-
Tarkibi
1 g gel tarkibida:
faol moddalari: zig‘ir yog‘i 3,0% m/m, diklofenak dietilamin 1,16% m/m (diklofenak natriy 1,0% m/m ga mos keladi), metilsalisilat BF 10,0% m/m, mentol 5,0% m/m;
yordamchi moddalari: benzil spirti, karbomer 934, propilenglikol, (Akrizol k-140), izopropil spirti, metilparaben, propilparaben, dinatriy EDTA, dietilamin, tozalangan suv, gel asosida d.k.
-
Qo'llanilishi
Getvell gel - bu og'riq qoldiruvchi va yallig'lanishga qarshi mahalliy ta'sirga ega gel bo'lib, mushak-skelet shikastlanishlari bilan bog'liq og'riq, shish va yallig'lanishlarda qo'llaniladi: cho'zilish, tendinit, bursit, qo'llarda, bo'yinda, yelkada og'riq, ishalgiya, bo'g'imlarning qattiqligi, orqa og'rig'i va lyumbago.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning har qanday ingredientiga, diklofenakka, aspiringa, boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalariga va boshqa ingredientlarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarga qo‘llash mumkin emas.
-
Qo'llash usuli
Gel kuniga 3-4 marta zararlangan joylarga surtiladi, massaj qilinadi, dori massasi yo'qolguncha davom ettiriladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Quyidagi nojo'ya ta'sirlar bo'lishi mumkin: toshma, qichishish va qizarish.
Nojo'ya ta'sirlar odatda preparatni qo'llash to'xtatilgandan so'ng yo'qoladi. Agar simptomlar saqlanib qolsa, iltimos, shifokor bilan maslahatlashing.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Preparatning mahalliy qo‘llanilishi natijasida diklofenakning tizimli so‘rilishi juda past bo‘lgani uchun, o‘zaro ta’sir ehtimoli juda past.
Preparatni boshqa NYAQVlar bilan birga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Diklofenak fotosensibilizatsiyani chaqiruvchi vositalarning ta’sirini kuchaytirishi mumkin.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Diklofenakni mahalliy qo‘llashda tizimli nojo‘ya ta’sirlar rivojlanish ehtimoli uni og‘iz orqali qabul qilishga nisbatan past, biroq Getvell gelini nisbatan katta teri yuzalariga uzoq muddat davomida surtishda oshadi. Getvell gelini faqat butun (shikastlanmagan) teri sohalariga surtish tavsiya etiladi, shikastlangan, yallig‘langan yoki infeksiyalangan sohalarga va ochiq yaralarga tushishidan saqlanish kerak.
Ko‘zga va boshqa shilliq qavatlarga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Preparatni og‘iz orqali qabul qilish mumkin emas.
Har qanday teri toshmasi paydo bo‘lsa, preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak. Getvell gelini nam o‘tkazmaydigan okluzion bog‘lam ostida qo‘llash mumkin emas. Pay cho‘zilishi holatida zararlangan soha bog‘lam bilan o‘ralishi mumkin.
Getvell gelini ochiq yaralarda qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. Homilador yoki emizikli ayollarda preparatni qo‘llash bo‘yicha klinik tajriba cheklanganligi sababli, uni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Bu ayniqsa homiladorlikning III trimestriga taalluqlidir, chunki miometriyning qisqaruvchanlik qobiliyatiga ta’sir qilish va tug‘ruq faoliyatining sustligi va/yoki arterial o‘tqazgichning muddatidan oldin yopilishi ehtimoli mavjud.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda homiladorlik davriga, homila rivojlanishiga, tug‘ruq davriga va postnatal rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi dalillar aniqlanmagan.
Agar emizish davrida preparatni qo‘llash zarurati tug‘ilsa va kutilayotgan foyda potentsial xavfdan ustun bo‘lsa, preparatni ko‘krak sohasiga yoki katta teri yuzasiga surtmaslik, uzoq muddat davomida qo‘llamaslik kerak.
Avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Ta’sir qilmaydi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Getvell gel diklofenak natriyini o‘z ichiga oladi, bu modda nosteroid tuzilishga ega bo‘lib, aniq ifodalangan yallig‘lanishga qarshi, analgetik va isitmani tushiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Diklofenakning asosiy ta’sir mexanizmi, tajriba sharoitida aniqlanganidek, prostaglandinlar biosintezini tormozlash hisoblanadi. Prostaglandinlar yallig‘lanish, og‘riq va isitma rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.
Revmatik kasalliklarda diklofenakning yallig‘lanishga qarshi va analgetik xususiyatlari klinik effektni ta’minlaydi, bu esa quyidagi simptomlar va shikoyatlarning sezilarli darajada kamayishi bilan tavsiflanadi: tinch holatda va harakatda og‘riq, ertalabki qotishish va bo‘g‘imlarning shishishi, shuningdek, funksiyaning yaxshilanishi.
In vitro sharoitida diklofenak natriy, bemorlarni davolashda erishiladigan konsentratsiyalarga ekvivalent konsentratsiyalarda, tog‘ay to‘qimasining proteoglikanlar biosintezini bostirmaydi.
Travmadan keyingi va operatsiyadan keyingi yallig‘lanish hodisalarida diklofenak og‘riqni (spontan va harakatda paydo bo‘ladigan) tezda bartaraf etadi, yallig‘lanishli shish va operatsiyadan keyingi jarohat shishini kamaytiradi. Farmakokinetika
Kuzatilmagan.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborish ehtimoli juda past, chunki komponentlarning tizimli so‘rilishi nihoyatda past. Tasodifan og‘iz orqali qabul qilinganda darhol oshqozonni yuvish va adsorbent qabul qilish kerak.
Davolash: simptomatik, NPVP bilan intoksikatsiyada qo‘llaniladigan umumiy mustahkamlovchi vositalar.