Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Gilan Ultra Comfort 0,3% 0,4 ml namlovchi eritma № 10
Gilan Ultra Comfort 0,3% 0,4 ml namlovchi eritma № 10
Ishlab chiqaruvchi: Гротекс, ООО
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Ruxsat

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Ruxsat

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Ruxsat

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari gilan ultra comfort 0,3% 0,4 ml namlovchi eritma № 10
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Qo'llanilishi
     ko‘zning oldingi yuzasini (ro‘da va kon’yunktiva) namlash uchun o‘rta darajadagi «quruq ko‘z» sindromida; Sjogren sindromida;
    ko‘z qurishi, ko‘zda «qum» hissi, achishish, yoshlanish, qizarish, qichishish, charchash, «ofis» sindromi, shuningdek, ko‘zda begona jism hissi, «charchoq» hissi, turli ko‘z kasalliklaridan, ayniqsa, turli etiologiyali kon’yunktivit va keratitlardan so‘ng;
    surunkali blefaritning kompleks davolashida, «quruq ko‘z» sindromini keltirib chiqaradigan;
    dori vositalarini (gormonlar, yallig‘lanishga qarshi vositalar, antibiotiklar va boshqalar) muntazam va uzoq muddat qo‘llashda ko‘z «qurishi»ni bartaraf etish uchun;
    doimiy kosmetik vositalardan foydalanishda, shuningdek, yuzga plastik operatsiyalardan so‘ng «quruq ko‘z»ni kompleks davolash uchun;
    oftalmologik jarrohlik amaliyotlaridan, shu jumladan refraksion aralashuvlardan (LAZIK, FRK va boshqalar) so‘ng ko‘zning oldingi yuzasini namlash uchun, shuningdek, ro‘da yuzasining kichik shikastlanishlarida kompleks terapiya tarkibida;
    qattiq va yumshoq kontakt linzalarni taqishda noqulaylikni bartaraf etish va kontaktli ko‘rishni tuzatishda «quruq ko‘z» sindromining oldini olish uchun;
    ekologik vaziyatning yomonlashuvi va atrof-muhitning ifloslanishi (tuman, tutun, chang va boshqalar), hamda uzoq muddatli ko‘rish yuklamalarida ro‘da-kon’yunktival kserozning oldini olish va kompleks davolash uchun. 
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Gilan Ultra komfort oftalmologik eritmasining tarkibiga kiruvchi har qanday komponentga yuqori sezuvchanlik.
  • Qo'llash usuli
    1. 1 dona tubik-kapelnitsani ajrating. 2. Tubik-kapelnitsani oching (eritma tubik-kapelnitsaning pastki qismida joylashganligiga ishonch hosil qilib, aylantiruvchi harakatlar bilan klapanni burab va ajratib oling). 3. Koʻzga kerakli miqdorda eritmani tomizing. Tubik-kapelnitsada mavjud doza ikki koʻzga bir marta tomizish uchun yetarli. Bir martalik foydalanishdan soʻng tubik-kapelnitsani tashlab yuborish kerak, hatto ichida eritma qolgan boʻlsa ham. Paket ochilgandan soʻng tubik-kapelnitsalarni (yunidozalarni) 1 yil davomida ishlatish mumkin. Tomchi dozator bilan jihozlangan flakon bilan ishlash tartibi 1. Flakondan birinchi foydalanishdan oldin himoya halqasini olib tashlang. 2. Flakondan qopqogʻini ehtiyotkorlik bilan olib tashlang. Dozatorga tegmasdan, flakonni dozator pastga qaratilgan holda bosh va koʻrsatkich barmoqlar orasida ushlang. Foydalanishni boshlashdan oldin dozatorni birinchi tomchi eritma chiqquncha bir necha marta yuqoridan koʻrsatkich barmoq bilan bosib, pompalash tavsiya etiladi. 