-
Tarkibi
Gilan Ultra Komfort eritmasi tuba-tomizgichi tarkibida natriy gialuronat 0,3% (2,7 – 3,3 mg/ml), sorbitol (18,00 – 22,00 mg/ml), dinatriy gidroforfat digidrat (7,48 – 9,14 mg/ml), natriy digidroforfat digidrat (2,83 – 3,45 mg/ml), in'ektsiya uchun suv (0,4 ml gacha) mavjud.
Ko'z tomchilari steril polietilen tuba-tomizgichlarda (unidozlarda) 0,4 ml hajmda. Qadoqda 30 unidoz.
-
Qo'llanilishi
ko'zning old yuzasini (rohovka va kon'yunktiva) namlash uchun o'rtacha og'irlikdagi "quruq ko'z" sindromida; Sjogren sindromida;
ko'zda qurish, "qum" hissi, achishish, yoshlanish, qizarish, qichishish, toliqish, "ofis" sindromi, shuningdek, ko'zda begona jism hissi, "charchoq" hissi, turli ko'z kasalliklaridan, ayniqsa, turli etiologiyali kon'yunktivit va keratitlardan so'ng;
surunkali blefaritning kompleks davolashida, "quruq ko'z" sindromini keltirib chiqaruvchi;
dori vositalarini (gormonlar, yallig'lanishga qarshi vositalar, antibiotiklar va boshqalar) muntazam va uzoq muddatli qo'llashda ko'zning "qurishi"ni bartaraf etish uchun;
ko'zning "qurishi"ni kompleks davolashda doimiy kosmetik vositalardan foydalanishda, shuningdek, yuzga plastik operatsiyalardan so'ng;
oftalmologik jarrohlik amaliyotlaridan, shu jumladan refraksion aralashuvlardan (LAZIK, FRK va boshqalar) so'ng, shuningdek, rohovkaning kichik shikastlanishlarida kompleks terapiya tarkibida ko'zning old yuzasini namlash uchun;
qattiq va yumshoq kontakt linzalarni taqishda noqulaylikni bartaraf etish va kontaktli ko'rishni tuzatishda "quruq ko'z" sindromining oldini olish uchun;
ekologik vaziyat yomonlashganda va atrof-muhit ifloslanganda (tutun, chang va boshqalar), hamda uzoq muddatli ko'rish yuklamalarida rohovka-kon'yunktival kserozning oldini olish va kompleks davolash uchun.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Gilan Ultra Komfort oftalmologik eritmasi tarkibiga kiruvchi har qanday komponentga yuqori sezuvchanlik.
-
Qo'llash usuli
Oftalmologik namlovchi Gilan Ultra Komfort eritmasi kon'yunktival qopchaga 1-2 tomchi, zaruratga ko'ra kuniga 6 martagacha tomiziladi. 1 tuba-tomizgich (0,4 ml) tarkibi bir martalik qo'llash uchun mo'ljallangan. Ishlatilmagan eritma darhol qo'llashdan so'ng utilizatsiya qilinishi kerak.
-
Farmakologik xususiyatlari
Eritma oftalmologiyada ko‘zlarga parvarish qilish uchun kon’yunktival qopchaga tomizish yo‘li bilan foydalanish uchun mo‘ljallangan. Gilan Komfort namlovchi oftalmologik eritmasi tabiiy ko‘z yoshining ta’sirini takrorlaydi, ko‘z yuzasini himoya qiladi va namlaydi hamda uni yog‘laydi. Ushbu vosita ko‘z qurishi bilan bog‘liq turli omillar natijasida yuzaga keladigan holatlarda uzoq muddatli yengillik ta’sirini ko‘rsatadi:
yo‘qori ko‘z yoshi plyonkasining buzilishi, bu ko‘z yoshi sekretsiyasining kamayishiga va noqulaylik simptomlariga olib keladi;
tashqi muhit ta’siri (markaziy isitish, konditsionerlar, lyuminestsent lampalar, turli tabiiy hodisalar – shamol, sovuq, chang, tutun, smog);
kompyuter monitori oldida tez-tez va uzoq ishlash;
vazokonstriktor yoki yallig‘lanishga qarshi oftalmologik preparatlarni qo‘llash;
gormonal fon o‘zgarishi (menopauza);
keksalik (65 yoshdan katta aholining 75 %i "quruq ko‘z" sindromidan aziyat chekadi).
Kontakt linzalarni muntazam taqishda ham Gilan Ultra Komfort oftalmologik eritmasini qo‘llash tavsiya etiladi, chunki u ko‘zni uzoq muddat namlashga yordam beradi, chunki uning ta’siri tabiiy ko‘z yoshi suyuqligiga o‘xshashdir.
Gilan Ultra Komfort natriy gioluronatining yuqori miqdori va eritmaning 9,0 – 16,0 mPa/s oralig‘idagi yuqori yopishqoqligi hisobiga uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.
Gilan Ultra Komfort oftalmologik eritmasi konservantlar tarkibiga ega emas, shuning uchun ko‘z to‘qimalariga nojo‘ya toksik ta’sir ko‘rsatmaydi. Ushbu preparatni uzoq muddat qo‘llash mumkin.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Oftalmologik preparatlar bilan birga qo'llanganda Gilan Komfort eritmasini tomizish va ko'z tomchilarini qo'llash orasida kamida 30 daqiqa tanaffus qilish tavsiya etiladi.
Ko'z malhamlari har doim Gilan Ultra Komfort eritmasini tomizgandan keyin qo'llanilishi kerak.
Eritma homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi mumkin.
Eritma insonning psixomotor holatiga ta'sir ko'rsatuvchi vositalarga kirmaydi, avtomobil boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.