-
Tarkibi
Bitta tubik-kapelnitsa (yunidoza) yoki Gilan Ultra komfort eritmasi flakoni quyidagilarni o'z ichiga oladi: natriy gialuronat 0,3 % (3,0 ± 0,60 mg/ml), sorbitol (18,00 - 22,00 mg/ml), dinatriy gidrofosfat digidrat (7,48 - 9,14 mg/ml), natriy digidroposfat digidrat (2,83 - 3,45 mg/ml), in'ektsiya uchun suv (0,4 ml yoki 10 ml gacha).
-
Qo'llanilishi
Ko‘zni oldingi yuzasini (rog‘ovitsa va kon’yunktiva) namlash uchun o‘rta darajadagi «quruq» ko‘z sindromida, shuningdek, og‘ir kserozda – ko‘z qurishi, ko‘zda «qum» hissi, achishish, yosh oqishi, qizarish, qichishish, toliqish, «ofis» sindromi, shuningdek, ko‘zda begona jism hissi, «charchoq» hissi, turli ko‘z kasalliklaridan so‘ng, ayniqsa, turli etiologiyali kon’yunktivit va keratitlardan so‘ng, – surunkali blefaritning kompleks davolashida, bu «quruq» ko‘z sindromini keltirib chiqaradi, – dorivor preparatlarni (gormonlar, yallig‘lanishga qarshi vositalar, antibiotiklar va boshqalar) muntazam va uzoq muddatli qo‘llashda ko‘z «quruqligi»ni bartaraf etish uchun, – kosmetik vositalardan doimiy foydalanishda, shuningdek, yuzga plastik operatsiyalardan so‘ng «quruq» ko‘zning kompleks davolashida, – oftalmologik jarrohlik amaliyotlaridan so‘ng, jumladan, refraksion aralashuvlardan (LAZIK, FRK va boshqalar) so‘ng ko‘zni oldingi yuzasini namlash uchun, shuningdek, kompleks terapiya tarkibida rog‘ovitsaning yengil shikastlanishlarida, – qattiq va yumshoq kontakt linzalarni taqishda noqulaylikni bartaraf etish, shuningdek, kontaktli ko‘rishni tuzatishda «quruq» ko‘z sindromining oldini olish uchun, – ekologik vaziyat yomonlashuvi va atrof-muhitning ifloslanishi (smog, tutun, chang va boshqalar) hamda uzoq muddatli ko‘rish yuklamalarida rog‘ovitsa-kon’yunktival kserozning oldini olish va kompleks davolash uchun, – Sjogren sindromi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Gilan Ultra komfort oftalmologik eritmasi tarkibiga kiruvchi har qanday komponentga yuqori sezuvchanlik.
-
Qo'llash usuli
Oftalmologik namlovchi eritma Gilan Ultra komfort kon’yunktival xaltachaga zaruratga qarab kuniga 6 martagacha 1-2 tomchidan tomiziladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Kamdan-kam hollarda allergik reaksiyalar. Ba’zan eritmaning yopishqoqligi tufayli qovoqlarning yopishish hissi paydo bo‘ladi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Tibbiy mahsulot Gilan Ultra komfort steril, konservantlar saqlamaydigan 0,3% natriy gialuronatning suvli eritmasidir. Ta'sir qiluvchi modda – yuqori tozalangan natriy gialuronat, bakterial fermentatsiya usuli bilan ishlab chiqarilgan. Natriy gialuronat fiziologik polisaxarid birikmasi bo‘lib, inson organizmining ko‘z to‘qimalari va boshqa to‘qimalari hamda suyuqliklarida mavjud. Natriy gialuronat molekulalarining o‘ziga xos fizik-kimyoviy xususiyati ularning suv molekulalarini kuchli bog‘lash qobiliyatidir. Natriy gialuronatning suvli eritmasi (GILAN) zarur yopishqoqlik va yuqori adgeziv xususiyatlarga ega. Gilan Ultra komfort oftalmologik eritmasi qo‘llanganda, ko‘zning shox parda epiteliyida ko‘zni qurishdan, tirnashdan va ko‘z olmasining old yuzasida yallig‘lanish rivojlanishidan himoya qiluvchi yupqa, bir tekis plyonka hosil bo‘ladi. Himoya plyonkasining ta’siri deyarli darhol boshlanadi, natijada ko‘zlar uzoq vaqt davomida qurish, achishish, begona jism hissi, tirnash xususiyati kabi holatlardan himoyalanadi, bu holatlar ko‘pincha kompyuterda ishlaganda, konditsioner yoki boshqa ofis uskunalaridan uzoq foydalanilganda, ekologik vaziyat yomonlashganda yuzaga keladi. Kontakt linzalarni muntazam taqishda Gilan Ultra komfort oftalmologik eritmasini qo‘llash tavsiya etiladi, chunki u ko‘zni uzoq vaqt namlashga yordam beradi, uning ta’siri tabiiy ko‘z yoshi suyuqligiga o‘xshashdir. Gilan Ultra komfort oftalmologik eritmasi konservantlar saqlamaydi, shuning uchun ko‘z to‘qimalariga noxush toksik ta’sir ko‘rsatmaydi. Gilan Ultra komfort natriy gialuronatning yuqori miqdori va eritmaning oshirilgan yopishqoqligi (9,0 - 18,0 mPa·s) hisobiga uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Eritmani homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin. Eritma insonning psixomotor holatiga ta’sir qiluvchi mahsulotlarga kirmaydi, avtomobil boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.