-
Tarkibi
Eritma - 1 amp. (3 ml):
Faol modda: xolin alfoserat - 1000 mg;
Yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv - 3 ml gacha.
-
Qo'llanilishi
O'tkir bosh miya jarohati davri, asosan, miya ustuni darajasida shikastlanish (ong buzilishi, komatoz holat, o'choqli yarim sharsimon simptomatika, miya ustuni shikastlanishi simptomlari);
ishiemik (o'tkir va tiklanish davri) va gemorragik insult (tiklanish davri);
degenerativ va involyutsion psixoorganik sindromlar va serebrovaskulyar yetishmovchilik oqibatlari, masalan, birlamchi va ikkilamchi mnestik funksiyalar buzilishi, xotira buzilishi, ong chalkashligi, dezorientatsiya, motivatsiya, tashabbuskorlik, diqqatni jamlash qobiliyatining pasayishi;
emotsional va xulq-atvor sohasidagi o'zgarishlar: emotsional labilitet, asabiylashuvning oshishi, qiziqishning pasayishi, keksalikdagi psevdomelankholiya;
ko'p infarktli demensiya.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
-
Qo'llash usuli
Preparat mushak ichiga yoki vena ichiga (tomchilab, sekin) kuniga 1000 mg (1 ampula) dozasida, 10 kun davomida yuboriladi.
Dozalar va davolash davomiyligi, zarurat tug‘ilganda va yaxshi o‘zlashtirilganda, davolovchi shifokor tomonidan klinik manzara, kasallik kechishining xususiyatlari, yosh va preparatga o‘zlashtirishga qarab oshirilishi mumkin.
Nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lsa, vaqtincha doza kamaytirilishi mumkin.
Bolalar. Gliatilin preparatini bolalarda qo‘llash tajribasi yo‘q.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ko‘ngil aynishi (dopaminergik faollik natijasida), bu holda preparat dozasini kamaytirish kerak. Allergik reaksiyalar mumkin.
Odatda, preparat hatto uzoq muddat qo‘llanganda ham yaxshi o‘zlashtiriladi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Xolinergik neyronlarda nerv impulslarini uzatishni yaxshilaydi; neyron membranalari plastisligiga va retseptorlar funksiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Serebral qon aylanishini yaxshilaydi, bosh miya metabolik jarayonlarini kuchaytiradi, bosh miya retikulyar shakllanishi tuzilmalarini faollashtiradi va bosh miya travmatik shikastlanishida ongni tiklaydi.
Involyutsion psixoorganik sindromning patogenetik omillariga, masalan, neyron membranalari fosfolipid tarkibining o'zgarishi va xolinergik faollikning pasayishiga profilaktik va korreksion ta'sir ko'rsatadi.
Eksperimental tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, Gliatilin fiziologik neyrotransmissiya sharoitida doza bog'liq holda atsetilxolin ajralishini stimulyatsiya qiladi.
Organizmga tushganda fermentlar ta'sirida xolin va glitserofosfatga parchalanadi.
Gliatilin, bir tomondan, xolin donori sifatida atsetilxolin sintezini oshiradi va neyrotransmissiyaga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, boshqa tomondan — glitserofosfat fosfatidilxolin (membrana fosfolipidi) sintezida ishtirok etadi, natijada har ikkisi ham membrana elastikligiga va retseptorlar funksiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, bu esa sinaptik transmissiyani yaxshilaydi.
Shu tariqa, farmakodinamik tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, Gliatilin sinaptik, jumladan, xolinergik neyrotransmissiyaga; neyron membranasi plastisligiga; retseptorlar funksiyasiga ta'sir ko'rsatadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Avtotransport vositalarini boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Transport vositalarini boshqarishda yoki diqqatni yuqori jamlash va/yoki psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Homiladorlik va laktatsiya
Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo'llash mumkin emas.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Belgilar: ko'ngil aynishi.
Ushbu belgi paydo bo'lsa, preparat dozasini kamaytirish tavsiya etiladi.