Maxsus ko'rsatmalar
Dori vositasini bolalarda qo'llash holatlarida, yuz sohasiga yoki okkluziv bandajlar ostida davolash kursining davomiyligini kamaytirish zarur.
Bolalik davrida buyrak usti po'stlog'ining funksiyasining bostirilishi tezroq rivojlanishi mumkin. Bundan tashqari, o'sish gormoni ekskresiyasining kamayishi kuzatilishi mumkin. Dori vositasini uzoq vaqt davomida qo'llaganda tana vaznini, o'sishni, plazmadagi kortizol darajasini nazorat qilish zarur. 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga dori vositasini faqat shifokor nazorati ostida tayinlash kerak. Mazi ko'zga tushishidan saqlanish lozim.
Agar 7 kun davomida qo'llashdan keyin yaxshilanish bo'lmasa yoki holatning yomonlashuvi kuzatilsa, shuningdek, dori vositasini to'xtatgandan bir necha kundan so'ng simptomlar qaytgan taqdirda, dori vositasini qo'llashni to'xtatish va shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Uzoq muddatli davolash va/yoki katta yuzalarga surtilganda, natriy miqdorini cheklovchi va K+ miqdori yuqori bo'lgan dietani tavsiya etish zarur; organizmga yetarli miqdorda oqsil kiritish lozim.
Arterial bosim, qon shakar miqdori, qonning qotish qobiliyati, diurez, bemorning tana vazni, plazmadagi kortizol darajasini nazorat qilish zarur.
Terining infeksion zararlanishlarini oldini olish uchun dori vositasini antibakterial va antifungal vositalar bilan birgalikda tayinlash tavsiya etiladi.
Homiladorlik va emizish, reproduktivlik, bolalik davri
Ta'qiqlangan.