davom etishi mumkin, bu esa tegishli choralar ko'rishni talab qiladi.
Bemorlarni xabardor qilish
Bemor va uning oilasini gipoglikemiya rivojlanish xavfi, uning simptomlari va rivojlanishiga yordam beruvchi holatlar haqida xabardor qilish zarur. Shuningdek, birlamchi va ikkilamchi dori rezistentligi nima ekanligini tushuntirish kerak. Bemorni taklif etilayotgan davolashning potentsial xavfi va foydasi haqida, boshqa terapiya turlari haqida xabardor qilish zarur.
Bemor uchun dieta tartibiga rioya qilish, muntazam jismoniy mashqlar va qonda glyukoza darajasini nazorat qilish muhimligi va ketma-ketligini tushuntirish kerak.
Qonda glyukoza darajasini yetarli nazorat qilmaslik
Qandli diabetga qarshi terapiya olayotgan bemorda qonda glyukoza konsentratsiyasini nazorat qilish samaradorligi quyidagi omillar ta'sirida pasayishi mumkin: zveroboy (Hypericum perforatum) preparatlarini qabul qilish, tana haroratining ko'tarilishi, jarohat, infeksiya yoki jarrohlik aralashuvi. Ayrim hollarda insulin yuborish talab qilinishi mumkin.
Har qanday peroral gipoglikemik vositaning, jumladan gliklazidning gipoglikemik samaradorligi ko'plab bemorlarda vaqt o'tishi bilan kamayadi: bu diabetning rivojlanishi yoki preparatga javobning susayishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Bu hodisa terapiyaning ikkilamchi samarasizligi deb ataladi, preparatni birinchi marta qo'llashda samara bo'lmasligidan farqli o'laroq. Ikkilamchi samarasizlik haqida xulosa faqat doza yetarlicha tuzatilgandan va bemor ovqatlanish tartibiga rioya qilgandan so'ng chiqarilishi mumkin.
Laboratoriya testlari
Qonda glyukoza darajasini nazorat qilishni baholashda glikirovanniy gemoglobin (yoki venoz qonda och qoringa glyukoza) darajasini o'lchash tavsiya etiladi. Qonda glyukoza darajasini mustaqil monitoring qilish ham foydali bo'lishi mumkin.
Sulfonilmochevina guruhiga mansub dori vositalarini G6PD yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga buyurish gemolitik anemiyaga olib kelishi mumkin. Gliklazid sulfonilmochevina guruhiga mansub kimyoviy sinfga kirgani sababli, uni G6PD yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish va boshqa sinfga mansub dori vositasi bilan muqobil davolash imkoniyatini ko'rib chiqish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Gliklazidni homilador ayollarda qo'llash bo'yicha ma'lumotlar cheklangan yoki yo'q (300 tadan kam homiladorlik natijalari), garchi sulfonilmochevina guruhiga mansub boshqa dori vositalari bo'yicha ba'zi ma'lumotlar mavjud. Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda gliklazid teratogen ta'sir ko'rsatmagan. Ehtiyotkorlik nuqtai nazaridan, homiladorlik davrida gliklazid qo'llashdan saqlanish maqsadga muvofiq.
Peroral gipoglikemik vositalar qo'llanilmaydi, homiladorlik davrida diabetni davolashda birinchi tanlov dori vositasi insulin hisoblanadi. Peroral gipoglikemik terapiyadan insulinga o'tish homiladorlik rejalashtirilganda yoki homiladorlik tasdiqlangandan so'ng darhol tavsiya etiladi.
Gliklazid va uning metabolitlari sutga ajralishiga oid ma'lumotlar yo'q. Yangi tug'ilgan chaqaloqda gipoglikemiya xavfini hisobga olib, ushbu dori vositasi emizish davrida kontrendikatsiya qilingan. Yangi tug'ilgan va emizikli bolalar uchun xavf istisno qilinmaydi,
Avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Gliklazidning avtomobil boshqarish va xavfli mexanizmlardan foydalanish qobiliyatiga ta'siri yo'q yoki ahamiyatsiz. Shunga qaramay, bemorlar gipoglikemiya simptomlarini aniqlashni bilishi va ayniqsa davolash boshida avtomobil yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlik ko'rsatishlari kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Sulfoniilmochevina guruhiga kiruvchi dori vositalarining dozasi oshib ketishi gipoglikemiyani keltirib chiqarishi mumkin. O'rtacha og'irlikdagi gipoglikemiya simptomlari, hushdan ketish yoki nevrologik buzilishlar belgilarisiz, uglevodlarni qabul qilish, doza va/yoki ovqatlanishni o'zgartirish orqali bartaraf etilishi kerak. Shifokor bemorning holatini diqqat bilan kuzatishi lozim, toki bemorga hech qanday xavf yo'qligiga ishonch hosil qilmaguncha. Komatoz holat, tutqanoq yoki boshqa nevrologik buzilishlar bilan kechuvchi og'ir gipoglikemik epizodlar yuzaga kelishi mumkin, bunday holatlar zudlik bilan tibbiy yordam ko'rsatishni va bemorni darhol shifoxonaga yotqizishni talab qiladi.
Gipoglikemik koma yuzaga kelganda yoki unga gumon bo'lsa, bemorga tezda 50 ml kontsentratsiyalangan glyukoza eritmasi (20-30% tomir ichiga) yuborilishi, so'ngra esa kamroq kontsentratsiyalangan glyukoza eritmasi (10%) infuziyasi davom ettirilishi kerak, bu esa qonda glyukoza konsentratsiyasini 1 g/l dan yuqori darajada ushlab turishni ta'minlaydi. Bemor holatini diqqat bilan kuzatish lozim va xuruj tugaganidan so'ng, bemorning holatiga qarab, shifokor monitoringni davom ettirish yoki bekor qilish to'g'risida qaror qabul qiladi.
Dializ bemorning holatini yengillashtirmaydi, chunki gliklazid qonda oqsillar bilan mustahkam bog'langan bo'ladi.