3. Boshni orqaga egib, flakon dozatorini koʻz ustiga joylashtiring va bir qoʻlning koʻrsatkich barmogʻi bilan pastki qovoqni pastga torting. Flakonga yengil bosib, kerakli miqdorda eritmani koʻz konʼyunktival qopchasiga tomizing. Ochiq flakon uchining koʻz yoki qoʻl yuzasi bilan tegib ketishidan saqlaning. 4. Foydalanishdan soʻng flakonga qopqoqni kiydiring. Paket ochilgandan soʻng flakondan 1 yil davomida foydalanish mumkin. Ushbu muddat tugagach, eritmani yoʻq qilish kerak. Flakonda koʻrinadigan shikastlanishlar boʻlsa, Gilan Ultra komfort eritmasini ishlatish mumkin emas.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Kamdan-kam hollarda allergik reaksiyalar. Mahalliy reaksiyalar: baʼzan eritmaning quyuqligi sababli qovoqlarning yopishib qolish hissi paydo boʻlishi mumkin.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Qo‘llashdan oldin qadoq va eritmani ko‘zdan kechirish kerak. Agar qadoq, tuba-tomizgich yoki flakon shikastlangan bo‘lsa, eritmadan foydalanmaslik kerak. Utilizatsiya va yo‘q qilish tartibi Xavflilik darajasi bo‘yicha eritma SanPin.2.1.7.2790 ga muvofiq A sinf epidemiologik jihatdan xavfsiz chiqindilarga kiradi va maishiy chiqindilar sifatida utilizatsiya qilinadi. Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Eritma insonning psixomotor holatiga ta’sir ko‘rsatadigan vositalarga kirmaydi, avtomobil boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
  • Farmakologik xususiyatlari
     Eritma oftalmologiyada ko‘zlarga parvarish qilish uchun kon'yunktival qopchaga tomizish yo‘li bilan foydalanish uchun mo‘ljallangan. Namlovchi oftalmologik eritma Gilan Komfort tabiiy ko‘z yoshsining ta’sirini takrorlaydi, ko‘z yuzasini himoya qiladi va namlaydi hamda uni moylaydi. Ushbu vosita ko‘z qurishi bilan bog‘liq turli omillar natijasida yuzaga keladigan holatlarda uzoq muddatli yengillik beradi:
    ko‘z yoshi plyonkasining buzilishi, bu ko‘z yoshi sekretsiyasining kamayishiga va noqulaylik simptomlariga olib keladi;
    tashqi muhit ta’siri (markaziy isitish, konditsionerlar, lyuminestsent lampalar, turli tabiiy hodisalar – shamol, sovuq, chang, tutun, smog);
    kompyuter monitori oldida tez-tez va uzoq ishlash;
    tomirlarni toraytiruvchi yoki yallig‘lanishga qarshi oftalmologik preparatlarni qo‘llash;
    gormonlar fonining o‘zgarishi (menopauza);
    keksalik (65 yoshdan katta aholining 75 %i "quruq ko‘z" sindromidan aziyat chekadi).
    Kontakt linzalarni muntazam taqishda ham Gilan Ultra Komfort oftalmologik eritmasini qo‘llash tavsiya etiladi, u ko‘zni uzoq muddat namlashga yordam beradi, chunki uning ta’siri tabiiy ko‘z yoshi suyuqligiga o‘xshashdir.

    Gilan Ultra Komfort natriy gioluronatining yuqori miqdori va eritmaning 9,0 – 16,0 mPa/s oralig‘idagi yuqori yopishqoqligi hisobiga uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

    Gilan Ultra Komfort oftalmologik eritmasi konservantlar tarkibiga ega emas, shuning uchun ko‘z to‘qimalariga nojo‘ya toksik ta’sir ko‘rsatmaydi. Ushbu preparatni uzoq muddat qo‘llash mumkin. 
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Jamshid
    ico ico ico ico ico
    Отличное увлажнение для глаз, удобно использовать. Спасибо Oxymed за качественный товар!
    05 August 2024
    0
    0
  • Nargiza
    ico ico ico ico ico
    Прекрасный увлажняющий раствор, отлично справляется с задачей. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico