-
Tarkibi
1 g ma'z tarkibida faol moddalardan natriy geparin - 100 ME (natriy geparin faolligi 120 ME/mg bo'lsa 0,833 mg), benzokain - 40,0 mg, benzilnikotinat - 0,8 mg;
yordamchi moddalardan glitserol, vazelin, stearin kislotasi 50, shaftoli yog'i, emulgator № 1, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, tozalangan suv.
-
Qo'llanilishi
Yuzaki venalarning tromboflebiti, yuzaki periflebiti; teri osti gematomasi; in’ektsiyadan va infuziyadan keyingi flebit; yuzaki mastit; lokalizatsiyalangan infiltratlar va shishlar, jarohatlar va lat yeyishlar (shu jumladan mushak to‘qimalari, paylar, bo‘g‘imlar); tashqi gemorroy, tug‘ruqdan keyingi gemorroy tugunlarining yallig‘lanishi; limfedema (fil kasalligi), limfangit.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik; zararlangan sohada teri butunligining buzilishi (ochiq infeksiyalangan yaralar, ayniqsa yara-nekrotik jarayonlar); 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi. Ehtiyotkorlik bilan
Qon ivish tizimi buzilishlari, trombotsitopeniya.
-
Qo'llash usuli
Tashqi qo‘llash uchun. Mazni yupqa qatlamda shikastlangan soha ustiga (3-5 sm diametrli soha uchun 0,5-1 g (2-4 sm maz) hisobida) surtib, ehtiyotkorlik bilan teriga ishqalab yuboriladi. Maz kuniga 2-3 marta har kuni yallig‘lanish belgilari yo‘qolguncha, o‘rtacha 3 kundan 7 kungacha qo‘llaniladi. Davolash kursini uzoqroq davom ettirish imkoniyati shifokor tomonidan belgilanadi. Tashqi gemorroy tugunlarining trombozida rektal tamponlar qo‘llaniladi, maz biaz yoki mato prokladkaga surtiladi, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri tromblangan tugunlarga qo‘yiladi va mahkamlanadi. Maz bilan shimdirilgan tampon to‘g‘ri ichakka kiritiladi. Mazni har kuni, simptomlar yo‘qolguncha, o‘rtacha 3-14 kun davomida qo‘llash kerak.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Preparat uzoq muddat qo'llanilganda mahalliy reaksiyalar paydo bo'lishi mumkin: teri giperemiyasi, qo'llash joyida sezuvchanlikning pasayishi, allergik reaksiyalar (teri toshmasi, qichishish).
-
Farmakologik xususiyatlari
Tashqi qo‘llash uchun mo‘ljallangan kombinatsiyalangan preparat, uning ta’siri tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlari bilan belgilanadi. Geparin - to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiluvchi antikoagulyant, o‘rtacha molekulyar geparinlar guruhiga kiradi. Tashqi qo‘llanganda mahalliy antikoagulyant, antiekssudativ, o‘rtacha yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Trombin hosil bo‘lishini bloklaydi. Geparin yallig‘lanish jarayonini kamaytiradi va antikoagulyant ta’sir ko‘rsatadi, bilvosita mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi, bu esa gematomalar va tromblarning so‘rilish jarayoniga va to‘qimalarning shishishini kamayishiga yordam beradi. Benzilnikotinat periferik vazodilatator vosita bo‘lib, mikrotsirkulyatsiyani yaxshilashga yordam beradi. Geparinning o‘tishini yaxshilash uchun ad’yuvant sifatida qo‘llaniladi.
Benzokain mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Natriy ionlari uchun hujayra membranasining o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, membrananing ichki yuzasida joylashgan retseptorlardan kalsiy ionlarini siqib chiqaradi, nerv impulslarining o‘tishini bloklaydi. Sezgir nervlarning uchlarida og‘riq impulslarining paydo bo‘lishiga va ularning nerv tolalari bo‘ylab o‘tishiga to‘sqinlik qiladi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Geparinli mazni uzoq muddat katta sohalarga qo‘llash va bir vaqtning o‘zida qon ivish tizimiga va/yoki gemopoezga ta’sir qiluvchi peroral dori vositalarini qabul qilishda ivish vaqtini va protrombin vaqtini nazorat qilish kerak. Zarur bo‘lsa, uzoq muddatli davolash kursi va homilador ayollar hamda 65 yoshdan katta ayollarda katta zararlangan sohalarda ham xuddi shunday nazorat tavsiya etiladi.
Ochiq yaralarga, yiringli jarayonlar mavjud bo‘lsa, surtilmasligi kerak.
Mazni chuqur venoz trombozda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash
Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan. Geparin platsentar to‘siqdan o‘tmaydi va ona sutiga ajralmaydi. Preparatning boshqa komponentlarining ona sutiga o‘tishi haqida ma’lumot yo‘q.
Geparinli maz homiladorlik va laktatsiya (emizish) davrida faqat onaga kutilayotgan foyda homila yoki bolaga bo‘lgan potentsial xavfdan ustun bo‘lsa qo‘llaniladi.
Avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Preparat transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga nojo‘ya ta’sir ko‘rsatmaydi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Sistemali so‘rilish ahamiyatsiz bo‘lgani sababli dozani oshirib yuborish ehtimoli past.